Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet68/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

8.3-jadval


Savdo shoxobchasida sotilgan tovarning hajmi




Sotilgan qiymatlar (haqiqiy baholarda), mln. so’m

O’tgan yilga nisbatan bahoni o’zgarishi, %

O’tgan davr

Joriy davr

Sabzavot

50

63

- 10

Go’sht

22

24

+ 2

Meva

36

40

o’zgarishsiz

8.3-jadval ma’lumotlari asosida baho indekslarini hisoblaymiz. Bahoning individual indekslari qo’yidagicha aniqlanadi.


100  бахо узгариши



i p

100



  1. Sabzavot bo’yicha ip=0,9 ( 100 10

100
90 )
100

100  2 102

2. Go’sht bo’yicha ip=1,02 (
100 100 )



3. Meva bo’yicha ip=1,00 ( 100 0 100 )

Bahoning umumiy indeksi teng:
100
100




Jp
p1 q1
63  24  40
63  24  40
127
 0,951yoki 95,1%

p1q1 i p
63
0,9
24


1,02
40
1,00
70  23,53  40
133,53

Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baholar o’rtacha 4,9%ga pasaygan.
O’rtacha garmonik indeksni boshqa sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ham aniqlash mumkin. Masalan, mahsulot tannarxi bo’yicha u quyidagi ko’rinishni oladi:

У z
z1q1
z1q1
iz

Shu paytgacha ko’rib chiqqan hodisalarda bevosita qo’shib bo’lmaydigan (natural shaklda) bo’laklardan tashkil topgan to’plamda indekslashtirilayotgan belgining o’rtacha o’zgarishini o’rgandik. Biroq, sifat ko’rsatkichlarining dinamikasini o’rganishda turdosh birliklardan tashkil topgan to’plamning o’rtacha o’zgarishini o’rganishga to’g’ri keladi. Masalan, respublikada beshta konserva zavodi bor va hammasi bir xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ularda ishlab chiqargan mahsulotlarining tannarxi turlicha. Bizga o’rtacha tannarxning o’zgarishini o’rganish zarur. g’ki go’sht mahsulotini olaylik. Go’sht Toshkent shahrining barcha bozorlarida sotiladi. Oloy bozoridagi baho bilan Yunusobod bozoridagi baho bir xil emas. Biz joriy davrda o’tgan davrga nisbatan go’sht bahosini Toshkent shahridagi dinamikasini o’rganmoqchimiz. Bu erda ham o’rtacha bahoni o’zgarishi o’rganiladi. Shu maqsadda joriy va o’tgan davrlar uchun o’rtacha bahoni hisoblaymiz. Ma’lumki, o’rtacha baho tovar qiymatini uning miqdori (soni)ga bo’lish bilan aniqlanadi, ya’ni




р pq
q

Bu ko’rsatkichni joriy va o’tgan davrlar uchun hisoblaymiz:




0
p p0 q0 ;
q0
p p1q1

1
q1



Joriy davrdagi o’rtacha bahoni o’tgan davrga bo’lsak ( p1 : p0 ), o’rtacha bahoni dinamikasi kelib chiqadi, buni statistikada o’zgaruvchan tarkibli indeks deb yuritiladi:

1 0
J p1q1 : p0 q0 p : p

p q1 q0

Bu indeksning o’zgaruvchan tarkibli deb nom olishiga sabab shuki, unda o’z ifodasini topgan o’rtachalar nafaqat indekslashtirilayotgan belgini to’plamning alohida ob’ektlaridagi o’zgarishi hisobidan emas, balki shu ob’ektlarning umumiy to’plamdagi hissasining o’zgarishi hisobidan o’zgarishi mumkin. Boshqacha aytganda, har qanday belgi o’rtachasining o’zgarishiga, birinchidan, o’rtalashtirilayotgan belgi miqdorining o’zgarishi ta’sir etsa, ikkinchidan vaznlar o’zgarishi ta’sir qiladi. Masalan, beshta konserva zavodida bir xil mahsulot (tomat pastasi) ishlab chiqariladi. Tomat pastasining o’rtacha tannarxi har bir korxona tannarxiga bog’liq bo’lib qolmasdan, korxonalar ishlab chiqargan mahsulotining



hajmiga ham bog’liqdir. Shuning uchun ham tannarxning o’zgaruvchan tarkibli indeksi mahsulot o’rtacha tannarxining har bir korxonadagi tannarxning o’zgarishi va umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotda har bir korxona hissasining o’zgarishi hisobidan o’zgarganligini o’zida ifoda etadi. Aytganlarimiz, boshqa sifat ko’rsatkichlari indekslariga ham to’la taalluqlidir.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling