Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti


Download 1.04 Mb.
bet4/5
Sana31.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1073322
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xoldorova M

,

  • Oʻzbeklar etnik tarixida 15-asr oxiri 16-asrlar ham muhim davr hisoblanadi. Ushbu bosqichda Oʻrta Osiyoga mangʻit, qoʻngʻirot, nayman, nukus, uygʻur, qiyot, olchin, saroy, qatagʻon, qushchi, doʻrmon, kenagas, qirq, yuz, ming, bahrin va boshqalar Dashti Qipchoq oʻzbek etnik guruhlarining navbatdagi toʻlqini kirib keldi va mahalliy oʻtroq xalq bilan aralashdi. Natijada Movarounnahr aholisining etnik qiyofasida ularning alomatlari faollashgan. Dashti Qipchoqdan 2 daryo (Amudaryo va Sirdaryo) oraligʻi va Xorazmga kelib oʻrnashgan etnik guruhlar „oʻzbek“ nomi ostida mahalliy aholi etnik rang-barangligini birmuncha koʻpaytirgan boʻlsalar hamki, lekin uning etnik tarkibini tubdan oʻzgartirib yubormagan. Ushbu etnoslar shakllangan oʻzbek xalqining tarkibiga kelib qoʻshilgan navbatdagi etnik komponent edi, xolos. Ular Movarounnahr va Xorazm aholisining turmush tarziga, anʼanalariga, madaniyatiga, xoʻjalik faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan yangi tipdagi madaniy qatlam hosil qilgan. Ayniqsa, Zarafshon vodiysi va Oʻzbekistonning janubiy mintaqalari aholisi orasida bu nisbat kuchli seziladi. Mahalliy aholiga ular „oʻzbek“ nomini berishgan va bu nom Movarounnahr va unga qoʻshni viloyatlar aholisi uchun rasmiy ravishda umumiy nom boʻlib qolgan. Oʻz oʻrnida aytib oʻtish lozimki, oʻzbek etnonimining kelib chiqishi boʻyicha fanda yakdil fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar (G.Vamberi, G.Xovors, M.P. Pelo) Dashti Qipchoqda koʻchib yurgan turk-moʻgʻul qabilalarning bir qismi oʻzlarini erkin tutganliklari sababli „oʻzbek“, yaʼni „oʻz-oʻziga bek“ deb atagan desalar, boshqalar (P.P.Ivanov, A.Yu.Yakubovskiy, Xilda Xrsxem) „oʻzbek“ etnonimini Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxon Sulton Muhammad (14-asr) nomi bilan bogʻlaydi, boshqa yana bir guruh olimlar esa (V.V. Grigoryev, A.A. Semyonov va boshqa Ahmedovlar) oʻzbek nomi Oq Oʻrda (Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da koʻchib yurgan turkmoʻgʻul qabilalariga taalluqli boʻlgan degan fikrni bildiradilar.

l

  • Temuriylar saltanati oʻrnida dastlab 16-asr boshlarida vujudga kelgan Buxoro va Xiva xonliklari, 18-asr boshlaridan Qoʻqon xonligining vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy makonda yashagan xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan boʻlsada, bu holat oʻzbek elati birligiga jiddiy putur yetkaza olmagan. Siyosiy chegaralar boʻlishiga qaramasdan 3 davlat tarkibidagi aholi oʻzaro doimiy etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlib kelganlar.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling