Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Tanlama to’plamning zaruriy miqdorini aniqlash
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reprezentativ xato
Tanlama to’plamning zaruriy miqdorini aniqlashTanlama kuzatishni loyihalashtirishda oldindan berilgan tanlamadagi yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatosida tanlama to’plamning soni (hajmi)ni to’g’ri aniqlash juda muhimdir, chunki bu kuzatishning natijalarini ma’lum ehtimollik bilan aniq bo’lishini ta’minlaydi. Tanlamaning zaruriy miqdori n ni aniqlash formulalarini bevosita tanlamaning xatosi formulasidan osonlik bilan topsa bo’ladi. Shunday qilib, takrorlanuvchi tanlama uchun tanlamaning me’yoriy xatosi formulasidan qiyinchiliksiz (oldindan tenglikning ikki tomonini kvadratga oshirib) tanlamaning zarurmiy sonini ifodalash mumkin: o’rtacha miqdoriy belgi uchun: salmoq uchun (muqobil belgining): n= t 2 s2 2X t 2w(1 w) n 2 . w Xuddi shu tarzda takrorlanmaydigan tanlama uchun tanlamaning me’yoriy xatosi formulasidan quyidagilarni topamiz: t 2S 2 N n x 2N t 2S 2 t 2w(1 w)N (o’rtacha uchun); n w 2N t 2w(1 w) (salmoq uchun). Bu formulalar tanlamaning yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolarining ko’payishi bilan tanlamaning zaruriy hajmi ancha kamayishini ko’rsatadi. Tanlamaning hajmini hisoblash uchun dispersiyani bilish kerak. U avval ushbu yoki shunga o’xshash to’plamda o’tkazilgan tadqiqotlardan olinishi mumkin. Agar bunday ma’lumotlar bo’lmasa, unda kichik hajmda dispersiyani aniqlash uchun maxsus tanlama tadqiqot o’tkazish kerak. Tanlama usul iqtisodiy axborotlar olish uchun statistika amaliyotida keng ishlatiladi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida tanlama usul juda dolzarb bo’lib qoladi. Iqtisodiy munosabatlarning o’zgarishi, ijara, alohida jamoa va shaxslarning mulkdorligi hisob va statistikaning funktsiyasining o’zgarishiga, shuningdek hisobotlarning qisqarishiga va soddalashuviga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, menejmentga bo’lgan talabning o’sib borishi ishonchli axborot bilan ta’minlashga bo’lgan ehtiyojni kuchaytiradi. Bularning hammasi iqtisodiyotda tanlama usulni keng qo’llashga olib keladi. Bizning mamlakatimiz statistikasida tanlama tadqiqotlar bo’yicha ma’lum tajriba to’plangan. Oxirgi yillarda statistika amaliyotida maxsus tanlama kuzatishlar keng qo’llanilmoqda. Binobarin, xalqning turmush darajasi to’g’risidagi axborotlarning muhim manbai bo’lib, muntazam ravishda o’tkazilayotgan oilalar byudjetining tanlama tadqiqoti hisoblanadi. Tanlama usul aholini ro’yxatdan o’tkazishda, jamoa fikrini o’rganishda, nazorat so’rovlarida, shuningdek yoppasiga tadqiqot o’tkazilgandan keyingi tekshiruvlarda keng qo’llaniladi. Tanlama kuzatish Bosh to’plam Tanlama to’plam Reprezentativ xatoTasodifiy xato Muntazam xato Tasodifiy tanlash Mexanik tanlash Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling