Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi
Download 392.5 Kb.
|
YOSH FIZIOLOGIYA VA GIGIYENASI (A.N.Aripov, O.D.Mirboboeva)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ona qornidagi rivojlanish davri.
- 3. Ko`krak yosh davri 1 yoshgacha.
- 4. Bog`cha yoshigacha bo`lgan davr (1-3 yoshgacha).
- 6. Kichik maktab yosh davri, (7-12 yosh).
- 8. Katta maktab yosh davri yoki balog`at yosh davri.
Turli yosh davrining ta'rifi. Odam yoshini davrlarga ajratilish asosiy sababining poydevorida barcha organ va sistemalarning anatomo-fiziologik hususiyatlari va ijtimoiy kriteriyalari ya'ni bolaning yasli, bog`cha va maktabdagi tarbiyalanish sharoiti yotadi. Masalan, yaslida tarbiyalansa, yasli yoshi, bog`chada bog`cha yoshi, maktabda ta'lim olsa, maktab yosh davrlari deb ataldi. Fanda rus gigiyenisti N.P.Gundobin tuzib bergan yoshlik davrlari sxemasi qo`llaniladi. U odamning yoshlik yillarini quyidagi davrlarga birlashtirgan. Har bir davr o`z ichiga bir necha yillarni qamrab oladi va har bir davrda o`ziga xos jarayonlar sodir bo`ladi.
1.Ona qornidagi rivojlanish davri. Bu davrda homilaning oziqlanishi, nafas olishi tana harorati va boshqalar bevosita ona organizmiga bog`liq bo`ladi. 2.Yangi tug`ilgan chaqaloqlik davri. 1 kundan — 10 kungacha (kindik tushguncha). Bu davrda bola yangi hayotga moslasha boshlaydi. Ilk bor mustaqil ravishda nafas oladi. Analizatorlar tizimi mustaqil ishlay boshlaydi. 3. Ko`krak yosh davri 1 yoshgacha. Bu davr bola hayotidagi katta ahamiyatga ega bo`lgan davr hisoblanadi. Bu davrda bolaning bo`yiga o`sishi 1,5 marta, og`irligi 3 martaga oshadi, nutq paydo bo`ladi. Qalqonsimon, ayrisimon va gipofiz bezlarining funktsiyasi kuchayadi. Ba'zi tizimlarning funktsional jihatdan mustahkam bo`lmasligi, jumladan ovqat hazm qilish va nafas olish, bu yoshdagi bolalar orasida oshqozon—ichak kasalliklari va nafas olish organlarining kasalliklarining tarqalishiga olib keladi. 4. Bog`cha yoshigacha bo`lgan davr (1-3 yoshgacha). Bu davrda tananing bo`yiga o`sishi, og`irligining ortishi biroz susayadi. So`z boyligi ortadi, o`zligini taniydi, taqlidchanligi ortadi, organ va tizimlar faoliyati takomillashadi. 5. Bog`cha yosh davri (3-6, 7 yoshgacha). Bu davrda xotira, fikrlash tasavvur qilish protsesslari rivojlanadi, intizom paydo bo`ladi, miya po`stlog`i juda ko`p shartli bog`lanishlar vujudga kela boshlaydi. 6. Kichik maktab yosh davri, (7-12 yosh). Skeletning suyaklashuvi davom etadi, tana proportsiyasi o`zgaradi, bosh miya katta yarim sharlari roli, jinsiy bezlarning gormonal ta'siri orta boradi. 7.O`rta maktab yosh davri (12-15 yosh). Bu davrda ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo`ladi, tormozlanish va qo`zg`alish protsesslari muvozanatlashadi, umumlashtirish protsesslari ortadi. 8. Katta maktab yosh davri yoki balog`at yosh davri. Qizlar uchun 15 –yosh, o`g`il bolalar uchun 15-20 yoshgacha. Bu davrda jinsiy bezlar kuchaygan bo`ladi, ikkinchi darajali jinsiy belgilar rivojlanadi, tananing bo`yiga o`sishi va og`irligining ortishi tezlashadi. Barcha organ va sietsmalarning funktsiyasi takomillashadi. Bolaning ruxiy xolati o`zgaradi. 1965 yili Moskvada yosh davrlariga bag`ishlangan kengashda quyidagi yosh davrlari sxemasi qabul qilingan: 1. Yangi tug'ilgan davr 1-10 kun 2. Emizikli davr 10-1 yoshgacha 3. Go'daklik davri 1-3 yosh 4. Birinchi bolalik davri 4-7 yosh 5. Ikkinchi bolalik davri (o'g'il bolalar) 8-12 yosh 6. Ikkinchi bolalik davri (qiz bolalar) 8-11 yosh 7. O'smirlik davri (o'g'il bolalar) 13-16 yosh 8. O'smirlik davri (qiz bolalar) 12-15 yosh 9. Navqironlik davri (qiz bolalar) 16-20 yosh 10. Navqironlik davri (o'g'il bolalar) 17-21 yosh 11. Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh 12. Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh 13. Yetuklik (to'lishgan yosh) II davri (erkaklar) 36-60 yosh 14. Yetuklik (to'lishgan yosh) II davri (ayollar) 35-55 yosh 15. Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh 16. Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh 17. Qarilik yoshi (ayollar va erkaklar) 75-90 yosh 18. Uzoq umr ko'ruvchilar 90 yosh va undan ortiq Download 392.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling