Namangan davlat universiteti informatika kafedrasi
Download 224.76 Kb.
|
11 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning qo`yilishi
- Hulosalar zanjirini ko’rib chiqamiz.
Nazorat savollari:
Murakkablikni qanday tushunasiz? Murakkablikga qanday yechim topiladi? Algoritmning roli va ahamiyati? 3-Laboratoriya ishi Mavzu: Sun’iy neyron to’rlarini o’rgatish. Ishdan maqsad: Bilimni tasavvur qilishda qoidalarning ishlatilishini o’rganish. Mahsuliy tizim tarkibini bilib olish va ularni monipulyatsiya qilish va foydalanishni o’rganish. Masalaning qo`yilishi: Berilgan predmet sohani to’g’ri zanjir usulida qoidalar tizimi ishlab chiqish va uni initsializatsiya qismini tekshirish. Uslubiy ko’rsatmalar. Mahsuliy qoida yordamida bilimlarni tasavvur qilish, bilimlar bazasini amalga oshirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri. Uning yordamida deyarli barcha bilimlar tizimini tavsiflash mumkin. Implikatsiya ko’rinishidagi produksiya qoidasining kelishi: pi: si —>di , Bu yerda : pi – mahsulot qoidasi si – qoidaning qo’llanilish shartlari di – qoidaning qo’llanilish natijasi 3.1 - rasm. Mahsuliy qoidaning qo’llanilishiga misol Agar (A) chiqarilayotgan mahsulot narhi belgilangan bo’lsa, zavod (D) mahsulot chiqaradi. Agar zavod mahsulot chiqarib, uni amalga oshirish bo’yicha (C) rejani bajarsa, (F) rag’batlantirish olishadi. Agar ishchilar rag’batlantirish olishsa zavodning (B) ishlab chiqarishi oshsa, zavod (Z) rejadan avval mahsulot bajaradi. Hulosalar zanjirini ko’rib chiqamiz. 1. Fikrlashning to’g’ri usuli. Aniq faktlar bo’yicha hulosa qidiriladi va ishchi hotira to’ldiriladi. Bu ikkinchi qoidaning bajarilishiga olib keladi. С&D—» F, ва «Ғ» fakt bilimlar bazasiga joylashtiriladi. Bunda bazadagi qoidalar qaytadan tekshiriladi. Birinchi bo’lib, Ғ&В —>Z qoidasi bajariladi, keyin esa Z bilimlar bazasiga yuklatiladi. Bu usul fikrlashning to’g’ridan-to’g’ri usuli hisoblanadi, yangi ma’lumot qidiruvi qoidani o’ng va chap qismlarga bo’luvchi strelka yo’nalishi bo’yicha amalga oshiriladi. 3.2- rasm. Fikrlashning to’g’ri zanjir usulini qo’llashga misol To’g’ri usul bilan fikrlashni amalga oshirish tizimining umumlashgan algoritmi quyidagilarga olib keladi: Boshlang’ich holatni aniqlash. Shartli o’zgaruvchining qiymatini mantiqiy fikrlash navbatiga qo’yib, uning qiymatini o’zgaruvchining ro’yhatiga qo’yish: O’zgaruvchilar ro’yhatini ko’rib chiqib, mantiqiy fikrlash navbatinig boshida turgan o’zgaruvchining nomi aniqlanadi, agar o’zgaruvchi topilsa, uning ko’rsatkichiga qoida raqami va 1 soni yoziladi; Initsializatsiya qilinmagan o’zgaruvchiga (agar u mavjud bo’lsa) qoida nomeri yoziladi. O’zgaruvchilar nomlari o’zgarish shartlari ro’yhatida saqlanadi. Barcha qoidalar shartlari tekshiriladi va ular rost bo’lgan taqdirda qoidalarning TO bo’limiga murojaat qilinadi Bu bo’limga kirgan o’zgaruvchilarga qiymat berib, ularni mantiqiy fikrlash ro’yhatining ohiriga qo’yiladi; Mantiqiy fikrlash ro’yhatining boshida turgan o’zgaruvchini boshqa qoidalarning biror yerida uchramasa olib tashlash mumkin. Shunday qilib, mantiqiy fikrlash navbati bo’shatilganidan so’ng fikrlash jarayoni tugatiladi. Agar ro’yxat mavjud bo’lsa , 3 qadamga o’tiladi. Download 224.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling