Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
хаёт фаолияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnosferadagi asosiy oqimlar.
- Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar.
- Hayot faoliyati jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar.
- Bu fan quyidagi asosiy masalalarni echadi
Tabiiy muhitning asosiy oqimlari.
- quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi; - kosmik nurlar, chang, asteroidlar; - erning elektr va magnit maydoni; - ekosistemalarda, biosferada moddalar aylanishi; - atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda holatlar; - boshqalar. Texnosferadagi asosiy oqimlar. - xomashyolar, energiyalar oqimi; - iqtisodiyot sohasi mahsulotlarining oqimi; - iqtisodiyot sohasi chiqindilari; - maishiy chiqindilar; - axborot oqimlari; - transport oqimlari; - yorug’lik oqimi (sun`iy yoritish); - moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari; - boshqalar. Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar. - axborot oqimlari (o`qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar); - odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi); - narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari; - boshqalar. Hayot faoliyati jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar. - kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari; - energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar); - informatsiya oqimlari; -hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi; -boshqalar. 3. HFX kursining qisqacha mazmuni 172 HFX insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog’ligini ta`minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va nazariyani qamrab olgan ilmiy bilimlar majmuidir. Bu fan quyidagi asosiy masalalarni echadi: - atrof muhitning noqulay ta`sirlarini turkumlaydi (aniqlaydi va sonli baholaydi); - insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta`sirini oldini oladi; - xavfli va zararli omillarni ta`siri salbiy oqibatlarini tugatish; - muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish. HFXning integral ko`rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. TSivilizatsiya taraqqiyoti (ilmiy-texnikaning, iqtisodning rivojlanish, qishloq xo`jaligini industrlashtirish, har xil energiyalardan foydalanish - yadro energiyasigacha, yangi mashina va mexanizmlarni yaratilishi, zararkunandalarga qarshi har xil o`g’itlarning qo`llanilishi) inson sog’ligiga salbiy ta`sir etuvchi zararli omillar miqdorini sezilarli darajada ko`paytirmoqda. SHu sababli ushbu omillardan himoyalash inson hayot faoliyatini taminlashning muhim elementi bo`lib qolmoqda. Insoniyat paydo bo`lgandan boshlab o`zining ko`payishi davomida iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. Buning oqibatida insonga zararli ta`sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning xavfsizligi darajasi ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda insonlarning o`rtacha umr ko`rishi 77 yoshni tashkil qiladi. “Hayot faoliyati xavfsizligi” kursi inson organizmi va atrof muhit o`rtasidagi murakkab aloqalarni bilish jarayonini ko`zda tutadi. Insonni muhitga ta`siri fizikaviy qonunlar bo`yicha muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ni qarama-qarshi ta`sirini yuzaga keltiradi. Inson organizmi u yoki bu ta`sirlarni moslashish chegarasidan oshmaguncha og’riqsiz qabul qiladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling