Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Inson ta- raqqiyoti indeksi bo’-yicha
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- HDI yuqori bo’lgan mamlakatlar.
- HDI o’rtacha bo’lgan mamlakatlar
- HDI past bo’lgan mamlakatlar
- Jahon bo’yicha 0,716 6980
Jahon iqtisodchilari inson bilimining darajasini oshirilishi (%da) darajasi bilan iqtisodiy o’sish darajasi o’rtasidagi korrelyatsion bog’liqlik kuchi ancha katta ekanligini aniqlamoqdalar. Shu hollar e’tiborga olinib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan Respublikada kadrlarni tayyorlash va uzluksiz bilimini oshirishning Milliy Dasturi - o’zbek modeli qabul qilindi va u amalga oshirilmoqda. Respublikada bilim olishga katta e’tibor berilayotganini BMT ning ekspertlari ham ta’kidlamoqdalar(1). Respublikada 1996 yildan boshlab amalga oshirilayotgan milliy dasturga muvofiq ta’lim tizimi: maktabgacha muassasalar, o’rta ta’lim maktablari (boshlang’ich; 1-4 sinflar; to’liqsiz o’rta – 5-9 sinflar va to’liq o’rta: 10-11 sinflar), o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridan iborat yagona tizim barpo etilgan. Olib borilayotgan islohotlarga muvofiq ravishda 2006 yilga kelib o’rta maktablarida o’qitish 9 yil davom etadi, keyingi uch yillik ta’lim esa kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda beriladi. Davlatni ta’lim ishlariga munosabatini shu tizimga sarflanadigan mablag’larning umumiy miqdori bu mablag’larning YaIM dagi va davlat byudjeti sarflaridagi salmog’i hamda bir o’quvchiga qilingan sarflar va boshqa ko’rsatkichlar orqali ta’riflash mumkin. (12.12-jadvalga qarang) Byudjet daromadlarini shakllantirishdagi mushkul vaziyatga qaramay ta’lim uchun sarflar miqdori doimo yuqori darajada bo’lib qolmoqda. Jahonning boshqa mamlakatlarida bu sarflar YaIM ga nisbatan (1995-1997 yillarda), % da: RF da – 3,5; Qozog’istonda – 4,4; Ozarbayjonda – 3,0 ; Turkiyada – 2,2; Xitoyda – 2,3; Pokistonda – 2,7; Hindistonda 3,2 foiz. Rivojlangan mamlakatlarda esa bu ko’rsatkichning darajasi 5,0–8,3 foizga teng bo’lmoqda, masalan Shvetsiyada – 8,3 foiz. 12.12-jadval O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasiga davlat sarflari (kapitalsarmoyalarni hisobga olmaganda)
Davlatning ta’lim tizimiga katta e’tibori natijasida 15 va undan katta yoshda bo’lgan erkaklarning savodsizligi darajasi 1990 yilda – 1,0 % va 2000 yilda esa - 0,0%, ayollarning esa mos ravishda 2,0 va 1,0 foizga tengdir. Bu ko’rsatkichlar past daromadli mamlakatlarda 2000 yilda 28,0 va 47,0 foizga teng bo’lmoqda. Jahon mutaxassislari kishilarning bilim darajasini miqdoriy baholash borasida ham munozaralar qilishmoqda, jumladan, rasmiy ma’lumot (o’quv yurtlarida olgani) va uning sifati masalasida. Tadqiqotchilar kishilarning rasmiy ma’lumotining darajasi bilan iqtisodiy o’sish sur’atlari o’rtasida yaqin korrelyatsion bog’liqlik borligini o’rgandilar. Shuning uchun Sobiq ittifoqda inson kapitalining qiymatini baholash bo’yicha 70-80 yillarda §arbdagi kontseptsiyalarni tanqidiy qarash orqali bilim potentsiali, sog’liqni iqtisodiy fondi va ma’naviy ishlab chiqarishning boshqa natijalarini baholash metodologiyasini yaratish borasida urinishlar bo’lgan. (E.M.Agabab’yan, A.I.Anchishkin, E.M.Buxvald, L.I.Nesterov, V.A.Jamin va boshqalar). Chunonchi akademik A.I.Anchishkin bu sohada quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanishni taklif etgan. Aholining bilim potentsiali P=xiL0=mln.kishi/ yil Aholining bilim darajasi х = хi Li Li йил. (Bu ko’rsatkich O’zbekiston Respublikasida aholi bo’yicha 11,4 yilga tengdir.) Aholining iqtisodiy bahosi = хici Li млрд. руб bunda Xi – rasmiy o’qilgan yil (0,4,9,11 . . .); Li – Xi yil o’qigan kishilar soni Si - bir o’quvchi yoki bir bitiruvchiga (ta’lim kategoriyalari bo’yicha) qilingan barcha sarflar (kapital quyilmalar, joriy- moddiy sarflar, mehnat haqi fondi), rub. Ko’rinib turibdiki, faqat mehnat resurslarining qiymati “Carflar kontseptsiyasi” asosida hisoblanishiga urinilgan. Bu ko’rsatkich ham muhim, ammo hududlararo, mamlakatlararo solishtirish imkonini bermaydi. BMT ning Rivojlanish Dasturi (PROON, UNDP) 1990 yildan boshlab “Human Development Index” - inson taraqqiyoti indeksini hisoblay boshladi. O’zbekiston Respublikasida PROON metodologiyasi asosida 1995 yildan boshlab bu ko’rsatkich hisoblanmoqda. HDI – yig’ma ko’rsatkich bo’lib, 3 ta parametrni o’z ichiga oladi: Kutilayotgan o’rtacha umr,(x1) yil. Bunda sog’liqni saqlash, aholini iste’moli, atrof-muhitni holati, aholining sanitariya madaniyati o’z ifodasini topadi. Bu ko’rsatkichning maksimal qiymati 85, minimal qiymati esa 25 yildir. Ta’lim darajasi, %. Bunda katta yoshdagi kishilarni necha protsenti ta’lim pog’onalari (boshlang’ich, o’rta va oliy) ga tortilishi darajasi. Bu ko’rsatkich – I=[2/3 katta yoshdagilarning savodxonligi darajasi (x2)+1/3 yoshlarni turli pog’onadagi o’qishlarga jalb qilinishi darajasi](x3):3=; bu ko’rsatkich 0 dan 100% gacha. Jon boshiga YaIM ni hosil qilinishi iqtisodiy rivojlanish darajasini tavsiflaydi. Bu ko’rsatkich bo’yicha indeks quyidagicha hisoblanadi. TYaIM= log(мамлакатлардагижонбошигаЯИМ , РРР$) log(минималдаража) log(жонбошигаЯИМ , максималдаража, РРР$) log(минималдаража) Yuqoridagi ko’rsatkichlar yordamida inson taraqqiyoti indeksi quyidagicha hisoblanadi. ИТИ 1 x1 25 1 x2 2 x3 1 И 3 60 9 100 9 100 3 ЯИМ Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling