Namangan Davlat Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti arx -au -21-guruh talabasi


Arxiv hujjatlarining kelib tushishi va chiqishini hisobga olish


Download 26.39 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi26.39 Kb.
#1541983
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dilrux

Arxiv hujjatlarining kelib tushishi va chiqishini hisobga olish
Arxiv hujjatlarining arxivga tushishini hisobga olish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Arxiv hujjatlari arxiv ishlarining alohida turlarini amalga oshirish natijalari bo‘yicha ham hisobga qo‘yiladi.
Arxivga qabul qilingan barcha arxiv hujjatlari hujjatlarning kelib tushishini hisobga olish daftariga kiritiladi. Arxiv fondiga kelib tushgan barcha hujjatlar arxiv fondi, birlashgan arxiv fondi, arxiv kolleksiyasi fondlar ro‘yxatiga yoziladi (4-ilova), unga fond varag‘i, fond varag‘iga ko‘rsatkich kartochkasi to‘ldiriladi va fond yig‘majildi ochiladi. Audivizual hujjatlarga kino, surat va ovozli va video hujjatlarni hisobga olish varag‘i to‘ldiriladi. Dastlab tushgan har bir yig‘majild (hujjatlar)lar ro‘yxati ro‘yxatlar reestrida hisobga olinadi.
Tegishli hisob ma’lumotlari belgilangan tartibda ma’lumotlar bazasiga ham kiritiladi.
Arxiv hujjatlarini arxivdan chiqarishni hisobga olish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
tuzatib bo‘lmas darajada yaroqsizlangan hujjatlar haqidagi dalolatnoma;
hujjatlarni egasiga qaytarish dalolatnomasi;
asl saqlov birligidagi hujjatlarni olish haqidagi dalolatnoma.
Arxivdagi asosiy va yordamchi hisob hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda:
yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatidagi barcha arxiv hujjatlari chiqarilganda ushbu ro‘yxat raqami boshqa yig‘madldlar (hujjatlar) ro‘yxatlariga berilmaydi va u ochiq qoladi, ro‘yxatlar reestrida esa tegishli belgi qo‘yiladi;
arxiv fondi chiqarilganda fondlar ro‘yxati (4-ilova)ning “Chiqarilganlik haqidagi belgi” ustunida arxiv fondi qaerga chiqarilganligi va uning chiqib ketganligi haqidagi dalolatnoma ko‘rsatiladi.
Arxiv fondi bir arxivdan boshqasiga o‘tkazilayotganda 2 nusxada yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati va fond yig‘majildi beriladi. Yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatining bir nusxasi hujjatni topshirgan arxivda qoladi va dalolatnomaga ilova sifatida (1 - ilova) arxiv fondini topshirgan arxivning fondiga qo‘shiladi.
Arxiv fondning barcha arxiv hujjatlarni yo‘q yilishga ajratilayotganda yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatining bir nusxasi va fond varag‘i fond yig‘majildiga joylashtiriladi. Fond yig‘majildi arxivning arxiv fondiga qo‘shiladi.
Arxivning arxiv hujjatlari soni quyidagilar natijasida o‘zgaradi:
hisob hujjatlarini tekshirish natijasida arxivda saqlanayotgan hujjatlar sonini sanashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar aniqlanganda;
hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish vaqtida hisobga olinmagan, liter yoki tushirib qoldirilgan saqlov/hisob birliklari raqamlari aniqlanganda;
hujjatlarni ta’mirlash natijasida bitta yig‘majild bir nechta yig‘majildlarga ajratilganda;
arxiv hujjatlarini ro‘yxatlash, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlarini takomillashtirish jarayonida, hisob/saqlov birliklarini qo‘shish yoki ajratish mumkin bo‘lganda.
Ko‘rsatib o‘tilgan ishlar natijasida quyidagilar hisob hujjatlariga va ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘ladi:
hisob hujjatlaridagi texnik xatolar haqidagi dalolatnoma;
mazkur fondga, arxivga tegishli bo‘lmagan, hisobga olinmagan va boshqa hujjatlarning topilganligi haqidagi dalolatnoma;
yig‘majildlarni ajratilishi, birlashtirilishi va ularga yangi hujjatlar kiritilishi haqidagi dalolatnoma;
hujjatlarni ro‘yxatlash, ro‘yxatlarni qayta ishlash haqidagi dalolatnoma.
Download 26.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling