Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

Nazorat savollari.
1. Chek yerlar qanday yer ekanligini eslang.
2. Xonlik hududidagi asosiy tabiiy suv manbalarini 
ko'rsating.
3. Sun'iy sug'orish inshootlari qurilishi qanday amalga 
oshirilgan?
4. Xonlikdagi asosiy soliqlarga qaysi soliqlami kiritish mum-
kin?
5. Xonlikdagi hunarmandchilikning eng muhim turlari qay- 
silar edi?
5. Ichki va tashqi savdoga baho bering.
-
3 8
-


QO'QON-BUXORO MUNOSABATLARI 
Reja:
1. XIX asrning boshlarida Qo'qon-Buxoro munosabat- 
larining keskinlashuvi.
2. Xonlikning Buxoro amirligi tomonidan bosib olinishi.
3. Ikkinchi yurish va xonlikning Buxoroga tobe etilishi.
4. Qo'qon xonligining mustaqillikka erishishi.
XIX asrning boshlarida Qo'qon-Buxoro munosabatlari- 
ning keskinlashuvi. Buxorodan ajralib chiqqan Qo'qon xonligi
XIX asr boshlarigacha bo'lgan davrda o'z mustaqilligini mustah- 
kamlash va chegaralarini kengaytirishga erishdi. XIX asr bosh- 
lariga kelib xonlikda markazlashish jarayoni kuchaydi. Olimxon 
(1798-1810) aw al Farg'onani, so'ng Toshkent va Chimkentni 
to'laligicha qo'l ostiga birlashtirishga erishdi. Olimxondan keyin 
Umarxon davrida (1810-1822-y.y.) Issiqko'l, Ili vodiysigacha 
bo'lgan yerlar hamda Sirdaryo etaklaridagi qozoq dashtlari ham 
Qo'qon xonligiga bo'ysundirildi. Buxoro, Xiva va Toshkentni 
tutashtiruvchi hududda Oqmachit qal'asi barpo etildi.
Umarxon Buxoro amiri bilan yaxshi qo'shnichilik aloqalarini 
olib borgan, deyish qiyin. U avval Buxoro amiri Amir Haydar 
bilan ittifoq tuzgan bo'lsa-da, 1815-yilda Buxoroga qarashli bo'l­
gan Turkistonga yurish qilgan. Urush boshlanishining asosiy 
sababi, Rossiyaga boradigan savdo yo'llariga egalik qilish edi.
1817-yilda O'ratepada xonlikka qarshi qo'zg'olon ko'taril- 
gan. Xon qo'shinlari juda qiyinchilik bilan bo'lsa-da, qo'zg'olon- 
ni bostirgan. Umarxonning buyrug'i bilan bir necha qo'zg'olon- 
chilar qatl etilgan. 1821-yili qozoqlar qo'zg'oloni boshlangan. 
Qo'zg'olonchilar vaqtincha Sayram va Chimkentni egallashga 
erishganlar. Davlat chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish- 
da muvaffaqiyatga erishgan Umarxon 1822-yili kasallikdan vafot 
etgan. Uning vafotidan so'ng Qo'qon taxtiga 12 yoshli (ayrim 
manbalarda 15 yoshli) o'g'li Muhammad Alixon (Madalixon) 
o'tirdi.
Madalixon taxtga chiqqanidan so'ng ishni otasi hokimiyati 
davridagi norozi bo'lganlami qatl etishdan boshladi. Buning oqi-
-
3 9
-


batida xonga qarshi muxolifat vujudga kelgan. 1826-1832-yillarda 
Madalixon Sharqiy Turkistonda Xitoy imperiyasiga qarshi urush 
olib borgan. Bunga bahona bo'lgan voqea Xitoy hukumatining 
Sharqiy Turkistonda xojalar va musulmonlarga tazyiqi edi. 
Muhammad Alixonning Sharqiy Turkistonda musulmonlar 
himoyasi uchun uyushtirgan yurishlari Buxoro amirining nazari- 
dan chetda qolmagan. V. Nalivkinning yozishicha, amir Haydar 
1826-yili xon huzuriga Ismatullabiy boshchiligidagi elchilami 
sovg'a-salomlar bilan jo'natgan.
Muhammad Alixon Sharqiy Turkistondagi muvaffaqiyat- 
lardan so'ng tog'li tojiklaming yerlarini bosib olishni reja- 
lashtirgan. 
1834-yilgacha 
Qorategin, 
К о 'lob 
va 
Daroz 
viloyatlarini bo'ysundirgan hamda Vahon, Shug'on, Roshon 
hududlariga qo'shin tortgan. Ma'lumki, bu yerlar Buxoro amirli- 
giga qarashli yoki unga qaram hududlar edi. Y. Qosimovning 
ta'kidlashicha, 1745-1746-yillarda qalmoqlaming Farg'ona vodiy- 
siga hujumi va qo'qonliklaming qalmoqlar ustidan g'alabasidan 
so'ng Buxoro xonligi Qo'qon xonligini mustaqil davlat sifatida 
tan olishga majbur bo'lgan. Shunday bo'lsada, Buxoroning Qo'­
qon xonligiga nisbatan munosabati yaxshilanmadi. Qo'qon 
xonining Qorategin, К о 'lob, Daroz, Vahon, Shug'non, Roshon 
hududlariga yurishi, O'ratepa hamda Jizzax yerlariga da'vosi 
munosabatlami yanada chigallashtirgan.
Madalixon tashqi siyosatda bir qator muvaffaqiyatlarga 
erishgan bo'lsa-da, Qo'qon xonligida xondan norozi guruhlar 
harakati pasaymagan. Bosib olingan hududlardagi norozilik, 
xonlikdagi etnik xilma-xillik masalaning chigallashishiga yordam 
berdi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling