Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

“Tarixi Farg'ona” asari ham Qo'qon xonligi tarixini o'rga­
nishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan manbalardan biridir. Asar 
1916-yilda tarixchi olim Is'hoqxon Junaydullo o'g'li Ibrat 
tomonidan nashr etilgan. Asarda minglaming hokimiyat tepasiga 
kelishidan tortib, to xonlikning Rossiya imperiyasi tomonidan 
istilo qilinishigacha bo'lgan ulkan davr tasvirlab berilgan. Har bir 
Qo'qon xonlari davrlari, harbiy yurishlar, ijtimoiy-siyosiy vaziyat, 
qo'zg'olonlar, rus bosqini, uning oqibatlari va xonlikning eng 
katta shaharlari haqidagi ma'lumotlar berilgan. “Tarixi Farg'ona” 
biz uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy asardir. Asar 
1991-yili Toshkentda “Meros” turkumida ham nashr etilgan.
Xonlik tarixiga oid yana bir manba Mulla Olim Maxdum 
Hojining “Tarixi Turkiston” asaridir. Asar 1992-yili “Qarshi” 
nashriyotida lug'at va izohlar bilan nashr qilingan. 2008-yilda 
ushbu asar Toshkentda “Yangi asr avlodi” nashriyotida qayta 
nashr etildi. Asar sodda, tushunarli tilda yozilgan. Unda xonlik 
tarixiga oid ma'lumotlar bilan birga minglaming kelib chiqishi 
haqidagi xabarlar ham berilgan. Masalan: Oltin beshik afsonasi 
hikoya qilinar ekan, Oltin beshikdan Sulton Elik, undan Xudoyor, 
Xudoyordan Muhammad Amin, undan Abulqosim, Abulqosimdan 
Shohmastbiy undan esa Shohruhbiy tug'ilganligi, minglar 
sulolasining 
Boburiylarga 
avlod 
ekanligi 
ko'rsatilgan. 
Minglaming hokimiyatni qo'lga olishidan to ruslaming xonlikni 
bosib olgunga qadar bo'lgan davr “Tarixi Turkiston” asarining 1- 
jildida berilgan. Keyingi jildlar Buxoro tarixiga oiddir.
Asosiy manba bo'lmish asarlardan yana biri Mirzaolim 
Mushrifning “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin ” (“Sultonlar 
nasabi va xoqonlar tarixi” yoki “Qo'qon xonligi tarixi”) asari 
hisoblanadi. Asar muallifi haqida ma'lumotlar ko'p emas: tosh- 
kentlik, tug'ilgan va o'lgan-yillari ma'lum emas. Mallaxon va 
Xudoyorxon zamonlari (taxminan XIX asrning 20-80-yillari)da 
yashagan. Ma'lumotlarda uning hayoti, ayniqsa, keksalik-yillari 
mashaqqatli kechgan, deb yozilgan. Olimlaming taxminicha, asar
-
7
-


muallifning umri oxirlarida yozib tamomlangan. Asar Oltin beshik 
voqeasi va Shohruhbiyning hokimiyatga kelishi bilan boshlanib,
1875-yil voqealarini ham qamrab olgan. Asarda tarixiy ma'lu- 
motlardan tashqari, Mirzaolim Mushrifning she'rlari ham beril- 
gan. Asaming 3 ta asl nusxasi O'zRFA Sharqshunoslik institutida 
saqlanadi.
Qo'qon xonligi tarixiga oid rus manbalari. Xonlik tarixini 
o'rganishda tarixiy hujjatlar, boshqacha qilib ifodalaganda, rus 
sayyohlari, elchilari va tarixchilarining asarlari ham asosiy o'rin 
tutadi. Bunday hujjatlaming aksariyati hozirda davlat arxivlarida 
saqlanadi. Xonlik tarixiga oid hujjatlaming aksariyati rus sayyoh 
va elchilaming mehnatlari asosida vujudga kelgan. Masalan, Fi­
lipp Nazarovning “Записки о некоторых народах и землях 
средней части Азии Филиппа Назарова” (1821-yil), I. Potaning 
“Записки о Кокандском ханстве хоронжего Потанина” (1830- 
yil), Maksimovning “Показание Сибирского казака Максимова 
о Кокандском владении” (1860-yil), V. V. Vel'ya-minov- 
Zemovning “Исторические известия о Кокандском ханстве от 
Мух,аммед-Али до Худаярхана” (1856-yil), “Сведения о 
Кокандском ханстве” (1856-yil), I. D. Gorcha-kovning “Обоз­
рение Кокандского ханстве в нынешним его состоянии” 
(1846-yil), A. G. Serebrinnikovning “К истории Кокандского 
ханства” (1876-yil), N. Pantusovning “О по датах и повин­
ностях существовавщих в бывшем Кокандском ханстве в пос­
леднее время правление Худояр-Хана” (1876-yili), V. Naliv­
kinning “Краткая история Кокандского ханства” (1886-yil) va 
boshqalar shunday asarlar qatoriga kiradi. Bu asarlaming muhim- 
ligi shundaki, ular chuqur o'rganilgan va ilmiy asoslangan. 
Mualliflaming barchasi xonlik hududida bo'lib, mahalliy aholi 
hayoti bilan yaxshi tanish bo'lgan. Rus elchi va sayyohlarining 
ma'lumotlari o'sha davrda “Вестник русского общества”, 
“Известия русского географического общества”, “Военный 
сборник”, “Туркестанские ведомости”, “Туркестанский сбор­
ник” va boshqa vaqtli matbuot nashrlarida muntazam berib 
borilgan. Bundan tashqari, alohida kitob sifatida chop etilgan. 
Yana boshqa chet elik sayyoxlar ham Qo'qon xonligi tarixi haqida 
ma'lumotlar berganlar, lekin ularning aksariyati bizga noma'lum- 
ligacha qolmoqda.
-
8
-


Sho'rolar davrida Qo'qon xonligi tarixining o'rganilishi.
Sho'rolar davrida tariximiz yoritilgan bo'lsada, yetarlicha ahami- 
yat berilgan, deb baho berish qiyin. Xonlik tarixiga oid muhim 
asar R. Nabiyevn'mg “Из истории Кокандского ханства” 
(“Феодальное хозяйство Худояр-Хана”) asaridir. Asar xonlik 
tarixiga oid manbalar va tarixiy hujjatlar asosida vujudga kelgan. 
Unda Sheralixonning taxtga kelishi, qipchoqlaming hokimiyatga 
kelishi, Xudoyorxon, Mallaxon, Sulton Said davrlaridagi voqealar 
bayon etilgan. Muallif Xudoyorxon davrida xo'jalik yuritilishi, 
davlat boshqaruvidan tortib, soliq va majburiyatlar, xon xazina- 
sigacha bo'lgan ma'lumotlarga chuqur yondashgan. 387 betdan 
(shu jumladan, 37 ta ilovadan) iborat “Из истории Кокандского 
ханства” asari 1973-yili Toshkentda “Fan” nashriyotida chop 
etilgan.
1987-yilda “Alma-Ata” nashryotidan Т. K. Beysenbiyev qala- 
miga mansub, Qo'qon xonligi tarixi haqida keng ma'lumot 
beruvchi “Тарихи Шахрухи” как исторический источник” asari 
chop etildi. Kitob muallif tomonidan “Tarixi Shaxruxi” asarini 
chuqur o'rganishi va tahlil etishi asosida vujudga kelganini sezish 
qiyin emas. Asarda “Tarixi Shaxruxi”ning yaratilishi hamda 
muallif haqida ma'lumotlar bor. Т. K. Beysenbiyev o'z asarida 
shu va boshqa manbalardan foydalanib, xonlik tarixiga oid muhim 
voqealar haqida ma'lumot berilgan. “Tarixi Shaxruxi” asaridagi 
ma'lumotlami tahlil qilib, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy 
voqealar, ayniqsa, aholining etnik tarkibi va xo'jaligi haqidagi 
ma'lumotlami alohida-alohida keltirgan.
Mustaqillik yillarida xonlik tarixining chuqur o'rgani­
lishi. Mustaqillik yillarida xonlik davri tarixini o'rganishga alo­
hida e'tibor berildi. Xonlik tarixini yoritishga o'z hissasini qo'sh- 
gan o'zbek olimlaridan biri H. N. Bobobekov hisoblanadi. Uning 
1990-yili chop etilgan “Народные движения в Кокандском 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling