Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og`ir yuk ko`targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog``ining tovon- panja va boldir muskullarida og`riq bo`ladi. Yassioyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi. Yassioyoqlikning tug`ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg`izish, uzoq vaqt tik turg`izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o`quvchilarning kun bo`yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og`ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e'tibor berish kerak.
.
Tayanch tushunchalar:
O`pka, gazlar almashinuvi, hiqildoq, traxeya, bronxlar, al'violla, ventilyatsiy
Skelet, muskul, umurtqa pog`onasi, skolioz, jismoniy charchash.
Tekshirish uchun savollar:
1. Tayanch — harakat sistemasi qanday organlardan iborat?
2. Tayanch — harakat sistemasi qanday vazifalarni bajaradi?
3. Tayanch — harakat sistemasi qanday yosh xususiyatlarga ega?
4. Muskullarning vazifasi va uning yosh xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Umurtqa pogonasining kamchiliklaridan qaysilarini bilasiz?
6. Sinf jixozlariga qanday gigiyenik talablar qo`yiladi?
Adabiyotlar:
Aminov B., Tilovov T. «Odam va uning salomatligi» T. O`qituvchi. 1993.
Sodiqov Q.S. «O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi» T. O`qituvchi 1992 yil.
Xirinkova A. Antrolova M. Vozvarstanaya fiziologiya «Shkolnaya gigiyena» M. Prosvehanie 1990 g
4 Sodiqov B, Kuchkarova L, Qurbonov Sh. "Bolalar va o`smirlar fiziologiyasi va
gigiyenasi" O`zbekiston Milliy Enteklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. T 2005y.
5 Sodiqov Q, "O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi" T. «O`qituvchi » 1992y.
6 Urinkova A, Antronova M, Farber D. "Vozrastnaya fiziologiya i shkolnaya
gigiyena" Prosvesheniya, M
Do'stlaringiz bilan baham: |