Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Inson kapitali: mohiyati, ahamiyati va statistikasini tashkil qilish muammolari


Download 1.34 Mb.
bet157/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Inson kapitali: mohiyati, ahamiyati va statistikasini tashkil qilish muammolari


O’zbekiston Respublikasi tabiiy boyliklarga boy mamlakat ekanligini oldin qayd qilgan edik. Ammo keyingi paytlarda jahon iqtisodchilarining tadqiqotlari shuni ko’rsatmoqdaki, tabiiy in’omlarga boy bo’lish va iqtisodiy rivojlanish o’rtasida birmuncha teskari bog’lanish borligi aniqlanmoqda. Masalan, Islandiya Universiteti ilmiy xodimi Tornaldur Gilfason Norvegiya iqtisodiy analiz markazi uchun ko’pchilik qatnashuvida tayyorlanayotgan tadqiqot “Neft, farovonlik va iqtisodiy o’sish” doirasida yozgan maqolasida qisqa muddatli davrda boy holda tabiiy boyliklarni mavjudligi farovonlikni oshiradi, ammo uzoq muddatli davrda pirovard natijada, iqtisodiy o’sishga to’sqinlik qiladi. Buning sababi, deb ko’rsatiladi, bu mamlakatlarda boshqa sohalarni rivojlantirishga va ayniqsa bilim olishga e’tibor susayishidir. Bunday xulosa jahonning 85 ta mamlakatining 1970-1993 yillar davomida rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida qilingan. Investitsiya hajmini ko’paytirish (ayniqsa sifatli bo’lmagani) ham iqtisodiy o’sishga ta’siri uncha katta bo’lmas ekan. Masalan, YaIM ni taqsimlashda unda investitsiya salmog’ini uzoq istiqbolda iqtisodiy o’sish (jon boshiga YaIM darajasi) 2,0 foizga teng bo’lishi mumkin ekanligini baholangan. Yuqoridagi holatlarni e’tiborga olgan holda iqtisodiy o’sish muammosi bilan shug’ullanuvchi iqtisodchilar yaqindan boshlab sifatli investitsiya – bilim olish orqali inson kapitaliga e’tibor qaratdilar. Yaqin vaqtga qadar iqtisodiy o’sishning asosiy omili: aholi sonini o’sishi va ilmiy-texnika progressi deb tushunilar edi hamda mamlakatlarning milliy boyligi qiymatini to’liq baholash uchun inson kapitali va uning sifati muammosiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.


12.11-jadval Jahonning ayrim mamlakatlarida inson taraqqiyoti indeksi va iqtisodiy


rivojlanishi darajasi




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling