Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi turmush darajasi tushunchasi
2005 yil uchun real YaIM ni hisoblang. 25.Real YaIM nima? U nominal YaIM dan nima bilan farq qiladi? 26.Deflyator nima? U qanday hisoblanadi? 27.Deflyatorni ikki marotaba hisoblash usuli qaysi hollarda qo’llaniladi? 28.Ekstrapolyatsiya usulida YaIM o’zgarmas bahoda qanday hisoblanadi? 29.Aytaylik, YaIM 500 mln so’mdan 600 mln so’mga ko’paydi, YaIM deflyatori 1,20 dan to 1,50 gacha o’sgan. Shunday sharoitda real YaIM hajmi qanday o’zgaradi? Sof ichki mahsulot nima? Uning YaIM dan farqi nimada? 31.Yalpi milliy daromad nima? U qanday hisoblanadi? BOB. AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASIAholi turmush darajasi tushunchasi Aholi turmush darajasi sotsial iqtisodiy tushuncha bo’lib, u kishilarning moddiy va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojining qoldirilishi hamda turmush sharoitining yaxshilanish darajasini tavsiflaydi. Moddiy ehtiyojlarga kishining oziq-ovqat, kiyim- kechak, turar joy, yoqilg’i, mishiy va komunal xazmat ko’rsatishni yaxshilash kabilarga bo’lgan ehtiyojlar kiradi. Ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarga kishilarning bilim malakasi va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi. Aholining sotsial turmush sharoiti - bu jamiyatning hamma a’zolariga mehnat qilish, dam olish, har tomonlama jismoniy va madaniy taraqqiyotni ta’minlash hamda mehnat qilish qobiliyatini saqlashni kafolatlash, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganlarni sotsial ta’minot, pensiya va nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatin kam daromadli oilalarning bolalariga nafaqalar berish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mazkur «Turmush darajasi» tushunchasidan, biz bu kategoriyaning naqadar marakkab va ko’p qirrali mazmunga ega ekanligiga ishonch hosil qildik. Demak, u qandaydir bitta ko’rsatkich bilan eamas, aholi daromadi va turmushning turli qirralarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanishi lozim. Bu tizim quyidagi asosiy bo’limlarni o’z ichiga oladi: umumlashtiruvchi sintetik ko’rsatkichlar; Aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; aholining ma’rifiy-ma’naviy darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. aholining sotsial sharoitini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bu ko’rsatkichilar natural va qiymat ko’rinishida ifodalanib, aholi turmush darajasining miqdor va sifat tomonlarini o’zida aks ettiradi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling