Bozor iqtisodiyoti va yalpi ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish - bu har qanday jamiyat faoliyatining o’ta muhim jihatidir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslr (ishchi kuchi, ishlab chiqarish vositalari, kapital) ishlatiladi. Natijada moddiy mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi. Bu ne’matlar yig’indisi yalpi ishlab chiqarishni tashkil qiladi:
YaICh= MM+X
bu erda, YaICh - yalpi ishlab chiqarish; MM - moddiy mahsulotlar (tovarlar); X - xizmatlar.
Moddiy mahsulotlar (masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va boshq.) moddiy ishlab chiqarish jarayonida yaratiladi.
Xizmat ko’rsatish jarayonida esa: tovarning iste’mol xususiyati yaxshilanadi; ta’mirlash ishlari bajariladi; transport xizmati ko’rsatiladi; salomatlik yaxshilanadi; tashqi ko’rinishga zeb beriladi; malaka, tajriba, mahorat oshiriladi; mahsulot, axborot va boshqa xizmatlar ko’rsatiladi.
Xizmat ko’rsatishning o’ziga xos xususiyati shundaki, unga bo’lgan buyurtma va bu buyurtmaning bajarilishi bir vaqtning o’zida amalga oshadi. Ko’rsatilgan xizmat tovarda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy yoki moliyaviy aktivlarida yoki jismoniy shaxs holatidi o’z aksini topadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’rsatilgan xizmatlar o’z qiymatiga ega va bu qiymat ijtimoiy mahsulot qiymatiga qo’shiladi.
Bozor munosabatlari tizimida «iqtisodiy faoliyat» va «ishlab chiqarish faoliyati» tushunchalariga a’lohida e’tibor beriladi. Chunki yalpi ishlab chiqarish hajmini hisoblash aynan shu tushunchalarini aniqlab olishdan boshlanadi.
Iqtisodiy faoliyat - bu «ishlab chiqarish faoliyati» tushunchasiga nisbatan kengroq ma’noga ega. Uning tarkibiga: bozor uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar; davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan, jamoa iste’moliga mo’ljallangan bozor xizmatlar kiradi.
O’zgaga topshirib bo’lmaydigan, masalan, sport bilan shug’ullanish, ovqatlanish, uyqu va shularga o’xshashlar iqtisodiy faoliyat turiga kirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |