Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
Olimbek o'tirgan (1798-1810) (ba'zi ma'lumotlarda Olimbekning
taxtga chiqqan vaqtini 1800 yil deb ko'rsatilgan). Olimbek hokimiyatni egallagach, taxtga davogar bo'lgan shaxzodalar va ulami qo'llab-quwatlovchi mansabdor shaxslami qatl ettirdi. U hokimiyatni mustahkamlashning yana bir yo'li sifatida qo'shin qudratini oshirishga e'tibor berdi. Olimbek muntazam qo'shin / tuzish va uni qurol-aslaha bilan ta'minlash kabi islohotlar o'tkazdi. Tog'li tojiklardan gvardiya tuzdi. 1808-yilda Toshkent hokimi Yunusxo'ja katta qo'shin bilan Qo'qonga yurish - 1 7 - boshlagan. Olimbek o'zi tuzgan muntazam qo'shin yordamida toshkentliklami mag'lubiyatga uchratgan. Bu g'alaba bilan cheklanib qolmay, Toshkent, Chimkent va Turkiston yerlari bo'ysundirildi. Sharqiy Turkistonga hujumlar uyushtirildi. Aynan, Olimbekning davrida Qo'qon rasman xonlik, deb e'lon qilindi. Shunday muvaffaqiyatlarga qaramasdan, Qo'qonda unga qarshi bir necha guruhlar shakllandi. Shu muxolifatchilaming harakati bilan xonga suiqasd uyushtirilib, o'ldirilgan. Olimbekning o'limidan so'ng 1810-yili taxtga ukasi Umarxon (1810-1822) kelgan. U umrining ko'p qismini qo'ldan ketgan hududlami qayta birlashtirish bilan o'tkazdi. Chimkent va Turkiston bo'ysundirildi. Toshkent bekligini tugatib, O'ratepa, Samarqand va Jizzaxga qo'shin tortib bordi. Umarxon taxtga o'tirganidan keyin akasi Olimxon davrida chet elga qochib ketishga majbur bo'lgan ayrim shaxslar Qo'qonga qaytdilar. Umarxon O'ratepa, Xo'jand, Toshkent kabi hududlarda davlat yaxlitligini saqlab qolish maqsadida mahalliy feodallarga qarshi urush olib bordi. Mamlakat ichkarisida esa obodonchilik ishlarini olib bordi. Masalan, poytaxtga qaytgan Umarxon mamlakat poy- taxtini obod qilish maqsadida qurilishlar boshlagan. 1818-yilda Umarxon farmoni bilan poytaxt shaharda katta Jome' masjidi bunyod qilingan. Bu qurilish din homiysi sifatida uning mavqeini yanada oshirgan. Din peshvolariga homiylik qilganligi sababidan ham Umarxon “Amir-ul-Muslimin” unvonini olgan. Umarxonning vafotidan so'ng taxtga uning o'g'li Muham mad Alixon (Madalixon) (1822-1842) taxtga o'tirgan. Muhammad Alixon taxtga chiqqanida o'n besh yoshda edi. Yosh xonga davlat ishlarini boshqarishda qaynotasi Yusuf mingboshi yordam bergan. Madalixon otasi va bobolari kabi mamlakat sarhadlarini kengaytirish maqsadida 1834-yili Qorategin, KoTob, Darvoz yerlarga yurishlar qilgan. 1826-1831-yillarda Sharqiy Turkistonda Xitoy imperatori hokimiyatiga qarshi kurashdi. Qash- g'arda musulmonlami xitoyliklar zulmidan ozod etish uchun olib borgan bu urushlar tufayli Madalixonga din peshvolari tomonidan “g'ozi” unvoni berilgan. Hukmronligining so'nggi yillariga kelib Madalixon hokimiyat ishlaridan ancha uzoqlashib, aysh-ishratga berilib ketgan edi. Davlatni boshqarishda katta tajribaga ega, xon- - 1 8 - ning yaqin maslahatchisi, mingboshi Haqqulining qatl qilinishi, uning hokimiyatiga qarshi bo'lgan saroy ayonlariga juda qo'l kelgan. Sarkardalar o'rtasidagi kelishmovchilik, markaziy hokimi- yatga bo'lgan ishonchsizlik oqibatida 1842-yilda Buxoro amiri Nasrullo Qo'qonni bosib olishga muvaffaq bo'lgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling