Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
ханстве и их соцалъно-экономические и политические пред
посылки” va 1996-yilda chop etilgan “Qo'qon tarixi” asarlari xonlik tarixini o'rganashda muhim o'rin tutadi. Dastlabki asarida olim xonlikda bo'lib o'tgan o'nlab qo'zg'olonlar haqida ma'lu motlar keltirgan va ulami tahlil etgan. Keyingi asar - “Qo'qon tarixi” esa Qo'qon haqidagi eng dastlabki ma'lumotlar, Qo'qon atamasi, minglar sulolasi, Qo'qon shahri ijtimoiy-iqtisodiy, - 9 - madaniy hayoti haqida ma'lumot beradi. 2006-yilda asaming ruscha varianti (“История Коканда”) e'lon qilindi. Bundan tash qari, ilmiy anjumanlar hamda vaqtli matbuotda olimning xonlik tarixi va uni o'rganishning dolzarb muammolari haqidagi maqola- larini ko'plab uchratish mumkin. Qo'qon xonligi tarixiga oid muhim asarlardan biri 1994-yili Namanganda nashr etilgan. Bu asar tarix fanlari nomzodi, dotsent Y. Qosimov qalamiga mansub bo'lib, “Qo'qon xonligi tarixi ocherklari” deb nomlanadi. Asar ikki bobdan iborat: birinchi bob- da xonlikning aholisi, hududi, davlat tuzilishi, yer-suv munosa batlari, hunarmandchilik, savdo, shaharlar, qo'shin tuzilishi, Qo'qon-Buxoro, Qo'qon-Rossiya munosabatlari, madaniy hayot haqida ma'lumotlar mavjud. Ikkinchi bobda esa xalq harakatlari, xususan, Po'latxon qo'zg'oloni, Qo'qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, Turkiston general-gubema- torligming tashkil etilishi bayon qilinadi. Mustaqillik yillarida Qo'qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar katta mehnatlar evaziga ortib bordi. 2004-yilda tarix fanlari nomzodi unvonini olish uchun Z. A. Ilhomov “Aliquli amirlashkar va uning Qo'qon xonligi siyosiy hayotida tutgan o'm i” mavzusidagi dissertatsiyasini nihoyasiga yetkazdi. Muallif ushbu ilmiy ishi orqali XIX asr 50-60-yillarida Qo'qon xonligi- dagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Aliquli Amirlashkaming davlat arbobi va lashkarboshi sifatida shakllanishi, Qo'qon xonligi siyo siy hayotidagi faoliyati hamda rus bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi to'g'risida keng ma'lumotlar bergan. Izlanuvchilardan biri B. Ya. Tursunov 2006-yilda tarix fanlari nomzodi unvonini olish uchun “Qo'qon xonligida harbiy ish va qo'shin: holati, boshqaruvi, an'analari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Dissertatsiyada XVIII asr - XIX asr birinchi yarmida Qo'qon .xonligida yuz bergan siyosiy jarayonlar, Qo'qon xonligining mudofaa tizimi, xonlikdagi harbiy boshqaruv tizimi, harbiy mansablar va ularning vazifalari, harbiy kuchlar, qo'shinning tarkibiy tuzilishi, qo'shin ta'minoti va uning turli usullari, qo'shindagi qurol-aslahalar, qo'shinning moddiy vositalari hamda bu boradagi o'zgarishlar bayon etilgan. - 1 0 - Sh. Yu. Mahmudovning tarix fanlari nomzodi ilmiy dara- jasini olish uchun 2007-yilda taqdim etilgan “Qo'qon xonligining ma'muriy-boshqaruv tizimi (1709-1876-y.y.)” mavzusidagi dissertatsiyasi xonlik tarixini o'rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Muallif o'z tadqiqotida markazlashgan dav- latning tashkil topishi va undagi hukmdorlarning roli, xonlikning ma'muriy-hududiy bo'linishining evolyutsiyasi, Qo'qon xonligida Oliy kengash, uning markaziy boshqaruv tizimida tutgan o'mi, markaziy boshqaruv tizimining mansab va unvonlari, mazkur ti- zimda yuzaga kelgan o'zgarishlar, mamlakat boshqaruv tizi mining mahalliy bo'g'inlari, ulaming o'ziga xos jihatlari, soliqlar va soliq tizimida ish yuritish - mahalliy boshqaruv apparatining muhim funksiyasi, aholini ijtimoiy himoyalash hamda bu borada mavjud davlatchilik an'analari kabi masalalami bayon etgan. 2007-yili yana bir tarixchi N. Topildiyevning “Qo'qon xonli gining Rossiya bilan diplomatik aloqalari tarixidan (XIX asr - 1876-yilgacha)” asari “Fan” nashriyotida chop etildi. Nomidan ko'rinib turibdiki, asarda Rossiya-Qo'qon aloqalari haqida bayon etilgan. Savdo munosabatlari haqida Z. Sh. Madrahimovning tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Qo'qon xonligida savdo munosabatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi (2009-y.) Qo'qon xonligi tarixini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda xonlikdagi savdo-iqtisodiyot markazlari va ulaming iqtisodiy hayot rivojida tutgan o'mi, ichki savdo, xon likning tashqi iqtisodiy aloqalarida savdoning tutgan o'mi, uning muhim yo'nalishlari, Qo'qon xonligining Buxoro va Xiva xon liklari bilan savdo aloqalarining asosiy jihatlari, savdoning etno- integratsion jarayonlar rivojiga ko'rsatgan ta'siri, bozorlar, kar- vonsaroylar, ulaming o'ziga xos hususiyatlari, bojxona ishi, savdo soliqlarining asosiy jihatlari, bozor infrastrukturasi hamda vaqf instituti aloqalarining harakterli xususiyatlarini yoritgan. 2014- yilda muallifiiing dissertatsiyasi asosida “Qo'qon xonligida savdo munosabatlari tarixi” asari chop etildi. 2009-yilda Sh. T. Qo'ldoshev “Qo'qon xonligi va Sharqiy Turkiston o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar (XVIII- XIX asming birinchi yarmi)” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi. Dissertatsiyada Qo'qon xonligi bilan Sharqiy - 11 - Turkiston o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlaming shakl- lanish jarayoni va taraqqiyoti, Qo'qon hukmdorlarining Xitoy bilan diplomatik munosabatlarida Sharqiy Turkistonning o'mi, Sharqiy Turkistonda Qo'qon oqsoqollik tizimining o'matilishi, uning asosiy xususiyatlari, Qo'qon xonligini Sharqiy Turkiston bilan bog'lovchi karvon yo'Harming o'zaro aloqalarda tutgan o'mi, o'zaro iqtisodiy munosabatlaming asosiy yo'nalishlari va ular taraqqiyotida xonlik fuqarolarining roli, Qo'qon xonligi iqti sodiy hayotida sharqiy turkistonliklar ishtiroki, Qo'qon xonligi va Sharqiy Turkiston xalqlari o'zaro aloqalarining an'anaviy mada- niyatiga ta'siri va san'at sohasidagi aloqalar, ilmiy va adabiy aloqalaming muhim jihatlari o'z aksini topgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida Qo'qon tarixnavislik maktabi vakillari tomonidan yaratilgan xonlik tarixiga oid bir nechta asarlar o'zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi. Tayanch iboralar: Mahalliy manbalar, “Muntaxab at tavorix”, “Tarixi Farg'ona”, “Tarixi Turkiston”, “Tarixi jadidayi Toshkand”, “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin”, “Tarixi Shohruxiy”, rus manbalari, sho'rolar davrida xonlik tarixining o'rganilishi, R. Nabiyev, H. Bobobekov, “Qo'qon tarixi”, “Qo'qon xonligi tarixi ocherklari”, mustaqillik-yillarida ilmiy izlanishlar. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling