Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Aholi turmush darajasining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari


Download 1.34 Mb.
bet172/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Aholi turmush darajasining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari


Aholi turmush darajasini dastavval qo’yidagi ko’rsatkchilar umumlashtirib ifodalaydi: jon boshiga to’g’ri kelgan sof milliy daromad; nominal va real daromad indekslari; turmush qiymati indeksi; inson barkamolligi indeksi; qashshoqlik indeksi; aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi; yashash minimumi va boshqalar.


Bu ko’rsatkchilar qiymat - pul ko’rsatkichlari bo’lib, aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini aks ettiradi. Aholi jon boshiga yaratilgan YaSD iqtisodiy taraqqiyotni va aholi turmush darajasini ifodalaydi:



bu erda,
Ктд
СМД
А

Ktd - aholi turmush darajasi koeffitsienti SMD - sof milliy daromad
А - aholining o’rtacha soni.
Aholi turmush darajasining o’sishi uchun SMD ning o’sish sur’ati: aholining o’sish sur’atidan tezroq bo’lishi lozim. Buni aniqlash uchun turmush darajasi indeksini hisoblash kerak:


J СМД1 : СМД 0



А
АТД
1
А 0 yoki


1 0
J АТД КТД ТД
bu erda,
JATD - aholi turmush darajasi indeksi;
Agar JATD>1 bo’lsa iqtisodiy o’sish sodir bo’lgan, binobarin aholi turmush darajasi oshgan. Agar JATD<1 bo’lsa aksincha JATD=1 bo’lgan. Aholi turmush darajasi ham o’zgarmagan.
Nominal daromad - bu bevosita xodim mehnatining miqdori va sifatiga qarab to’lanadigan haq bo’lib, u pul shaklidagi jamiki daromadni o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan nominal daromad qo’yidagicha hisoblanadi:

ND = MBOD+MKD


bu erda,
ND - nominal daromad;


MBOD - mehnat bilan olingan daromad, ya’ni ish haqi, menejer daromadi, tadbirkor daromadi;
MKD - mulkdan kelgan daromad, ya’ni foyda, renta, foiz va dividend.
Pul daromadining o’zi, ya’ni nominal daromad aholi turmush darajasini aniq ifodalay olmaydi, pulning real qadri iste’mol tovarlari narxiga ham bog’liq. Shu sababli real daromad: nominal daromadning miqdoriga; daromaddan chegirilgan har xil soliqlar va to’lovlarga, ya’ni pul daromadining egasi qo’liga tegadigan qismiga;

transfert to’lovlariga, ya’ni pensiya, nafaqa, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, tibbiy sug’urta kabilardan tushgan daromadlarga bog’liq.
Real daromad jamiki pul daromadlari (brutto daromad)dan turli to’lovlar (soliqlar, sotsial sug’urta to’lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi - sof (netto) pul daromadini baho indeksiga bo’lish yordamida aniqlanadi:
НД ТТ С

bu erda,
РД



J
p

TT - transfert to’lovlar evaziga tushgan daromadlar S - soliqlar va turli to’lovlar
Jp - bahoning umumiy indeksi.
Real daromad iste’mol tovarlari va xilma-xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo’lib, pul daromadining xarid qobiliyatini bildiradi, aholi turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad indeksini hisoblash uchun dastavval umumiy va pirovard daromadlar hajmi aniqlanadi. Buni qo’yidagi shartli raqamlar misolida ko’rib chiqamiz (14.1-jadval).

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling