Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
HFX

 
 
6 – ma’ruza. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab 
chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar
standartlar, nizomlar, qoidalar va me`yoriy hujjatlar tizimi. 
1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hayot faoliyati xavfsizligini 
ta`minlashning huquqiy asoslari. 
2. Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash sohasida O`zbekiston Respublikasi qonunlari. 
3. Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
4. SHu sohaga oid davlat standartlari. 
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aholi va hududlarni favqulodda 
vaziyatlardan muhofazalashning huquqiy ta`minlanishi.
Mamlakatimiz fuqarolari va hududini har tomonlama himoyalash, yurtimiz obodligi,
xalqimiz 
farovonligini ta`minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator farmoyishlar, qonunlar, 
qarorlar ishlab chiqilgan. Fuqarolarning huquqiy me`yorlarga rioya etishi qonun oldidagi o`z 
huquq va burchlarini chuqur anglashi demokratik fuqarolik jamiyati huquqiy madaniyatini 
belgilaydi. 
Respublikamiz aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning o`ziga xos 
huquqiy-me`yoriy asoslari mavjud. Bular O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va favqulodda vaziyatlar eazirligining ko`rsatma va 
buyruqlaridan iborat. 
Asosiy Qomusimiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy mazmunini 
ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligini saqlash, huquqiy jihatdan himoyalash, yurtimiz 
tinchligini ta`minlash masalalari tashkil etadi.. Insonning hayoti, yashashga bo`lgan xuquqi 
Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. 
Asosiy qomusimizda xavfsizlik, fuqarolar muhofazasi masalalariga ham o`rin berilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida shunday deyiladi: O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik 
halokat, gabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan takdirda fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashni 
ko`zlab, O`zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda 
holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining tasdig’iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 
Oliy Majlisning vakolatlariga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman 
safarbarlik e`lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to`xtatish 
to`grisidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi (78-modda). 
Mahalliy hokimiyat organlarining Konstitutsiyamiz tomonidan belgilangan vazifalari qatoriga 
jumladan quyidagilar kiradi: 


Qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash; mahalliy byudjetni 
shakllantirish va uni ijro etish, maxalliy soliklar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari 
jamg’armalar hosil qilish.
Atrof muhitni muhofaza qilish (100 - modda). Bu vazifalarni samarali amalga oshirish uchun 
muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik-texnik, maxsus asoslariga ega 
bo`lishimiz zarur. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil martdagi PF-1378 Farmoniga asosan 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi. 
Ushbu Farmonga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholi va 
hududlarni turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, sodir bo`lgan taqdirda 
oqibatlarini bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma`naviy qadriyatlarini 
muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favquloda vaziyatlar vujudga kelganda 
ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalari sifatida belgilandi. 
Aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishni ta`minlashga rahbarlik qilish 
respublikada O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Favqulodda 
vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2153 Farmoni bilan o`zgartirish kiritildi. O`zbekiston 
Respublikasida aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishni ta`minlashga rahbar etib, 
O`zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri belgilandi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlarda, tumanlarda, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari; vazirliklar, idoralar, 
uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda vazirlar, davlat qo`mitalari va uyushmalar 
boshqaruvlari raislari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning direktor va boshliqlari aholi 
va xalq xo`jaligi ob`ektlarini muhofaza etishga rahbar etib tayinlandilar. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling