Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroiqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash tartibi
15.2-jadvalAbsolyut birlamchi ma’lumotlar
Barcha qayd qilingan absolyut ko’rsatkichlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish omillarining hajmi va sifatini bildiradi. 15.1-sxema. Makroiqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarining tasniflanishi Makroiqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash tartibiMakroiqtisodiy samaradorlikning integral ko’rsatkichi jamiyatdagi ishlab chiqarish hajmi, aniqrog’i, aholi jon boshiga yaratilgan sof milliy daromad (SMD) hajmi va uning ortib borishi bilan o’lchanadi: ИК СМД А bu erda, IK - integral ko’rsatkich darajasi SMD - real sof milliy daromad (taqqoslama baholarda) А - aholining o’rtacha soni Bu ko’rsatkich makroiqtisodiy samaradorlikning muayyan yildagi darajasini ifodalasada, uning naqadar yuqori yoki past darajada ekanligini tavsiflay olmaydi. Shu sababli bu ko’rsatkichni reja topshirig’ining bajarilishi, o’tgan yil darajasiga nisbatan o’zgarishi yoki boshqa region darajasiga nisbatan qay darajada ekanligini aniqlash o’ta zarurdir. Ko’zlangan rejaning bajarilish darajasi bo’yicha integral ko’rsatkich qo’yidagicha aniqlanadi: ИК рб ИК х ИК р bu erda, IKRB - integral ko’rsatkich bo’yicha rejaning bajarilish darajasi; IKH - mazkur yilda integral ko’rsatkichning haqiqiy darajasi (taqqoslama bahoda); IKR - mazkur yil uchun reja topshirig’i (taqqoslama bahoda). Bu ko’rsatkich darajasi 1dan katta bo’lsa ijobiy, ya’ni ko’zlangan rejaning bajarilganidan dalolat beradi. Bu esa mazkur regionning xalq farovonligini oshirish bo’yicha sa’i harakatlari o’zining ijobiy natijalarini berayotganligini bildiradi. Integral ko’rsatkichning muayyan davr ichida qay darajada o’zgarganligi qo’yidagicha aniqlanadi: J НК ИК 1 ИК 0 bu erda, IKD - integral ko’rsatkichning dinamikasi; IK1 - integral ko’rsatkichning joriy yildagi darajasi (taqqoslama baholarda) IK0 - integral ko’rsatkichning bazis yildagi darajasi (taqqoslama baholarda) Agar bu ko’rsatkich darajasi 1 dan katta bo’lsa, demak makroiqtisodiy samaradorlik o’tgan yilga nisbatan oshgan, 1 dan kichik bo’lsa, u holda mazkur regionda samaradorlik pasaygan. Chunki jon boshiga to’g’ri kelgan sof milliy daromad kamaygan. Bu albatta achinarli hol. Integral ko’rsatkichni boshqa regionlarning ko’rsatkichi bilan ham qiyoslab ko’rish mumkin: ‡ Сж = Сж € гђЏ „ММ€ : „ММ‡ bu erda,
А€ А‡ IKQ - integral ko’rsatkichning qiyosiy darajasi IKA - «A» regionning integral ko’rsatkichi (taqqoslama baholarda) IKB - «B» regionning integral ko’rsatkichi (taqqoslama baholarda) Bu ko’rsatkich yordamida u yoki regionning iqtisodiy yuksalishiga, samaradorlik darajasiga, xalq farovonligining darajasiga qiyosiy baho berish mumkin. Bundan tashqari aynan shu ko’rsatkichga asoslanib turib regionlarning reytingini o’rnatish imkoni tug’iladi. Umuman olganda SMD ning hajmi va uning o’sishi asosan ikki omilga: mehnat sarfining massasiga; mehnat unumdorligi darajasiga bog’liq. Biroq ular boshqa birlamchi, ikkilamchi va keyingi omillar hosilasidir. Masalan, mehnat massasi - aholi soni (A)ga, uning ishga layoqatli qismiga va ishlagan vaqtiga bog’liq. Mehnat unumdorligi esa texnika taraqqiyoti va texnologiyaga, investitsiya ko’lamiga, ishlovchilarning soniga, ma’lumoti va malakasiga, resurslarning tarkibi va joylashuviga, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va boshqaruv darajasiga bog’liq va h.k. Resurslarning o’zaro bog’liqligi va ta’siri nuqtai nazardan integral ko’rsatkich qo’yidagicha hisoblanadi: СМ Д СМ Д ЯМ Д АК Т С Т К Т М Т Х / Х Т ХМ Р Т ПМ Р А ЯМ Д АК Т С Т К Т М Т Х / Х Т ХМ Р Т ПМ Р А bu erda,
Qarang: Abdullaev Yo. Sravnitelniy analiz effektivnosti regionalnoy ekonomiki. T., «Mehnat», 1987, str. 36-60 Formuladan insonning asosiy ishlab chiqaruvchi kuch ekanligi ko’rinib turibdi. Uning mehnat faoliyati bo’lmasa hech bir samaradorlik, hech bir iqtisodiy o’sishi bo’lishi mumkin emas. Xo’sh, mamlakat, region (viloyat, tuman)dagi mavjud resurslardan qay darajada foydalanilayapti? SMDni yaratishga ketgan mehnat sarfi, uning mehnat sig’imi, material sarfi - ashyo yoki material sig’imi, ishlatilgan aktiv (fond)lar miqdori, uning sig’imi, nihoyat SMDni olish uchun ketgan investitsiya sig’imi qanday bo’lgan? Bu savollarga javob topish uchun resurslardan foydalanish darajasini tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkich hisoblanadi РФД СМД ТМ АК ИМУ МХ ИМУ bu erda: RFD - resurslardan foydalanish darajasi; TX/X - xalq xo’jaligida band bo’lgan xodimlarning o’rtacha soni; AK - aktiv (fond)larning o’rtacha yillik qiymati; MX - moddiy xarajatlarning o’rtacha qiymati; IMU - ijtimoiy mehnat unumdorligi СМД . ТХ / Х Bu ko’rsatkich resurslardan foydalanish darajasini ifoda-lasa-da, uning qanchalik samarali yoki samarasiz ekanligini ta’riflay olmaydi. Shu sababli uning qiyosiy darajalari ham hisoblanadi (15.3 jadval) Mahsulotni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish jarayonida qo’yidagi sarflar amalga oshiriladi; mehnat sarfi, ya’ni ish haqi (IH); aktiv (fond)lar sarfi, ya’ni amortizatsiya (A); material, ya’ni moddiy xom ashyo sarfi (MX); investitsiya summasi (IS). SMDning barcha xarajatlarga bo’lgan nisbati makroiqtisodiy samaradorlikning xarajatlar sarfi darajasi (XSD)ni ifodalaydi: ХСД СМД ИХ А МХ ИС XSD ham mehnat, ham moddiy sarflar tejalishini talab qiladi. Uning ortishi kam sarflangan holda ko’plab va sifatli mahsulot yaratilishini bildiradi. XSD uni vujudga keltirgan sarflarga nisbatan qaraladi, chunki bu sarf - natija degan umumiy qoidadan kelib chiqadi. Shu nuqtai nazardan XSDni qo’shimcha o’sish ()lar nisbatlari asosida ham hisoblash mumkin: СМД ХСС ИХ А МХ ИС bu erda: XSS - xarajatlar sarfi samaradorligi; SMD - sof milliy daromad o’simi; IH ish haqi o’simi; A - amortizatsiya o’simi; MX - moddiy xomashyo sarfi o’simi; IS - investitsiya summasi o’simi. Qarang: Abdullaev g’. Regionalniy aspekt statisticheskogo izucheniya effektivnosti obshchestvennogo proizvodstva. T., «Fan», 1985, str. 94-95 Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling