Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
Qo'qon xonligida qo'shin. Xonlik qo'shinining asosiy qis-
mini otliq askarlar tashkil etgan. Bundan tashqari, piyoda askarlar bo'linmasi mavjud bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan Qo'qon xonligida miltiq, ayniqsa, to’plar asosiy o'rin tuta boshlagan. Qo'qon xonligida to'plar XIX asrning 30-yillarida ham mavjud bo'lgan bo'lsa-da, to'pchilar bo'linmasi ilk marotaba Xudoyorxonning birinchi hukmronligi yillarida rasmiy jihatdan tashkil topgan (1845). To'p va to'pchilar, odatda, chegara punktlaridagi qal'alarda saqlangan. Qo'shindagi muhim bo'linmalardan biri merganlar bo'lib, unga jangchilar tanlov asosida yig'ib olingan. Qo'qon xonligida harbiy safarbarlikka barcha yaroqli erkaklar jalb qilingan. Qaysi hududdan qancha askar safarbar qilinishi hukumat tomonidan belgilab qo'yilgan edi. Ushbu qoida muntazam qo'shinga ham daxldor bo'lgan. Shuni ta'kidlash - 2 5 - lozimki, askarlikka, ya'ni, muntazam qo'shin tarkibiga, XIX asr rus sayyohlari va zobitlari qayd etganidek, fuqarolar orasidan saralab olingan. Qo'qon xonligida muntazam qo'shin tarkibiga xizmatga olish ayrim vaziyatlarda merosiy bo'lib, harbiy xizmat qilish otadan o'g'ilga o'tganligini ko'rish mumkin. Agar sarboz jang vaqtida halok bo'lsa, qurol-yarog'i va o'm i uning o'g'liga, agar o'g'li bo'lmasa, yaqin qarindoshlariga berilgan. Xonlikdagi harbiy mansab va unvonlar uch toifaga bo'lin- gan: 1. Oliy darajadagi mansablarga: mingboshi, amirilashkar, qushbegi, botirboshi, vali (noib), qal'abon, qo'rboshi, yovar, to'pchiboshi, to'qsoba, ponsodboshi kirgan. 2. O'rta darajali harbiy mansab va unvonlarga yuzboshi, ellikboshi, dahboshi, qorovulbegi kiritilgan. 3. Quyi darajadagi harbiy mansab va unvonlarga askar, sarboz, navkar, mergan, mahram, botur, jazoilchi, to'pchi, qo'rchi, qorovullar kiritilgan. Harbiy mansab va unvonga tayinlanishda aksariyat hollarda tabaqa va millat muhim rol o'ynamagan. Eng yuqori harbiy mansab mingboshi - ming nafar askaming boshlig'i bo'lgan (ma'muriy jihatdan ming nafar askar bera oladigan mulk hokimi). Qo'qon xonligida mingboshi lavozimi Olimxon davrida joriy qilingan bo'lib, xondan keyingi asosiy shaxs bo'lgan. U oliy bosh qo'mondon vazifasini ham bajarib, harbiy yurishlarda unga amirilashkar unvoni berilgan. Keyingi mansab qushbegi - vilo- yatlar harbiy kuchlariga bosh bo'lib shu hudud muhofazasi ham unga topshirilgan. Qo'qon xonligida ulaming soni 4 ta bo'lgan. Botirboshi besh yuz nafardan ko'p dasta yoki to'pga bosh- chilik qilgan, viloyatdagi harbiy qo'shin ishlariga mas'ul bo'lgan. Xonlikda noib mansabi ham bo'lib, poytaxtda artilleriyaga javob bergan. U harakatdagi qo'shinning to'plari, ulaming saqlanishi va manzilga yetkazilishiga ma'sul bo'lgan. Qutvol mansabidagi shaxs qal'abon bo'lib (komendant), qal'aga javobgar bo'lgan. Xon tomonidan tayinlangan qal'abonlaming qo'lida harbiy muhandis- sarxang kabi bir necha lavozimlar bo'lgan. Qo'rboshi xonlik qo'shinidagi qurol-aslaha ishlab chiqarish, saqlash va kerakli - 2 6 - joyga yetkazish ishlariga ma'sul bo'lgan. Qurol-aslaha ombori boshligi jibachi deb atalgan. Qo'qon xonligida eng muhim harbiy mansablardan biri yovar bo'lib, u xon va uning oilasi xavfsizligini ta'minlovchi soqchilar, xon gvardiyasi boshlig'i hisoblangan. Xos soqchilar chet ellik elchilar xavfsizligini ham ta'minlaganlar. Shuning uchun yovar mansabiga eng ishonchli odamlar tayinlangan. Yovar qo'l ostiga to'plangan xos soqchilar tanlab olingan. Ularning aksariyati bolalikdan tarbiya qilingan. Soqchilar Xudoyorxon davrida 400 tadan iborat bo'lganligi haqida ma'lumotlar bor. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling