V. V. Grigoryev sulolaga "Q.", deb


Download 180.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi180.06 Kb.
#1621703
  1   2
Bog'liq
Qoraxoniylar - Vikipediya (1)



Qoraxoniylar
Qoraxoniylar, xoniylar, xoqoniylar — 
Qoraxoniylar davlatini
840-1212-yillarda boshqargan
turkiy xoqonlar sulolasi.
Qoraxoniylar xoqonligi 1025-yil


Taraz
 yaqinidagi 
Oysha bibi
 maqbarasi
Osiyo 1200-yilda
Qirg'izistonning
 
O'zgen
 shahridagi Qoraxoniylar maqbarasi 11-12-asr


"Q." iborasi shartli ravishda sulola nomi sifatida qoʻllanilib, davlat hukmdorlari "qoraxon" —
buyuk xon unvoni bilan yuritilgan. Shu bois sharq-shunos olim 
V.V.Grigoryev
sulolaga "Q.", deb
nom bergan va u ilmiy adabiyotlarda mustahkam oʻrnashib qolgan. Q.ning yirik vakillari:
Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon (859 — 955), Muso ibn Abdulkarim (955—970), Hasan ibn
Sulaymon (977—992), Ahmad ibn Ali Arslonxon (998—1017; hokimiyat amalda ukasi Nasr ibn
Ali qoʻlida boʻlgan, u 
Movarounnahrni
bosib olgan), Mansur ibn Ali (1017—26), Ibrohim ibn
Nasr Tamgʻachxon (1040—70), Ars-lonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102—30). 1130-yildan
saljuqiylarga, 1140-yillar boshida qoraxitoylarga qaram boʻlgan. Q.ning soʻnggi vakili Usmon
ibn Ibrohim 1212-yil Muhammad Xorazmshoh tomonidan agʻdarilib qatl qilingan.
"Qoraxoniylar" atamasi 
Xoqon
Qoraxonning 
Islom
dinini
qabul qilganidan so'ng paydo bo'lgan.
Numizmat 
Tornberg
esa ularning xonlari tutib yurgan maqomiga qarab 
Ileklar
deb atagan.
Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan.
940
 yil atrofida 
qarluqlar
Tyanshan yaqinidagi 
Bolasog'un
shahrini bosib olishadi va yangi
sulola tuzishadi. Birinchi hukmdorlardan biri 
Abdulkarim
 
Sotuk Bug'roxon Islom
dinini qabul
qiladi va <<
Doslan Qoraxon
>> nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola uning
nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi.
Sulolaning buyuk xonlaridan biri 
Bog'raxon
 edi, Islom olamida 
Xorun
oti bilan shuxrat topgan
edi. U Movarounnahr taxtini 
somoniy
 
Nuhdan
olib qo'yadi, uning merosxo'ri buyuk 
Ilekxon
esa,
Somoniylar
davlatini yo'q qiladi.
Qoraxoniylarning poytaxtlari 
Bolasogun

Taraz

Qoshgʻar
shaharlari boʻlgan, Gʻarbiy
Qoraxoniylar davlat poytaxti esa 
Samarqand
shahri boʻlgan. Qoraxoniylar xoqonligiga
kuchayib kelaytogan 
Xorazmshohlar
imperiyasining sultoni 
Muhammad Alovuddin
yakun
yasaydi. Yettisuv, Sharqiy Turkiston o’lkalarida IX asrning ikkinchi yarmida turli turkiy qavmlar,
elatlarning o’zaro birikuvi natijasida va qo’shiluvi davomida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi.
Mazkur davlatga asos solgan siymo Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (859-955) yag’molar
qavmiga mansub bo’lgan. Bu davlat hukmdorlari «arslonxon» yoki «qoraxon» unvonlari bilan
ulug'langan. Qoraxon so’zining lug’aviy ma’nosi esa turkiy qabilalarda «ulug’», «buyuk» degan
tushunchalarni anglatgan. Qoraxon «Tamg’achxon» ham deb yuritilgan. Bu davlatning qudrati
yuksalib, u tez orada katta hududlarni o’z qo’l ostiga kirita boradi. Uning poytaxti Sharqiy
Turkistonning Bolasog’un shahri bo’lgan. Abdulkarim Bug’roxon vafotidan keyin (955) uning
vorislari davrida Markaziy Tyan-Shan va Yettisuv o’lkalari egallanadi.
Kelib chiqishi


Endilikda Qoraxoniylar Somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr yerlarini ham
butunlay egallashga kirishadilar. Bu davrda Somoniylar davlati chuqur ichki ziddiyatlar, sinfiy
ixtiloflar orqasida tanglik holatiga tushib qolgan edi. Bundan foydalangan Qoraxoniylar
hukmdorlari - Hasan va Nasr Bug’roxonlar etakchiligidagi qo’shin Somoniylar qarshiligini
qiyinchiliksiz yengib, ikki bor (992 va 999-yillarda) Buxoroni egallaydi, somoniylar sulolasining
so’nggi vakili Ismoil al-Muntasir (1000-1005) hukmronligi barham topdi. Oqibatda butun
Movarounnahr hududlari Qoraxoniylar tasarrufiga o’tadi. Shu tariqa, Qoraxoniylar hukmronligi
katta hududlarga yoyiladi.
XI asr o’rtalariga kelib Qoraxoniylar hokimiyati 2 ga bo’linib ketdi: Markazi Samarqand bo’lgan,
Movarounnahrning katta hududlarini o’zida jam etgan G’arbiy xonlik; Markaziy Bolasog’un
bo’lgan Talas, Isfijob, Shosh (Toshkent), Sharqiy Farg’ona, Yettisuv va Qoshg’ar yerlarini
tarkibiga olgan Sharqiy xonlik. Qoraxoniylarning davlat boshqaruv tizimi bosh vazir devoni 
Devoni mustovfiy Devoni mushrif Devoni barid Devoni amid Devoni ushrot Devoni
vaqf Voley-bek. Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish
tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik hudud
yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora
qilingan (masalan, Samarqand, Buxoro, Yettisuv va boshq.). Eloqxonlar tegishli miqdordagi
yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy hokimiyat hukmdori - Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z
mulklarini mustaqil boshqarganlar. Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi
murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida
kechgan. Ayniqsa xonlikning muhim hayotiy markazlari hisoblangan Samarqand, Buxoro, Balx
va Termiz kabi joylarni qo’lga kiritish uchun saljuqiylar, qoraxitoylar bilan ko’p bor urush
harakatlari olib borilgan.
Xususan, saljuqiylarning so’nggi podshohi Sulton Sanjar (1118-1157) Qoraxoniylarning
Movarounnahrdagi hukmdori Arslonxon (1102-1130)ning zaiflashib qolganligidan va mahalliy
ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi. Shundan so’ng
Qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo’lib qoladilar.
Biroq ko’p o’tmay bu hududlar yangidan sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar ta’siriga tushib
qoladi.Faqat 1211-yilga kelib, ya’ni Xorazmshoh Alouddin Muhammad (1200-1220) davrida
Somoniylar davlatini qoʻshib olinishi
Qoraxoniylar davlatini boʻlinishi
Qoraxoniylar davlati XII asrda


Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi rasmiy boshqaruvi butunlay barham topadi.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim
o’zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar o’lkani zabt etgach, bu yerda ko’p asrlardan
buyon hukm surib kelgan yerga egalik qilishning muhim shakli – dehqon mulkchiligini tugatib,
bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o’z navbatida qoraxoniylarga tobe bo’lgan
sodiq amaldorlar, harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori
ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. “Dehqon” tushunchasi shundan boshlab
amalda yerni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko’chdi.
Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib yer-mulkka egalik qilishning “iqto’” va iqtodorlik
munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o’z tasarrufidagi hududlarda yashovchi
aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O’rta Osiyo
hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o’tishi yerli aholi etnik tarkibida ham muhim
o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi ayni
zamonda sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlarning bu yerlarga kelib, o’rnashib,
o’troqlashuviga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o’zbek xalqining etnik shakllanish
jarayoniga ta’sir etadi. Ayni chog’da turkiy tilning iste’mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi.
Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi mavqei va maqomi
ham tarkib topib bordi. Go’zal va nafis qadimgi turkiy, ya’ni eski o’zbek adabiyotining yuksak
badiiy namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad
Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo’la oladi.



Download 180.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling