Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

ханстве и их соцалъно-экономические и политические пред­
посылки” va 1996-yilda chop etilgan “Qo'qon tarixi” asarlari 
xonlik tarixini o'rganashda muhim o'rin tutadi. Dastlabki asarida 
olim xonlikda bo'lib o'tgan o'nlab qo'zg'olonlar haqida ma'lu­
motlar keltirgan va ulami tahlil etgan. Keyingi asar - “Qo'qon 
tarixi” esa Qo'qon haqidagi eng dastlabki ma'lumotlar, Qo'qon 
atamasi, minglar sulolasi, Qo'qon shahri ijtimoiy-iqtisodiy,
-
9
-


madaniy hayoti haqida ma'lumot beradi. 2006-yilda asaming 
ruscha varianti (“История Коканда”) e'lon qilindi. Bundan tash­
qari, ilmiy anjumanlar hamda vaqtli matbuotda olimning xonlik 
tarixi va uni o'rganishning dolzarb muammolari haqidagi maqola- 
larini ko'plab uchratish mumkin.
Qo'qon xonligi tarixiga oid muhim asarlardan biri 1994-yili 
Namanganda nashr etilgan. Bu asar tarix fanlari nomzodi, dotsent 
Y. Qosimov qalamiga mansub bo'lib, “Qo'qon xonligi tarixi 
ocherklari” deb nomlanadi. Asar ikki bobdan iborat: birinchi bob- 
da xonlikning aholisi, hududi, davlat tuzilishi, yer-suv munosa­
batlari, hunarmandchilik, savdo, shaharlar, qo'shin tuzilishi, 
Qo'qon-Buxoro, Qo'qon-Rossiya munosabatlari, madaniy hayot 
haqida ma'lumotlar mavjud. Ikkinchi bobda esa xalq harakatlari, 
xususan, Po'latxon qo'zg'oloni, Qo'qon xonligining Rossiya 
imperiyasi tomonidan bosib olinishi, Turkiston general-gubema- 
torligming tashkil etilishi bayon qilinadi.
Mustaqillik yillarida Qo'qon xonligi tarixiga oid ilmiy 
izlanishlar katta mehnatlar evaziga ortib bordi. 2004-yilda tarix 
fanlari nomzodi unvonini olish uchun Z. A. Ilhomov “Aliquli 
amirlashkar va uning Qo'qon xonligi siyosiy hayotida tutgan 
o'm i” mavzusidagi dissertatsiyasini nihoyasiga yetkazdi. Muallif 
ushbu ilmiy ishi orqali XIX asr 50-60-yillarida Qo'qon xonligi- 
dagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Aliquli Amirlashkaming davlat 
arbobi va lashkarboshi sifatida shakllanishi, Qo'qon xonligi siyo­
siy hayotidagi faoliyati hamda rus bosqinchilariga qarshi olib 
borgan kurashi to'g'risida keng ma'lumotlar bergan.
Izlanuvchilardan biri B. Ya. Tursunov 2006-yilda tarix 
fanlari nomzodi unvonini olish uchun “Qo'qon xonligida harbiy 
ish va qo'shin: holati, boshqaruvi, an'analari” mavzusidagi 
dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Dissertatsiyada
XVIII asr - XIX asr birinchi yarmida Qo'qon .xonligida yuz 
bergan siyosiy jarayonlar, Qo'qon xonligining mudofaa tizimi, 
xonlikdagi harbiy boshqaruv tizimi, harbiy mansablar va ularning 
vazifalari, harbiy kuchlar, qo'shinning tarkibiy tuzilishi, qo'shin 
ta'minoti va uning turli usullari, qo'shindagi qurol-aslahalar, 
qo'shinning moddiy vositalari hamda bu boradagi o'zgarishlar 
bayon etilgan.
-
1 0
-


Sh. Yu. Mahmudovning tarix fanlari nomzodi ilmiy dara- 
jasini olish uchun 2007-yilda taqdim etilgan “Qo'qon 
xonligining 
ma'muriy-boshqaruv 
tizimi 
(1709-1876-y.y.)” 
mavzusidagi dissertatsiyasi xonlik tarixini o'rganishda katta 
ahamiyat kasb etadi. Muallif o'z tadqiqotida markazlashgan dav- 
latning tashkil topishi va undagi hukmdorlarning roli, xonlikning 
ma'muriy-hududiy bo'linishining evolyutsiyasi, Qo'qon xonligida 
Oliy kengash, uning markaziy boshqaruv tizimida tutgan o'mi, 
markaziy boshqaruv tizimining mansab va unvonlari, mazkur ti- 
zimda yuzaga kelgan o'zgarishlar, mamlakat boshqaruv tizi­
mining mahalliy bo'g'inlari, ulaming o'ziga xos jihatlari, soliqlar 
va soliq tizimida ish yuritish - mahalliy boshqaruv apparatining 
muhim funksiyasi, aholini ijtimoiy himoyalash hamda bu borada 
mavjud davlatchilik an'analari kabi masalalami bayon etgan.
2007-yili yana bir tarixchi N. Topildiyevning “Qo'qon xonli­
gining Rossiya bilan diplomatik aloqalari tarixidan (XIX asr -
1876-yilgacha)” asari “Fan” nashriyotida chop etildi. Nomidan 
ko'rinib turibdiki, asarda Rossiya-Qo'qon aloqalari haqida bayon 
etilgan.
Savdo munosabatlari haqida Z. Sh. Madrahimovning tarix 
fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Qo'qon 
xonligida savdo munosabatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi 
(2009-y.) Qo'qon xonligi tarixini o'rganishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Tadqiqotda xonlikdagi savdo-iqtisodiyot markazlari va 
ulaming iqtisodiy hayot rivojida tutgan o'mi, ichki savdo, xon­
likning tashqi iqtisodiy aloqalarida savdoning tutgan o'mi, uning 
muhim yo'nalishlari, Qo'qon xonligining Buxoro va Xiva xon­
liklari bilan savdo aloqalarining asosiy jihatlari, savdoning etno- 
integratsion jarayonlar rivojiga ko'rsatgan ta'siri, bozorlar, kar- 
vonsaroylar, ulaming o'ziga xos hususiyatlari, bojxona ishi, savdo 
soliqlarining asosiy jihatlari, bozor infrastrukturasi hamda vaqf 
instituti aloqalarining harakterli xususiyatlarini yoritgan. 2014- 
yilda muallifiiing dissertatsiyasi asosida “Qo'qon xonligida savdo 
munosabatlari tarixi” asari chop etildi.
2009-yilda Sh. T. Qo'ldoshev “Qo'qon xonligi va Sharqiy 
Turkiston o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar (XVIII- 
XIX asming birinchi yarmi)” mavzusidagi dissertatsiyasini 
himoya qildi. Dissertatsiyada Qo'qon xonligi bilan Sharqiy
-
11
-


Turkiston o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlaming shakl- 
lanish jarayoni va taraqqiyoti, Qo'qon hukmdorlarining Xitoy 
bilan diplomatik munosabatlarida Sharqiy Turkistonning o'mi, 
Sharqiy Turkistonda Qo'qon oqsoqollik tizimining o'matilishi, 
uning asosiy xususiyatlari, Qo'qon xonligini Sharqiy Turkiston 
bilan bog'lovchi karvon yo'Harming o'zaro aloqalarda tutgan 
o'mi, o'zaro iqtisodiy munosabatlaming asosiy yo'nalishlari va 
ular taraqqiyotida xonlik fuqarolarining roli, Qo'qon xonligi iqti­
sodiy hayotida sharqiy turkistonliklar ishtiroki, Qo'qon xonligi va 
Sharqiy Turkiston xalqlari o'zaro aloqalarining an'anaviy mada- 
niyatiga ta'siri va san'at sohasidagi aloqalar, ilmiy va adabiy 
aloqalaming muhim jihatlari o'z aksini topgan.
Shuningdek, mustaqillik yillarida Qo'qon tarixnavislik 
maktabi vakillari tomonidan yaratilgan xonlik tarixiga oid bir 
nechta asarlar o'zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi.
Tayanch iboralar: Mahalliy manbalar, “Muntaxab at 
tavorix”, “Tarixi Farg'ona”, “Tarixi Turkiston”, “Tarixi jadidayi 
Toshkand”, “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin”, “Tarixi 
Shohruxiy”, rus manbalari, sho'rolar davrida xonlik tarixining 
o'rganilishi, R. Nabiyev, H. Bobobekov, “Qo'qon tarixi”, 
“Qo'qon xonligi tarixi ocherklari”, mustaqillik-yillarida ilmiy 
izlanishlar.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling