Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatik usulda
- Yarim avtomatik usulning
Indeksatsiya - bu fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha davlat umumsiyosatining bir turi bo’lib, aholining, ayniqsa qashshoq qatlamdagi fuqarolar (pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali oilalar, shuningdek stipendiatlar)ning pul daromadlarini va ularning sotib olish qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan.
Indeksatsiya bir yo’lakay beriladigan ish haqi, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi daromadlarning darajalarini qayta ko’rish yo’li bilan ham bajarilishi mumkin. Indeksatsiya ob’ekti bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: pensiyalar; stipendiyalar; sotsial nafaqalar (ko’p bolali oilalarga, ishsizlarga, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganlarga va boshqalar.); mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, muassasa va tashkilotlarda band bo’lgan xodimlarning ish haqi; xalq bankiga qo’yilgan omonat pullar; davlat zayomlari va boshqa qimmatli qog’ozlar va boshq. Indeksatsiyani amalga oshirishda iste’mol buyumlariga bo’lgan baho indeksi asos qilib olinadi. Jahon amaliyotida asosan ikki usulda indeksatsiya qilish ma’lum: avtomatik; yarimavtomatik (shartnoma asosida). Avtomatik usulda ish haqi bahoning o’sishi sur’atiga qarab mutanosib ravishda oshiriladi va aholining zarar ko’rgan daromad qismi to’la qoplanadi. Ammo bu usul ish haqining samarali tashkil qilinishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki bunda ish haqining oshishi mehnat unudorligi bilan bog’lanmagan holda bajariladi. Yarim avtomatik usulning mohiyati quyidagidan iborat: bahoning oshishini hisobga olgan holda ish haqini qanchaga oshirish uchta tomon ishtirokida (davlat, kasaba uyushmalari va ishlovchilar) shartnoma tuzish yo’li bilan echiladi. Bu usul jahon umumiy bozorida qatnashuvchi mamlakatlarda kengroq qo’llaniladi. Indeksatsiyani amalga oshirishda eng kam iste’mol savati tarkibini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Bu savatning o’zi juda shartli qilib olinadi. Insonga zarur bo’lgan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilik uchun kifoya qiladigan hajmi «ite’mol savati» deb ataladi. Bunda gap eng zarur talablarni bir amallab qondirish va kuchni tiklash haqida boradi, ya’ni shu narsalarsiz inson odamlardek hayoti kechirishi amri mahol bo’lib qoladi. Aholi daromadlarini muzlatish deganda aholi pul daromadlarining o’sishini sekinlashtirish yoki to’xtatib qo’yishga qaratilgan siyosat hamda qo’llaniladigan chora-tadbirlar tushuniladi. Bu siyosat ikki maqsadni ko’zlaydi: pulning bozor muomalasiga tushishini susaytrish orqali inflyatsiyaga qarshi turish; aholi daromadini o’stirmay davlat, korxona, tashkilotlar daromadini oshirib qo’shimcha jamg’arma hosil qilish va shu yo’l bilan investitsiya uchun imkon berib, iqtisodiy o’sishni ta’minlash. Daromadlarni muzlatish inflyatsiyaga qarshi ko’riladigan tadbirlar jumlasiga kiradi. Ma’lumki, 1992 yilgacha bo’lgan davrda omonatga pul qo’ygan aholining mablag’lari «muzlatib» qo’yilgan edi. Natijada respublika 5 million kishining omonati qadrsizlanib o’z xarid qobiliyatini yo’qotgan edi. 1995 yilda adolatni tiklash maqsadida ana shu qadrsizlangan daromadlar indeksatsiya qilindi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling