Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Pirovard foydalanish usulida


Download 1.34 Mb.
bet166/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Pirovard foydalanish usulida YaIM quyidagicha hisoblanadi:

YaIM = PI+YaJ+EIQ


bu erda,
PI - pirovard iste’mol, ya’ni iste’mol qilingan tovarlar va xizmatlar; YaJ - yalpi jamg’arma;
EIQ - tovarlar va xizmatlar esporti va importi qoldig’i.



  • Bu masala iqtisodiy islohot va moliya-kredit tizimi bqyicha turkumning «Soliq: 100 savol va javob» kitobida batafsil yoritilgan.

Pirovard iste’mol qilingan tovarlar va xizmatlarga quyidagilar kiradi: uy xo’jaligi - rezidentlarning iste’mol tovarlar va xizmatlarga qilgan sarflari; uy xo’jaligiga xizmat qiluvchi davlat boshqarish organlari (byudjet tashkilotlari), no tijorat tashkilotlarining individual va jamoa iste’moli uchun qilgan sarflari.
Bunday guruhlash pirovard iste’mol uchun qilinadigan sarflarni kim moliyalashtirishini ko’rsatadi.
Uy xo’jaligining iste’mol tovarlari va xizmatlarga qilgan sarflari (PIux) quyidagicha aniqlanadi:
PIux= Itx + Itx + Iuich
bu erda,
ITx- iste’mol tovar va xizmatlarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar;
Itx- mehnat haqi evaziga natura shaklida olingan va iste’mol qilingan tovarlar, xizmatlar, sovg’alar va h.k.
Iuich- uy xo’jaligining o’z ehtiyoji uchun ishlab chiqargan va iste’mol qilgan tovarlari va xizmatlari.
Davlat boshqarish organlari va notijorat tashkilotlarining pirovard iste’mol uchun qilgan xarajatlari (PIdbo) quyidagicha aniqlanadi:
PIdbo= JX-TT+SOTXq+XKux
bu erda,
JK - davlat boshqarish organlari va no tijorat tashkilotlarini saqlab turish uchun qilingan joriy xarajatlar (asosiy kapital iste’moli ham kiradi);
TT - davlat boshqarish organlari va notijorat tashkilotlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarini bozor bahosida sotishdan tushgan tushumlar;
SOTXq - uy xo’jaligiga juda past narxda yoki tekinga berish uchun ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan iste’mol tovarlari va xizmatlar qiymati.
XKux - uy xo’jaligi iste’moli uchun sotib olingan tovar va xizmatlar xarajatini davlat sug’urta fondi evaziga qoplangan qiymat (masalan, nogironlar sotib oladigan avtomobillar, benzin uchun qilgan xarajatlarini qoplash).
Davlat boshqarish organlarining pirovard iste’moli jamoa xizmati uchun qilingan jami harajatlar qiymatiga teng.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling