Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
Qo'qon xonligining tugatilishi, Turkiston general-guber-
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
- Bu sahifa navigatsiya:
- N azorat savollari
Qo'qon xonligining tugatilishi, Turkiston general-guber-
natorligining tashkil topishi. Toshkentni strategik jihatdan Qo'qon xonligining yuragi deyish mumkin edi. Toshkentning egallanishi Qo'qon xonligiga yo'lning ochilishini anglatardi. 1865-yilda Toshkent egallangan. 1867-yilga kelib hududda Rossiya boshqaruv tizimi o'rnatildi. Qo'qon xonligida bosh langan Po'latxon boshchiligidagi qo'zg'olon keyingi bosqichda milliy-ozodlik harakatiga aylanib ketgan. Xudoyorxon esa o 'z ix- tiyorini general-gubemator Kaufmanga topshirgan. 1875-yil sen- tabrda Kaufman qo'shini Maxramdan chiqib, Qo'qon shahriga yo'l olgan. Asta-sekinlik bilan Andijon, Namangan shaharlari egallanib, 1876-yil 18-fevralda Qo'qon xonligi tugatilganligi - 7 3 - e'lon qilingan. Xonlik hududlari Farg'ona viloyati sifatida Tur kiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvi 1865-yil 6-av- gustda imperator Aleksandr I tomonidan tasdiqlangan “Turkiston viloyatini idora qilish to'g'risidagi nizom”i asosida boshqarilgan. Nizom bir necha marotaba qayta-qayta ishlanib, o'zgartirishlar kiritilgan. 1886-yil “Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi nizom”i loyihasi e'lon qilingan. Unga ko'ra, o'lka markaziy, ob last, uezd, uchastka, qishloq va shahar shaklida boshqarilgan. Markaziy o'lka boshqaruvi general-gubemator, kengash va mah- kamadan iborat bo'lgan. M a'muriy jihatdan o'lka Farg'ona, Sa- marqand, Sirdaryo, Yettisuv va Kaspiyorti viloyatlariga bo'lingan. Tayanch iboralar: O 'rta Osiyo-Rossiya munosabati, istilo, istilo sabablari, Toshkentning zabt etilishi, Turkiston general- gubernatorligi, xonlikning tugatilishi. N azorat savollari: 1. XIX asrning o'rtalarigacha Rossiya-O'rta Osiyo munosa batlari qay darajada edi? 2. Rossiya imperiyasi istilosining asosiy sabablarini ko'r- sating. 3. Qo'qon xonligi qachon tugatilgan? - 74- Q O 'Q O N XONLIGIDA MADANIY HAYOT Reja: 1. Q o'qon xonligida ta'lim . 2. Ilm -fan taraqqiyoti. 3. A dabiyot va san'at. 4. Q o'qon xonligida m e'm orchilik. Q o'qon xonligida ta'lim . Qo'qon xonligida ta'lim maktab- lar, madrasalar va qorixonalardan iborat bo'lgan. Maktablar, asosan, masjidlar qoshida hamda ruhoniylar va boylaming uylari- da tashkil etilgan. H. Bobobekovning qayd etishicha, xon o'rda- sida xonzoda va zodagonlaming bolalarini o'qitish uchun maxsus maktab ochilgan. Odatda, maktablarda o'quvchilaming soni o'rtacha 10-30 ta bo'lgan. Shahar maktablarida o'quvchilar soni qishloq maktablariga nisbatan ko'proq edi. O'quvchilar yaxshi yoritilmagan xonalarda sholcha va bo'yralarda o'tirib o'qiganlar. Y. Qosimov maktablarda ta'lim uch bosqichda olib borilganligi haqida ma'lumot bergan: “ ...ta'limning birinchi bosqichida arab alifbosi o'rgatilgan, ikkinchi bosqichda “Haftiyak” (arab tilida)ni hijjalab o'qiganlar. Uchinchi bosqichda esa “Chorkitob” o'qilgan. Unda Hofiz, So'fi Olloyor, Fuzuliy, Ahmad Yassaviy va boshqa- laming asarlari (she'rlari) o'qitilgan”. Bundan tashqari, arifme- tika, namoz o'qish qoidalari ham o'rgatilgan. Qiz bolalar maktab- dor boylar va ruhoniylarning uylarida tashkil etilgan maktablarda o'qitilgan. O'qish xarajatlari vaqf daromadlari, xayriya va ota- onalaming mablag'lari tomonidan qoplangan. Maktablardan tash qari ko'zi ojiz bolalar uchun alohida qorixonalar tashkil etilgan. Qorixonada ta'lim olgan bolalar Qur'onni yod olganlar. Maktabni tamomlagan bolalar madrasalarda o 'z bilimlarini chuqurlashtirib, .o'qishni davom ettirganlar. Tabiiyki, bunday im- koniyatga faqatgina boylar va ruhoniylarning bolalari ega bo'lgan. Madrasada arab, fors va turkiy til mukammal o'rgatilgan. Tabo- bat, matematika, geometriya, adabiyot, falsafa, mantiq, tarix, geografiya kabi fanlar o'qitilgan. Qur'onni o'qish uslublari, qiroat va tavsifga hamda fiqh ilmiga alohida e'tibor qaratilgan. Madrasalarda o'qish Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling