Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Ish joylarida o`tkaziladigan yo`riqnomaning dasturi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1106338
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
HFX

Ish joylarida o`tkaziladigan yo`riqnomaning dasturi. 
1.texnologik jarayon va uskuna haqida umumiy ma`lumotlar. Asosiy xavfli va zararli 
ishlab chiqarish omillari. 
2.Ish joyiga qo`yiladigan xavfsizlik talablari. 
3. Uskunaning (mashina, dastgoh, mexanizm) tuzilishi. Xavfli joylari, to`siqlari, 
ogohlantiruvchi moslamalari, blokirovka va signal berish tizimlari.
4.Ishga tayyorgarlik tartibi (uning sozligini, kerakli asbob-uskunalarning mavjudligini, 
erga ulash va boshqa himoya vositalarining mavjudligini tekshirish).
5.Xavfsiz ishlash usullari, xavfli vaziyatlar paydo bo`lganda qilinadigan ishlar.
6.Korjomalar, shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish. 
7.Ishchilarni elektr xavfsizligini taminlashiga qo`yiladigan asosiy talablar. 
8.TSexda xavfsiz harakatlanish sxemasi.
9.YUk ortish-tushurish va tashish ishlarida xavfsizlik talablari. YUk ko`tarish, tashish 
uskunalari va mexanizmlarini xavfsiz ishlatish. 
Davriy yo`riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat`iy nazar har 6 oydan ko`p 
bo`lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo`yicha davriy yo`riqnoma o`tkazib turiladi. 
Bundan asosiy maqsad-ishchining asosiy va doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari 
bo`yicha bilimlarini yangilab va to`ldirib turishdir. 


Davriy yo`riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar) bilan o`tkazilishi 
mumkin, bunda tsex yoki korxonada bo`lib o`tgan noxush hodisalarni talqin qilgan holda suhbat 
o`tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta`til, kasallik, mehnat safari va x.k) o`z muddatida ishchilarga 
o`tkazilmagan yo`riqnoma keyinchalik o`tkaziladi. Davriy yo`riqnoma o`tkazilganligi haqida 
jurnalga yozib rasmiylashtirilib qo`yiladi. 
Navbatdan tashqari yo`riqnoma quyidagi hollarda o`tkaziladi: 
-texnologik jarayon o`zgarganda, bir uskuna o`rniga boshqa uskuna o`rnatilganda va 
mehnat sharoiti o`zgartirilganda; 
-tsex bo`limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro`y berganda; 
-ishlarni xavfsiz bajarish bo`yicha yangi qoida va yo`riqnomalarni ishchilar diqqatiga 
etkazish zarurati to`g’ilgan hollarda
-ishlab chiqarish intizomi qoida va yo`riqnomalarni talablari buzilishi aniqlangan 
hollarda. 
Navbatdan tashqari yo`riqnomada dastlabki yo`riqnomaning shu yo`riqnoma o`tilishiga 
sabab bo`lgan qismigina ko`rib chiqiladi. 
Bu yo`riqnoma ham dastlabki va davriy yo`riqnoma singari bevosita rahbar (usta) 
tomonidan o`tkaziladi va jurnalga yozib rasmiylashtiriladi va sababi ko`rsatiladi. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling