Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


partiya mafkurasiga bo'ysundirilgan holda, sinfiylik nuqtai nazari-


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I


partiya mafkurasiga bo'ysundirilgan holda, sinfiylik nuqtai nazari- 
dan o'rganilgan.
Mustaqillik yillarida Qo'qon xonligi tarixini o'rganish uchun 
keng imkoniyatlar ochildi. Ilmiy jumallarda va ilmiy-nazariy 
konferensiyalarda xonlik tarixiga oid yuzlab ilmiy maqolalar e'lon 
qilindi. H. Bobobekov, Sh. Vohidov, Y. Qosimov kabi tarixchi- 
laming asarlari nashr etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim 
etildi. Ustoz tarixchilaming izidan borgan bir necha yosh 
tarixchilar esa Qo'qon xonligi tarixi bo'yicha tadqiqod ishlarini 
olib bordilar. Tez orada bu yosh tadqiqodchilaming izlanishlari 
o'z natijasini berdi. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish 
uchun 2004-yilda Z. A. Ilhomov “Aliquli amirlashkar va uning 
Qo'qon xonligi siyosiy hayotida tutgan o'm i” mavzusida, 2006- 
yilda B. Ya. Tursunov “Qo'qon xonligida harbiy ish va qo'shin: 
holati, boshqaruvi, an'analari” mavzusida, Sh. Yu. Mahmudov 
2007-yilda “Qo'qon xonligining ma'muriy-boshqaruv tizimi 
(1709-1876-y.y.)” mavzusida, Z. Sh. Madrahimov 2009-yilda 
“Qo'qon xonligida savdo munosabatlari” mavzusida, Sh. T. Qo'l- 
doshev 2009-yilda “Qo'qon xonligi va Sharqiy Turkiston 
o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy madaniy aloqalar (XVIII-XIX asr- 
ning birinchi yarmi) mavzusida dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli 
himoya qildilar.
2004-yili o'lka tarixini chuqurroq o'rganish maqsadida 
Namangan davlat universiteti tarix fakuPtetida “Qo'qon xonligi 
tarixi” nomli maxsus kurs tashkil etildi va tez orada fakul’tet 
talabalarining eng sevimli fanlaridan biriga aylandi. Ushbu o'quv- 
uslubiy qo'llanmaning yozilishiga ham tarix yo'nalishi talaba­
larining fanga bo'lgan qiziqishlari sabab bo'lgan. O'quv-uslubiy 
qo'llanmada Qo'qon xonligi tarixi haqida ma'lumot beruvchi 
manbalar, adabiyotlar, xonlikning vujudga kelishi, shart-sha- 
roitlari, minglar sulolasi, ularning xonlikni rivojlantirishdagi o'mi 
haqida ma'lumot berish bilan birga xonlikda ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvol, xonlikning tashqi siyosati, xalq harakatlari va madaniyatiga 
doir ayrim ma'lumotlar o'z aksini topgan.
-

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling