Namangan davlat universiteti geografiya kafedrasi mintaqaviy siyosat
Download 298.35 Kb. Pdf ko'rish
|
mintaqaviy siyosat
mumkin:
§ Hududlarga erkinlik berilishi ayni vaqtda ularning xo’jalik tizimini o’zicha, nazoratsiz rivojlanishi, mintaqaviy iqtisodiyotning milliy iqtisodiyotga muvofiqlashmaslik xavfi; § Hududiy mehnat taqsimotini yaxshi boshqarmaslik oqibatida mintaqalarda iqtisodiyot samaradorligining pasayishi; § Ichki rayonlar va mintaqalararo iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanmasligi, turli darajadagi bozorlar shakllanishining qiyinlashuvi; § Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tafovutlarning saqlanib qolishi; § Tabiiy resurslardan shoshma-shosharlik bilan noto’g’ri foydalanish, ekologik muammolarning yuzaga kelishi va keskinlashuvi; § Ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishda nisbiy afzallik (D.Rikardo) qonunining buzilishi; § Ishlab chiqarishning noto’g’ri regionlashuvi, eksport- import jarayonini amalga oshirishdagi ba’zi qiyinchiliklar va h.k.
Tabiiyki, yuqoridagi kamchiliklar davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir qiladi. Zero, to’g’ri boshqarilmagan va tashkil qilinmagan demokratiya beboshlikka olib kelishi mumkin. Xuddi shunday, hududlar rivojlanishi to’g’ri tartibga solinmasa, boshqarilmasa mintaqalarda erkin raqobat muhiti, ochiq iqtisodiy munosabatlar to’laqonli vujudga kelmaydi; bunday sharoitda «regional xudbinlik» alomatlari paydo bo’lish ehtimoli saqlanib qoladi.
Demak, o’tish davri iqtisodiyoti, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va hududiy tashkil qilishining davlat tomonidan tartibga solib borilishi ob’ektiv qonuniyatdir. Ushbu vazifa eng avvalo davlatning mintaqaviy siyosati orqali amalga oshiriladi.
Mintaqaviy siyosatning zaruriyati bir vaqtning o’zida barcha hududlar iqtisodiyotini bir darajada rivojlantirib bo’lmasligidan kelib chiqadi. Binobarin, mintaqaviy siyosat rivojlanishi mumkin va mamlakat uchun muhim bo’lgan ustuvor yo’nalish va tarmoqlarga qaratiladi. SHu mazmunda u mintaqaviy iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi, amaliy (konstruktiv) yo’nalishi hisoblanadi; mintaqaviy siyosat hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi vaziyatni dinamik holda muvofiqlashtirish va barqarorlashtirishga harakat qiladi.
Download 298.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling