Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I



Ikromjon KUZIKULOV


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Ikromjon KUZIKULOV
QO'QON XONLIGI 
TARIXI
(o 'quv-uslubiy qo llanma)
«Namangan» nashriyoti 
2014


UO'K: 812.512.133-1 
КВК: 84(5У)7 
К-88
I. U. Kuzikulov
Qo'qon xonligi tarixi (o'quv-uslubiy qo'llanma). - “Namangan” 
nashriyoti, 2014. 84 bet.
Mas'ul muharrir: A. A. Erqo'ziyev,
tarix fanlari nomzodi
Taqrizchilar: 
M.U. Qayumov,
tarix fanlari nomzodi
Z. Sh. Madrahimov,
tarix fanlari nomzodi
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma Namangan davlat universiteti 
o'quv-uslubiy kengashining 2014-yil 26-apreldagi 8-sonli yig'ilishida 
muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
© I. Kuzikulov
ISBN - 978-9943- 4343-0-8 
© «Namangan» nashriyoti, 2014.


SO'Z BOSHI
Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblangan vatani- 
miz ko'p asrlik davlatchilik tarixiga ega. Arxeologik manbalar, 
“Avesto” kabi mahalliy yozma manbalar, qolaversa, Yunon, Rim, 
Xitoy tarixchilarining qadimiy asarlarida davlatchilik tarixiga oid 
ma'lumotlar yetarli. Lekin sho'rolar davrida bir necha ming yillik 
davlatchiligimiz tarixi to'laqonli o'rganilganligi haqida xulosa 
qilish qiyin. Garchi ijtimoiy va milliy tenglik haqida jar solingan 
bo'lsa-da, milliy davlatchilik g'oyalarigina emas, hatto davlat­
chilik tarixini o'rganishga ham to'sqinlik qilindi. Natijada tarix 
o'qitishning ilmiylik, ilmiy xolislik, inson omili kabi eng asosiy 
tamoyillari buzildi. Amir Temur, Shayboniyxon kabi buyuk 
imperiya qurgan shaxslar yovuzlikda, Dukchi eshon, Po'latxon 
kabi milliy-ozodlik kurashi rahbarlari yoki Turkiston muxtoriyati 
rahbarlari ayirmachilik (separatizm)da ayblangan. Vatanimiz 
tarixi o'rniga Rossiya tarixini o'rganish muhim deb topilgan.
Xonliklar davri tarixi o'zbek davlatchiligi tarixida muhim 
ahamiyatga ega bo'lgan davrlardan biri hisoblansa-da, Xiva, 
Buxoro va Qo'qon xonliklari tarixini o'rganish va o'qitishga 
yetarli darajada e'tibor berilmagan. Aksincha, xonlaming 
“qonxo'rligi”, “axmoqligi”, mingboshi, qozilaming “axloqsizligi” 
haqida ertaklar to'qilgan ediki, xalqning tasavvurida ularga 
nisbatan nafrat hissi tarbiyalandi.
Vatan tarixini o'rganishda tarixiy o'lkashunoslik ma'lumot- 
laridan foydalanish muhimdir. Farg'ona vodiysida vujudga kelib, 
o'z sarhadlarini qisqa muddat ichida g'arbda O'ratepa, Jizzax- 
gacha, sharqda esa Issiqko'l hududlarigacha kengaytira olgan, 
Xitoy imperiyasi bilan Sharqiy Turkistonda urush olib borib, o'zi 
uchun foydali shartnoma tuzishga majbur qilgan Qo'qon xonligi 
tarixini o'rganish sho'rolar davrida ahamiyatli emasdi. A. Ha- 
sanov, A. Nabiyev, A. Qayumov, E. Hojiyev, A. Troitskaya,
H. Ziyoyev, H. Bobobekov, F. G'afforov, V. Akramov, S. Ishan- 
xanov, V. Ploskix, T. Beysembiyev, E. Xurshut, A. Mahkamov
Sh. Vohidov kabi tarixchilarning bir necha asarlari e'lon qilingan. 
Lekin, bu 167 yillik xonlik tarixi uchun yetarli emas edi. Qo'qon
-
3
-


xonligi tarixiga oid sho'ro davri adabiyotlari ushbu davlatda 
kechgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlar kommunistik 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling