Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
хаёт фаолияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektromagnit shovqinlar. e
Gidrodinamik shovqinlar. Gidrodinamik shovqinlarga suyuqliklarni
nasoslar yordamida bir joydan ikkinchi joyga yuborishda hosil bo`ladigan shovqinlarni, asosan nasosning harakatlantiruvchi qismlarining nosozligi va gidravlik zarbalar ta`sirida kelib chiqadigan shovqinlarni misol qilib keltirish mumkin. Bu shovqinlarni yo`qotishda mana shu shovqinlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni, ya`ni nasoslarning harakatlanuvchi ismlarining mutanosibligini taminlash, gidravlik zarbalar kelib chiqishini yo`qotishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash zarur. Elektromagnit shovqinlar. elektromagnit shovqinlarning kelib chiqishi elektr motorlarda stator va rotorning o`zaro magnit maydonlari hosil qilishlari natijasida rotor aylanib magnit maydonni kesib o`tishi bilan hosil bo`ladigan to`lqinlar elektromagnit shovqin sifatida tarqaladi. Bu shovqinlarni yo`qotishga asosan elektr motorlarini konstruktiv o`zgartirishlar bilan kamaytirilishiga erishiladi. Masalan, rotor yakorining to`g’ri pazlari o`rniga qiyshiq pazlar o`rnatish yaxshi natija beradi. Elektr mashinalari ishlaganda, shuningdek, aerodinamik shovqinlar ham chiqadi. Masalan, rotor aylanganda havoni keskin to`lqinlanishi aerodinamik shovqin sifatida tarqaladi. Bundan tashqari mexanik shovqinlar ham bo`lishi mumkinki, buni masalan, elektr qabul qiluvchi shetkalarni yaxshilab silliqlab o`rnatish elektrodvigatel’ ishlaganda ajralayotgan shovqinni 6-10 dB ga kamaytiradi. O`ta kuchli shovqinda ishlovchi qurilmalarni izolyatsiyalashda tovush kamaytiruvchi ekranlar ishlatiladi. Ishlab chiqarish binolarida shovqinni susaytirish yo`llaridan yana bir binolarga akustik ishlov berish, binolar va tsexlarni to`g’ri joylashtirish hisoblanadi. Tovush yutuvchi materiallar sifatida kapron tolalari, porolon va boshqa g’ovak materiallar ishlatiladi. Bunday g’ovak materiallar o`ta va yuqori chastotali shovqinlarni maksimal darajada yutadi va susaytiradi. Agar yuqorida ko`rsatilgan usullar orqali shovqinni yoki uning darajasini susaytirish va me`yorlashtirish imkoniyati bo`lmasa, shaxsiy himoya vositalaridan, quloqchinlardan (8.1.- rasm) va vatadan tayyorlangan tamponlardan foydalaniladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling