Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti arxivshunoslik yo
ahamiyatini anglatadi. Kurs ishimizning hajmi
Download 394.62 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda kuchli ijtimoiy kafolatlarni shakllantirish vazifalari va xususiyatlari
ahamiyatini anglatadi.
Kurs ishimizning hajmi kirish, ikki bob, to’rt bo’lim, hulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan. 6 6 I-BOB. Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari 1.1. «Ijtimoiy himoya qilish» tushunchasi va ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasini shakllantirish tarixi Mustaqil O’zbekistonning demokratik, huquqiy davlatchiligi yangi jamiyat demokratik tomon intilishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada boyitishda katta zafarlarga erishmoqda. O’zbekistonning o’ziga xos va mos hususiyatlaridagi sivilizatsiya darajasida konsepsiyani ishlab chiqilishida jamiyatmizning barcha tarmoqlarida tub o’zgarishlar va isloxotlar joriy ettirishda tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan jarayonlar va voqealar amalga oshirilmoqda. Qisqa davr davomida Respublikamizni ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy ta’minlashda, aholining ijtimoiy aktivligini oshirishda, barcha sohalarda ijtimoiy himoyaning amaliy asosda shakillanib borishida ijobiy siljishlar ro’y berdi 5 . Ijtimoiy himoya qilish — har qanday yetarli darajada rivojlangan davlat hayotining zarur elementi hisoblanadi. Ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasi XIX asr oxiri — XX asr boshlarida paydo bo’lib, keng umumsotsiologik ma’noda tegishli atama sifatida birinchi marta AQShda 30-yillarda yuzaga keldi va G’arbdagi sotsiologiyada har bir fuqaroni ishsizlik tufayli iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan aziyat chekishdan, kasallik tufayli, farzand tug’ilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishi yoki kasb xastaligiga yo’liqishi, nogironligi, qariligi, boquvchisidan ajralib qolganligi uchun daromadidan mahrum bo’lishi yoki uning keskin kamayishidan himoya qilish chora-tadbirlarini belgilash uchun sekin-asta tarqala boshladi 6 . Mavjud adabiyotlarda ijtimoiy himoya qilish tushunchasining ko’pgina ta’rif va talqinlari uchraydi. Keng ma’noda olganda ijtimoiy himoya qilish tizimining o’zi — bu huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kafolatlarning butun bir tizimini tashkil etadi va tirikchilik vositalarini ta’minlash uchun mehnatga layoqatli fuqarolarga (shaxsiy mehnat hissasi, iqtisodiy mustaqilligi va tadbirkorligi hisobiga) hamda aholining nochor qatlamlariga (davlat hisobidan, lekin bu qonun 5 Karimov I.A. Xavfsizlik va barqarorlik yo‘lida. T.: O‘zbekiston, 1998, 25-bet. 6 Mehnat va kasb ssiologyasi fanidan ma'ruzalar matni. N.: 2010, 69-bet. 7 7 bilan belgilangan tirikchilik uchun mo’ljallangan eng kam miqdordan oz bo’lmasligi lozim) shart-sharoitlar yaratib beradi. Mazkur talqinlarda va boshqa ta’riflarda shunday elementlar mavjudki, ular aholiga ijtimoiy himoya qilish tizimining mohiyatini turli tomonlarini aks ettiradi va ularga tayangan holda sotsial-iqtisodiy tushunchaning tor ma’nosini ochib berish mumkin. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi — qonunchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va ahloqiy-psixologik kafolatlar, vositalar va choralardan iborat bo’lib, ular tufayli jamiyat a’zolari uchun teng sharoitlar yaratib beriladi 7 , bu sharoitlar esa muhitning insonga noqulay ta’sir ko’rsatishiga to’sqinlik qiladi, uning munosib va ijtimoiy maqbul hayot kechirish sifatini ta’minlaydi. Aholini ijtimoiy himoyalash deganda biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yo’naltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim. Ijtimoiy himoya qilish bir tomondan, funksional tizim, ya’ni yo’nalishlar tizimi bo’lib, u ana shu yo’nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy hamoya qilishni ta’minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo’lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi 8 . Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy himoyalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub’yektlarining roli va vazifalarini o’zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan byudjet mablag’lari salmog’ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko’proq og’irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug’dirib, ularning ijtimoiy himoya bo’yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog’lab qo’yadi. Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun’iy ravishda tutib turish, 7 Abdurahmonov tahriri ostida Mehnat va iqtisod sotsiologiyasi. T.: 2001, 32-bet. 8 Mehnat va kasb ssiologyasi fanidan ma'ruzalar matni. N.: 2010, 69-bet. 8 8 shuning hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalashning barcha yo’nalishlari bo’yicha dotatsiyalarni oshirishni ko’zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko’rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, nafaqaho’rlar, faxriylar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo’llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi. Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin: aholini ijtimoiy ta’minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta’minot pensiya ta’minoti, nafaqalar bilan ta’minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Ikkinchi yo’nalish esa jamiyatning bir me’yorda rivojlanishini, ya’ni sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sog’lomlashtirish, shuningdek turar joyga ega bo’lish huquqini ta’minlash bilan bog’liq. Davlat ijtimoiy ta’minoti — bu O’zbekiston Respublikasi fuqarolarni keksayganda, kasallik ro’y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda, shuningdek bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko’rsatish davlat tizimidir. Birinchi ikki quyi tizimning ish tamoyili - birdamlik, uchinchi ish tamoyili - subsidiyalash, to’rtinchi, ya’ni shaxsiy sug’urtaning ish tamoyili esa mutanosiblikdir. Birdamlik tamoyili yordamni muhtojlik darajasiga qarab, fuqaro to’lagan soliqlar va sug’urta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini ko’zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda to’lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko’rsatiladi. Mutanosiblik tamoyili to’langan sug’urta badallariga mos (proporsional) miqdorda yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari ijtimoiy himoyaning yana bir necha tamoyillari qo’llanadi: 1) umumiylik; 2) ochiqlik; 3) ko’ptomonlamalik; 9 9 4) ta’minot turlarining turfa xilligi; 5) muvofiqlik (ya’ni ijtimoiy yordam miqdorining iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mosligi). Birinchi ikki tizim o’zaro bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Davlat ijtimoiy ta’minoti va sug’urtasining quyidagi turlari mavjud: — davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy nafaqalar; — davlat pensiya ta’minoti; — uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko’rsatish; — nogironlarni protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash; — bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va tarbiyalash; — nogironlarni qayta tiklash va kasbiy reabilitatsiya qilish; — aholini sanatoriy-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash; — uylarda ijtimoiy xizmat ko’rsatish va boshqalar. To’la ma’noda olganda, ijtimoiy himoya qilish quyidagi yo’nalishlarni qamrab oladi: — jamiyat a’zolariga kun kechirish uchun zarur narsalarning eng kam miqdorini ta’minlash va muhtojlarga moddiy yordam ko’rsatish, turmush darajasini pasaytirish omillaridan himoya qilish; — fuqarolarning o’zlari uchun qonunga zid kelmaydigan har qanday yo’llar bilan tirikchilik vositalarini hech bir to’siqsiz ishlab topishlari uchun imkon beradigan shart-sharoitlar yaratish; — fuqarolarning ta’lim, tibbiy yordam va shu kabilarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, bunda jamiyat imkoniyatlari va o’ziga xos milliy-tarixiy xususiyatlarni hisobga olish; — yollanib ishlayotganlarga qulay sharoitlarni ta’minlab berish, ularni sanoat ishlab chiqarishining salbiy ta’sir ko’rsatishidan himoya qilish; 10 10 — jamiyat a’zolarining ekologik xavfsizligini ta’minlash; — fuqarolarni jinoiy xatti-harakatdan himoya qilish; —huquqiy, demokratik davlat tamoyillariga mos keluvchi fuqarolik va siyosiy huquqlar hamda erkinliklarni himoya qilish; — qurolli ijtimoiy va millatlararo nizolarga barham beruvchi shart-sharoitlar yaratish; — siyosiy ta’qib va ma’muriy zo’ravonlikdan himoya qilish; — ma’naviy hayot erkinligini ta’minlash, mafkuraviy tazyiqlardan himoya qilish; —umuman jamiyatda, ayrim jamoalar va tarkibiy bo’linmalarda qulay psixologik iqlim yaratish, psixologik tazyiq o’tkazishdan himoya qilish; — jamiyat hayotining iloji boricha barqaror imkoniyatlarini ta’minlash. XX asrda an’anaviy kapitalistik jamiyat haqiqatda o’zgarib, yangi ijtimoiy- iqtisodiy tizimga — ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligiga aylandi, ham umuman jamiyatni, ham xo’jalik organizmining tarkibiy tuzilmalarini qamrab oladigan qudratli ijtimoiy himoya tizimlari qaror topadi; ular korxonalar va firmalar, aksiyadorlar jamiyatlari, kooperativlar, mehnat tashkilotlari va hokazolardir 9 . Hozirgi vaqtda G’arbda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning amerikacha, yevropacha, yaponcha va hokazo andozalari mavjud bo’lib, ular doirasida yana o’ziga xos ko’rinishlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Bu andozalarning umumiy hususiyatlari bilan bir qatorda o’ziga xos umumiy belgilari va milliy jihatlari ham mavjuddir. O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab iqtisodiy islohotlarning o’ziga mos yo’li tanlandi. O’tish davri jarayonlari Prezident I.A.Karimov olg’a surgan beshta asosiy tamoyillar qatoriga kirgan kuchli ijtimoiy himoya sohasida ham uzoq muddatni o’z ichiga olgan dastur bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 9 Inson va jamiyat kursi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. T.: 1999, 21-bet. 11 11 «To’rtinchi ustuvor yo’nalish — xalq turmush darajasining izchil va barkaror o’sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishni ifoda etadi» 10 — deydi I. A. Karimov. Ijtimoiy himoyaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabat sifatidagi mohiyati jamiyat va aholi o’rtasidagi muhtojlik hollarida yordam, qariyalarga ko’maklashish, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ahvol, hayotiy zaruriy vositalar bilan ta’minlash bilan bog’liq munosabatlardan iborat. Ijtimoiy himoyaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi 11 . Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyat oldiga qo’ygan bosh maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi aholining ijtimoiy himoyasiga sarflanadi. Ijtimoiy himoya fondining aksariyat qismi taqsimotchilik jarayonida davlat byudjetida shakllanadi. Uning to’planish mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg’armalardir. Taraqqiyotning hamma bosqichlarida odamlarning ijtimoiy kayfiyatlarini, ijtimoiy muammolarini nazar-pisand qilmaslik barqarorlikka katta xavf tug’diradi. Odamlar uchun da’vat etuvchi ijtimoiy sabablarning ruyobga chiqishi muhim ahamiyatga molik. Bu borada Prezident I.A.Karimov: «Keng ko’lamdagi uzoq muddatli isloh qilish jarayonining dastlabki bosqichini men eng qiyin, ijtimoiy portlash xavfi bo’lgan bosqich, deb atagan bo’lardim» 12 , deb qayd qilgan edi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyoti tizimi ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotnnng inson omilini faollashtirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga aholining bir qismi uchun, ayniqsa, kam ta’minlangan, nogiron, qarib qolganlar turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Bozor mexanizmlari, ayniqsa, raqobat, krizislar, inflyatsiya talab va taklif qonunlari baholar tizimining amal qilishi aholi o’rtasida kambag’allik, qashshoqlik, ishsizlik holatlarini paydo qiladi. Bunday hol sog’lom jamiyatda aholining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan iqtisodiy sotsial munosabatlarni keltirib chiqaradi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar alohida o’rin tutadi. Respublikaning 10 Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.: 1998, 5-bet. 11 Karimov I.A. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.: 1995, 19-bet. 12 Karimov I.A. O‘zbekiston XX asrga intilmoqda. T.: O‘zbekiston, 1999, 26-bet. 12 12 o’z yangilanish va taraqqiyot yo’liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iborat. Mamlakatimizda davom etayotgan va bozor iqtisodiyotini qaror toshirishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umuman fuqarolarni samarali ijtimoiy himoyalashni, xususan korxonalar xodimlarini himoya qilishni nihoyatda muxim vazifalardan biriga aylantirdi. Bir tomondan, bu o’zgarishlar fuqarolarning ijtimoiy himoyalalanishni kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy himoya qilish bo’yicha ko’proq kuch-g’ayrat sarflanishini: ishsizlikdan, pulning qadrsizlanishidan, fuqarolarning bir muncha qismi moddiy tomondan ta’min etilmaganidan va shu kabilardan himoya qilishni talab etadi. Bizdagi amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarning maqsadi — chinakam huquqiy fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Ob’yektiv ehtiyojlar g’oyat keng yo’nalishlar bo’yicha ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda. Lekin eng asosiy himoya mehnatkashlar turmush darajasining pasayishi va ishsizlikdan himoya qilishdir, muayyan korxonada esa — bu mehnat sharoiti va mazmuni to’g’risida, xodimlar mehnatini tashkil etish va ularga haq to’lash tizimi haqida g’amxo’rlik qilishdir. Ish bilan band bo’lgan aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha ko’pgina muhim vazifalar aynan korxona darajasida amalga oshiriladi, holbuki ijtimoiy himoya qilish bo’yicha ijtimoiy institutlarning butun bir tizimi ish olib bormoqda. Xo’jalik yuritishning bozor tizimini shakllashirish sharoitida qattiq iqtisodiy siyosat o’tkazish bilan odamlarning ijtimoiy himoya qilinishining yetarli darajada mustahkam emasligi o’rtasidagi ziddiyat keskinlishishida odamlarni ijtimoiy himoya qilish ma’naviyatni jamiyat mavjud bo’lishining zarur shartlaridan biri hisoblanadi 13 . Mazkur muammoni o’rganish insonning munosib va ijtimoiy maqbul sifatga ega bo’lgan turmush kechirishini ta’minlaydigan qonunchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va 13 Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: «O‘zbekiston», 1997, 216-bet. 13 13 ma’naviy-psixologik tizim ijtimoiy himoyani aniqlash imkonini beradi. Insonni ijtimoiy himoya qilishning asosiy institutlari — davlat, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalaridir. Ayni vaqtda ijtimoiy himoya qilish ijtimoiy kafolatlarga asoslanadi. Bu kafolatlar qonunlarda qayd etilgan. Download 394.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling