Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet194/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Ko’rsatkichlar

O’lchov birligi

Bazis davr

Joriy davr

1

2

3

4

5

1.

Aholi soni

mln kishi







*yil boshida

-//-

21,6

22,2

*yil oxirida

-//-

22,4

23,0

2.

Xalq xo’jaligada band bo’lgan xodimlar soni










* yil boshida

-//-

10,0

10,6

* yil oxirida

-//-

10,9

11,4

3.

Aktiv (asosiy ishlab chiqarish fond)larning qiymati

ming so’m







*yil boshida




721,3

867,6

*yil oxirida




786,4

938,2

4.

Moddiy xarajatlarning qiymati

ming so’m







* yil boshida




340,8

373,9

* yil oxirida




358,4

409,2

5.

Yalpi ichki mahsulot

mlrd. so’m

620,3

650,7

6.

Amortizatsiya




87,9

92,1

7.

Jonli mehnat sarfi (ish haqi)




304,7

318,5

8.

Yalpi investitsiya

mlrd. so’m

162,9

170,9

9.

Baho indeksi




100,0

125,2

10.

Eksport

mlrd. so’m

2,9

3,4

11.

Import




2,6

3,1

12.

Sof milliy daromad o’simi




29,9

30,1

13.

Ish haqi o’simi




22,1

22,3

Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib makroiqtisodiy samaradorlikning integral ko’rsatkichini joriy davr uchun hisoblang.



  1. 24-topshiriq ma’lumotlariga asoslanib aktiv (ishlab chiqarish fond)lardan foydalanish, ya’ni aktiv qaytimi (fondootdacha)ning indeksini hisoblang.
    1. BOB. MOLIYa STATISTIKASI





    1. Moliya statistikasi tushunchasi va uning vazifalari

Moliya statistikasi tushunchasini ko’rib chiqishdan oldin, moliya tushunchasi to’g’risida oz bo’lsa ham to’xtalishni zarur deb topdik. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri o’zining qizg’in pallasiga etib borganligiga qaramasdan, hanuzgacha moliyaga beriladigan ta’riflar juda sayoz va moliya-kredit mussasalari chegarasidan chiqa olmayapti, ya’ni mualliflarning aksariyati moliya deganda moliya muassasalarida pul resurslarining harakatini yoki yalpi ichki mahsulotni (ayrimlari milliy daromadni) taqsimlash va qayta taqsimlashni tushinishadi. Ma’lumki, BMTning milliy hisoblar tizimi 1993 yil tahririda milliy iqtisodiyot ichki iqtisodiyotga va qolgan dunyo iqtisodiyotiga bo’lingan. O’z navbatida, ichki iqtisodiyot 5 sektorga: nomoliyaviy korporatsiyalar; moliyaviy korporatsiyalar; davlat muassasalari; uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar; uy xo’jaligi sektorlariga bo’lingan. Moliya-kredit muassasalari barcha sektorlarni o’z ichiga ololmaydi. Bu hol o’z navbatida moliya-kredit muassasalariga kirmaydigan boshqa sektorlar, jumladan, nomoliyaviy korporatsiyalar – moliyaviy resurslarni asosan hosil qiladigan sektorlarning moliyasi e’tibordan chetda qolishini ta’minlaydi. Bundan tashqari keyingi paytlarda o’z mavqeini oshirib borayotgan uy xo’jaligi moliyasi esa adabiyotlarda ko’rilmasdan qolmoqda. Chunki ular moliya-kredit muassasalari tizimiga kirmaydi.


Yuqorida bayon qilinganlarni e’tiborga olgan holda moliyaga quyidagicha ta’rif bersak bo’ladi: moliya milliy iqtisodiyot va uning barcha soha, sektor, tarmoq, blok va boshqa agregatlari hamda ularning birlamchi va boshqa bo’g’inlarida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarish maqsadida pul mablag’lari jamg’armalarini yaratish, ularning harakati va shu jamg’armalardan samarali foydalanish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Bugungi kunga kelib moliya statistikasi deganda, moliya muassasalarining faoliyatini o’rganuvchi fan, moliyaviy faoliyatning ayrim turlarini (byudjet, sug’urta, bank, pul muomalasi va boshqalar) o’rganuvchi fan va moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi statistik metodlar yig’indisi tushuniladi. Birinchi va ikkinchi ta’riflarda moliya statistikasi tor ma’noda tushuniladi, ya’ni moliya muassasalarining yoki moliya institutlarining bir bo’lagini o’rganuvchi fan sifatida, uchinchi ta’rifda esa moliya statistikasi keng ma’noda tushuniladi. Darslik mualliflari moliya statistikasini keng ma’noda tushunib, uni umumiy moliyaviy hisob-kitoblarning (qo’llanish tarmog’idan qat’iy nazar) statistik metodlarini o’zida mujassamlashtirgan fan deb anglaydi va bu fikr barcha moliyaviy ko’rsatkich, bitim, operatsiya, kontrakt va boshqalarni ko’rib chiqishda va tahlil qilishda ustivorlik qiladi.
Moliya statistikasining o’rganish ob’ekti foyda olish maqsadida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiya va bitimlardir, predmeti esa shu operatsiya va bitimlarning samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlarni hisoblashni o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir. Boshqacha qilib aytganda, moliya statistikasi deganda qisqa va aniq moliyaviy hisob-kitoblarni taxminlaydigan statistik metodlar yig’indisi tushuniladi.
Moliya statistikasi ommaviy hodisalar bo’yicha xulosa chiqarib qolmasdan, balki alohida operatsiya va bitim qatnashchilari bo’yicha ham xulosa chiqarishi mumkin. Bu tamoyil moliya statistikasining boshqa statistika fanlaridan farqi va ustunligidir.
Moliya statistikasi quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • oliy moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshiradi va ularning metodologiyasini doimi takomillashtirib boradi;

  • kapital mablag’lar va investitsiya miqdorlari va ularning samaradorligi bilan bog’liq bo’lgan hisob-kitoblarni olib boradi;

  • valyutalarning rasmiy, birjadagi, almashtirish, forvard va spot kurslarini hisoblash va tahlil etish;

  • qimmatli qog’ozlar, pul muomalasi, sug’urta, soliq, bank-kredit hamda korxona va tashkilotlarning moliyaviy natijalari, barqarorligi ko’rsatkichlarini hisoblaydi va tahlil qiladi;

  • moliya bozori ko’rsatkichlaridagi mavjud o’zgarish va tendentsiyalarni aniqlash;

  • moliya bozori ko’rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlarni to’plash, tartibga olish, ular bilan boshqaruv organlarni ta’minlab borish va eng asosiysi informatsiya manbalarni takomillashtirib borish.

    1. Download 1.34 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling