Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi
Download 392.5 Kb.
|
YOSH FIZIOLOGIYA VA GIGIYENASI (A.N.Aripov, O.D.Mirboboeva)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar: Qon, limfa, eritrotsit, leykotsit, trombotsit, qon deposi, muhit, vorsinka", plazma, gemoglabin, SOE, immunitet. Adabiyotlar
- 6-MAVZU YURAK – QON TOMIR SISTEMASINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI
- Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati.
Tekshirish savollari:
Qonning vazifalari. Qonning fizik va ximiyaviy xususiyatlari. Qonning bola va katta yoshli odamda miqdori va qon tomirlarda harakatlanishi. Qon xususiyatlarining yoshga qarab o`zgarishi. Qon plazmasining xususiyatlari. Qon shaklli elementlari. Eritrotsitlarning tuzilishi va ahamiyati. Qonning cho`kish reaktsiyasi (SOE) nima? Leykotsitlarni organizm ichki muxitidagi tutgan o`rni. Trombotsitlarni ahamiyati. Immunitet nima? Tayanch tushunchalar: Qon, limfa, eritrotsit, leykotsit, trombotsit, qon deposi, muhit, vorsinka", plazma, gemoglabin, SOE, immunitet. Adabiyotlar 1. Sodiqov B, Kuchkarova L, Qurbonov Sh. "Bolalar va o`smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi " T. 2005y. 2. Klemesheva L, Ergashev M "Yoshga oid fiziologiya " T. «O`qituvchi» 1991 y. 3. Qodirov U.Z. «Odam fiziologiyasi» Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, Toshkent 1996 y. 6-MAVZU YURAK – QON TOMIR SISTEMASINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati. Yurakning tuzilishi, yoshga xos xususiyatlari. Yurakning sistolik va minutlik hajmi. Qon aylanishining umumiy sxemasi. Limfa sistemasi. Yurak-qon tomir sistemasining boshqarilishi va yoshga xos hususiyatlari. Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati. Qon aylanish sistemasiga yurak, arteriya, vena va kapillyar hamda limfa tomirlari kiradi. Yurakning tuzilishi, yoshga xos xususiyatlari. Yosh bolalarning yuragi o`lchami, hajmi, shakli, joylashishi bilan kattalar yuragidan farq qiladi. Bolaning birinchi yoshida yurakning bo`lmacha va qorinchalari bir tekis o`smaydi. 2 yoshdan boshlab bir tekis o`sadi, 10 yoshdan keyin yurak bo`lmachalari o`sishdan orqada qoladi. Balog`atga etish davrida yurak yana tez o`sadi. Yurak ko`krak qafasi ichida to`sh suyagi orqasida ikkala o`pkaning o`rtasida joylashgan bo`lib, qon aylanish sistemasining markaziy qismi hisoblanib, muskullardan tashkil topgan kovak organ. Yangi tug`ilgan bolalalarda yurakning vazni 20-23 g, 4 yoshda 30 g, 5 yoshda 100 g, 10 yoshda 165-185 g, 15 yoshda 250 g, katta yoshdagi erkaklarda 220-300 g, ayollarda esa 180-220 g, bo`ladi. 1 yoshda yurakning vazni yangi tug'ilgan chaqaloqnikiga nisbatan ikki marta, 3 yoshda 3 marta, 5 yoshda 4 marta, 10 yoshda 6 marta, 16 yoshda 11 ortadi. Bu ortish asosan chap qorincha devorining qalinlashuvi hisobiga bo'ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan yurakning hajmi ham ortib boradi: 1 yoshning oxirida yurakning hajmi 42 sm3, 7 yoshda 90 sm3, 14 yoshda 130 sm3, katta odamda 280 sm3 ni tashkil etadi. Yurak devori 3 qavatdan: ichki-endokard, o'rta-muskulli, ya'ni miokard va tashqi perikarddan iborat. Yurak 4 kameradan tashkil topgan bo'lib, o'ng va chap bo'lmalar hamda o'ng va chap qorinchalardan iborat. Yurakda 4 ta klapan bo'lib, chap bo'lma bilan chap qorincha o'rtasida 2 tavaqali klapan, o'ng bo'lmacha bilan o'ng qorincha o'rtasida 3 tavaqali klapan, char qorincha bilan aorta o'rtasida, o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida yarim oysimon klapanlar joylashgan bo'ladi. Ular orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi. Yurak kameralari orqali 1 minutda katta odamda 5 litr qon o'tadi. Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya qon tomirlariga o'tkazishdan iborat. Yurakning bu ishi uning bo'lmacha va qorinchalarining devorlaridagi muskullarning ritmik ravishda qisqarishi va kengayishi orqali amalga oshadi. Bo'lmacha va qorinchalarning qisqarishi sistola, kengayishi diastola deyiladi. Yurakning bo'lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib-bo'shashishi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Sistola 0,3 sek, diastola 0,5 sek davom etadi. Katta odam yuragi tinch holatda 1 minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Har bir ish sikliga 0,8 sek sarflanadi. Download 392.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling