Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
partiya mafkurasiga bo'ysundirilgan holda, sinfiylik nuqtai nazari-
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
partiya mafkurasiga bo'ysundirilgan holda, sinfiylik nuqtai nazari- dan o'rganilgan. Mustaqillik yillarida Qo'qon xonligi tarixini o'rganish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Ilmiy jumallarda va ilmiy-nazariy konferensiyalarda xonlik tarixiga oid yuzlab ilmiy maqolalar e'lon qilindi. H. Bobobekov, Sh. Vohidov, Y. Qosimov kabi tarixchi- laming asarlari nashr etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi. Ustoz tarixchilaming izidan borgan bir necha yosh tarixchilar esa Qo'qon xonligi tarixi bo'yicha tadqiqod ishlarini olib bordilar. Tez orada bu yosh tadqiqodchilaming izlanishlari o'z natijasini berdi. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun 2004-yilda Z. A. Ilhomov “Aliquli amirlashkar va uning Qo'qon xonligi siyosiy hayotida tutgan o'm i” mavzusida, 2006- yilda B. Ya. Tursunov “Qo'qon xonligida harbiy ish va qo'shin: holati, boshqaruvi, an'analari” mavzusida, Sh. Yu. Mahmudov 2007-yilda “Qo'qon xonligining ma'muriy-boshqaruv tizimi (1709-1876-y.y.)” mavzusida, Z. Sh. Madrahimov 2009-yilda “Qo'qon xonligida savdo munosabatlari” mavzusida, Sh. T. Qo'l- doshev 2009-yilda “Qo'qon xonligi va Sharqiy Turkiston o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy madaniy aloqalar (XVIII-XIX asr- ning birinchi yarmi) mavzusida dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2004-yili o'lka tarixini chuqurroq o'rganish maqsadida Namangan davlat universiteti tarix fakuPtetida “Qo'qon xonligi tarixi” nomli maxsus kurs tashkil etildi va tez orada fakul’tet talabalarining eng sevimli fanlaridan biriga aylandi. Ushbu o'quv- uslubiy qo'llanmaning yozilishiga ham tarix yo'nalishi talaba larining fanga bo'lgan qiziqishlari sabab bo'lgan. O'quv-uslubiy qo'llanmada Qo'qon xonligi tarixi haqida ma'lumot beruvchi manbalar, adabiyotlar, xonlikning vujudga kelishi, shart-sha- roitlari, minglar sulolasi, ularning xonlikni rivojlantirishdagi o'mi haqida ma'lumot berish bilan birga xonlikda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, xonlikning tashqi siyosati, xalq harakatlari va madaniyatiga doir ayrim ma'lumotlar o'z aksini topgan. - Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling