Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet95/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

7.12-jadval


Tuman aholi sonining dinamikasi


Yillar Ko’rsatkichlar



1999



2000



2001



2002



2003



2004

Aholi soni, ming kishi (yil
boshiga)

152,0

153,0

154,5

155,8

157,5

159,1

O’zgarish sur’ati (zanjirsimon)

-

1.0066

1.0098

1.0084

1.0109

1.0102

7.12-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qator hadlari ozmi-ko’pmi turg’un. Demak, o’rtacha o’zgarish sura’tini aniqlasa bo’ladi.


159,1

R 61

152,0
 1,0092

Kelgusida shu o’zgarish sur’ati saqlanib qoladi deb ishonch bildirib, tuman aholisi sonini bashoratlash mumkin.
2005 yil uchun aholi soni 159,1•1,0092=160,56 ming kishiga teng bo’ladi.
2006 yil uchun aholi soni 160,56•1,0092=162,04 ming kishiga teng bo’ladi va h.k.

    1. Dinamika qatorlarining hadlari bir-biriga bog’liq. Masalan, tovar oboroti bilan muomala harajatlarini olaylik. Birinchi ko’rsatkichning o’zgarishi so’zsiz ikkinchi ko’rsatkichning o’zgarishiga olib keladi. Boshqacha bir misol. Biz tuman yoki viloyat bo’yicha bolalar sonini (o’lish jadvali asosida) n yildan keyin qanchaligini aniqladik. Endi shu ko’rsatkich asosida n yildan keyin bolalar tovarlari yoki maktablar soni qancha bo’lishi bolalar soniga qarab aniqlanishi mumkin. Bu maxsus hisob-kitoblarni o’quv qo’llanma miqyosida bajarib bo’lmaydi.

    2. Dinamika qatorlari hadlarini tekislangan hadlar asosida ham ekstrapolyatsiya (bashoratlash) qilish mumkin. Odatda, to’g’ri chiziqli tenglama formulasi qo’llaniladi.

У t а0 а1t
Agarda biz 1999-2004 yillarga berilgan dinamika qatorining hadlarini analitik tekislagan bo’lsak, endi shu qatorni davom ettirish mumkin, ya’ni t oshib boraveradi.

    1. Dinamika qatorlari hadlarini bashoratlashda qator hadlarini avtoregression funktsiyalariga asoslanish mumkin. Bu metodda o’rganilayotgan qator avtokorrelyatsiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.

Avtokorrelyatsiya qancha yuqori bo’lsa, qatorning kelgusi hadlarining bashoratlashga shuncha asos yuqoriligiga hech qanday shak-shubha yo’q.
Biroq avtokorrelyatsiya darajalar orasidagi har xil uzilishlar uchun hisoblanishi kerak. Qator hadlari o’rtasidagi avtokorrelyatsiya mavjudligini aniqlab, so’ng uni ifodalovchi tenglamani hisoblash mumkin va olingan natijalar asosida qator hadlari bashorat qilinadi.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling