Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
“Tarixi Farg'ona” asari ham Qo'qon xonligi tarixini o'rga
nishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan manbalardan biridir. Asar 1916-yilda tarixchi olim Is'hoqxon Junaydullo o'g'li Ibrat tomonidan nashr etilgan. Asarda minglaming hokimiyat tepasiga kelishidan tortib, to xonlikning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishigacha bo'lgan ulkan davr tasvirlab berilgan. Har bir Qo'qon xonlari davrlari, harbiy yurishlar, ijtimoiy-siyosiy vaziyat, qo'zg'olonlar, rus bosqini, uning oqibatlari va xonlikning eng katta shaharlari haqidagi ma'lumotlar berilgan. “Tarixi Farg'ona” biz uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy asardir. Asar 1991-yili Toshkentda “Meros” turkumida ham nashr etilgan. Xonlik tarixiga oid yana bir manba Mulla Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston” asaridir. Asar 1992-yili “Qarshi” nashriyotida lug'at va izohlar bilan nashr qilingan. 2008-yilda ushbu asar Toshkentda “Yangi asr avlodi” nashriyotida qayta nashr etildi. Asar sodda, tushunarli tilda yozilgan. Unda xonlik tarixiga oid ma'lumotlar bilan birga minglaming kelib chiqishi haqidagi xabarlar ham berilgan. Masalan: Oltin beshik afsonasi hikoya qilinar ekan, Oltin beshikdan Sulton Elik, undan Xudoyor, Xudoyordan Muhammad Amin, undan Abulqosim, Abulqosimdan Shohmastbiy undan esa Shohruhbiy tug'ilganligi, minglar sulolasining Boburiylarga avlod ekanligi ko'rsatilgan. Minglaming hokimiyatni qo'lga olishidan to ruslaming xonlikni bosib olgunga qadar bo'lgan davr “Tarixi Turkiston” asarining 1- jildida berilgan. Keyingi jildlar Buxoro tarixiga oiddir. Asosiy manba bo'lmish asarlardan yana biri Mirzaolim Mushrifning “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin ” (“Sultonlar nasabi va xoqonlar tarixi” yoki “Qo'qon xonligi tarixi”) asari hisoblanadi. Asar muallifi haqida ma'lumotlar ko'p emas: tosh- kentlik, tug'ilgan va o'lgan-yillari ma'lum emas. Mallaxon va Xudoyorxon zamonlari (taxminan XIX asrning 20-80-yillari)da yashagan. Ma'lumotlarda uning hayoti, ayniqsa, keksalik-yillari mashaqqatli kechgan, deb yozilgan. Olimlaming taxminicha, asar - 7 - muallifning umri oxirlarida yozib tamomlangan. Asar Oltin beshik voqeasi va Shohruhbiyning hokimiyatga kelishi bilan boshlanib, 1875-yil voqealarini ham qamrab olgan. Asarda tarixiy ma'lu- motlardan tashqari, Mirzaolim Mushrifning she'rlari ham beril- gan. Asaming 3 ta asl nusxasi O'zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Qo'qon xonligi tarixiga oid rus manbalari. Xonlik tarixini o'rganishda tarixiy hujjatlar, boshqacha qilib ifodalaganda, rus sayyohlari, elchilari va tarixchilarining asarlari ham asosiy o'rin tutadi. Bunday hujjatlaming aksariyati hozirda davlat arxivlarida saqlanadi. Xonlik tarixiga oid hujjatlaming aksariyati rus sayyoh va elchilaming mehnatlari asosida vujudga kelgan. Masalan, Fi lipp Nazarovning “Записки о некоторых народах и землях средней части Азии Филиппа Назарова” (1821-yil), I. Potaning “Записки о Кокандском ханстве хоронжего Потанина” (1830- yil), Maksimovning “Показание Сибирского казака Максимова о Кокандском владении” (1860-yil), V. V. Vel'ya-minov- Zemovning “Исторические известия о Кокандском ханстве от Мух,аммед-Али до Худаярхана” (1856-yil), “Сведения о Кокандском ханстве” (1856-yil), I. D. Gorcha-kovning “Обоз рение Кокандского ханстве в нынешним его состоянии” (1846-yil), A. G. Serebrinnikovning “К истории Кокандского ханства” (1876-yil), N. Pantusovning “О по датах и повин ностях существовавщих в бывшем Кокандском ханстве в пос леднее время правление Худояр-Хана” (1876-yili), V. Naliv kinning “Краткая история Кокандского ханства” (1886-yil) va boshqalar shunday asarlar qatoriga kiradi. Bu asarlaming muhim- ligi shundaki, ular chuqur o'rganilgan va ilmiy asoslangan. Mualliflaming barchasi xonlik hududida bo'lib, mahalliy aholi hayoti bilan yaxshi tanish bo'lgan. Rus elchi va sayyohlarining ma'lumotlari o'sha davrda “Вестник русского общества”, “Известия русского географического общества”, “Военный сборник”, “Туркестанские ведомости”, “Туркестанский сбор ник” va boshqa vaqtli matbuot nashrlarida muntazam berib borilgan. Bundan tashqari, alohida kitob sifatida chop etilgan. Yana boshqa chet elik sayyoxlar ham Qo'qon xonligi tarixi haqida ma'lumotlar berganlar, lekin ularning aksariyati bizga noma'lum- ligacha qolmoqda. - 8 - Sho'rolar davrida Qo'qon xonligi tarixining o'rganilishi. Sho'rolar davrida tariximiz yoritilgan bo'lsada, yetarlicha ahami- yat berilgan, deb baho berish qiyin. Xonlik tarixiga oid muhim asar R. Nabiyevn'mg “Из истории Кокандского ханства” (“Феодальное хозяйство Худояр-Хана”) asaridir. Asar xonlik tarixiga oid manbalar va tarixiy hujjatlar asosida vujudga kelgan. Unda Sheralixonning taxtga kelishi, qipchoqlaming hokimiyatga kelishi, Xudoyorxon, Mallaxon, Sulton Said davrlaridagi voqealar bayon etilgan. Muallif Xudoyorxon davrida xo'jalik yuritilishi, davlat boshqaruvidan tortib, soliq va majburiyatlar, xon xazina- sigacha bo'lgan ma'lumotlarga chuqur yondashgan. 387 betdan (shu jumladan, 37 ta ilovadan) iborat “Из истории Кокандского ханства” asari 1973-yili Toshkentda “Fan” nashriyotida chop etilgan. 1987-yilda “Alma-Ata” nashryotidan Т. K. Beysenbiyev qala- miga mansub, Qo'qon xonligi tarixi haqida keng ma'lumot beruvchi “Тарихи Шахрухи” как исторический источник” asari chop etildi. Kitob muallif tomonidan “Tarixi Shaxruxi” asarini chuqur o'rganishi va tahlil etishi asosida vujudga kelganini sezish qiyin emas. Asarda “Tarixi Shaxruxi”ning yaratilishi hamda muallif haqida ma'lumotlar bor. Т. K. Beysenbiyev o'z asarida shu va boshqa manbalardan foydalanib, xonlik tarixiga oid muhim voqealar haqida ma'lumot berilgan. “Tarixi Shaxruxi” asaridagi ma'lumotlami tahlil qilib, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy voqealar, ayniqsa, aholining etnik tarkibi va xo'jaligi haqidagi ma'lumotlami alohida-alohida keltirgan. Mustaqillik yillarida xonlik tarixining chuqur o'rgani lishi. Mustaqillik yillarida xonlik davri tarixini o'rganishga alo hida e'tibor berildi. Xonlik tarixini yoritishga o'z hissasini qo'sh- gan o'zbek olimlaridan biri H. N. Bobobekov hisoblanadi. Uning 1990-yili chop etilgan “Народные движения в Кокандском Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling