Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


MAVZU. MAKROIQTISODIYOT SAMARADORLIGI STATISTIKASI


Download 1.34 Mb.
bet181/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

MAVZU. MAKROIQTISODIYOT SAMARADORLIGI STATISTIKASI


  1. Makroiqtisodiy samaradorlik va uning ko’rsatkichlari tizimi Makroiqtisodiy samaradorlik (MS) - bu nisbiy miqdor bo’lib, u

makroiqtisodiy samara (MIS)ning sarflangan makroiqtisodiy resurslar (MIR)ga bo’lgan nisbatini ifodalaydi:

МС
МИС МИР

ega.
Bu ko’rsatkich sintetik, umumlashgan ko’rsatkich bo’lib integral xarakterga


Kasrning sur’ati MIS - bu absalyut miqdor bo’lib, u ishlab chiqarish va

ko’rsatilgan xizmatlarning pirovard natijasini ifodalaydi. Makroiqtisodiyot darajasida bu samara yaratilgan: yalpi ichki mahsulot (YaIM); yalpi milliy daromad (YaMD); yalpi sof mahsulot (YaSM); yalpi sof daromad (YaSD)da o’z aksini topadi.
Kasrning maxraji MIR - bu absalyut miqdorlar bo’lib, ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida sarflangan: yalpi mehnat (YaM); yalpi xom ashyo (YaX); yalpi fondlar (YaF); yalpi investitsiya (YaI) lardir.
Makroiqtisodiy samaradorlik darajasini tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika bir-biri bilan uzviy bog’langan va bir-birini to’ldiradigan ko’rsatkichlar tizimini hisoblaydi.
Mamlakat yoki ayrim olingan region (viloyat, tuman) miqyosidagi samaradorlikni aniqlash faqat ko’rsatkichlar tizimi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Chunki aynan shu tizim: u yoki bu regionning rivojlanish xususiyatlarini aniqlash imkonini, ayni paytda, mahalliy boshqaruv organlari uchun ishonchli boshqaruv mexanizmi vazifasini bajarishi mumkin; samaradorlikning turli ko’rinish va yo’nalishlarini qiyoslanishiga imkon beradi; samaradorlik darajasiga ta’sir qiluvchi bevosita va bilvosita omillarni aniqlashga yordam beradi.
Shu nuqtai nazardan makroiqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari oldiga quyidagi talablar qo’yiladi (15.1 jadval)
Yuqorida ko’rsatkichlar tizimiga qo’yilgan talablardan biri - ularning yaxlitligi va o’zaro bog’langan bo’lishi shartidir. Shu nuqtai nazardan, makroiqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari uch guruh ko’rsatkichlarga bo’linadi: integral ko’rsatkich; umulashtiruvchi ko’rsatkichlar; xususiy ko’rsatkichlar.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling