Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Endi tortilgan ko’rinishdagi


Download 1.34 Mb.
bet37/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

Endi tortilgan ko’rinishdagi o’rtacha arifmetikni qo’llanilishini ko’rib chiqaylik. Agarda variantlar (x) bir necha marta takrorlansa, ularni ko’p marta qo’shib o’tirmasdan shu uchrashish tezligiga (f) ko’paytirib, kelib chiqqan natijani chastotalar yig’indisiga ( f ) bo’linadi. Buni tortilgan arifmetik o’rtacha formulasi ko’rinishida quyidagicha yozish mumkin:

х х1 f1 x2 f 2 x3 f 3 ... xn f n xf
f1 f 2 f 3  ...  f n f


5.1-jadval Do’konlar savdo maydoni bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi


Do’kon savdo maydoni, m2 (x)



Do’konlar soni (f)

Barcha do’konlar
bo’yicha savdo maydoni (x f)

40

2

80

50

4

200

60

6

360

70

8

560

80

5

400

90

3

270

Ma’lumotlar taqsimlanish qatorlari shaklida keltirilgan (5.1-jadval). Bu qator ma’lumotlari va yuqorida keltirilgan formula asosida o’rtacha savdo maydonini aniqlaymiz:




х 40  2  50  4  60  6  70  8  80  5  90  3 80  200  360  560  400  270 1870 66,8м 2 .

2  4  6  8  5  3
28 28

Demak, har bir do’konga o’rtacha 66,8 m2 savdo maydoni to’g’ri kelar ekan. Bu ko’rsatkichni oddiy arifmetik formulani qo’llab hisoblasak ham bo’ladi. Buning uchun 40ni 2 marta 50ni 4 marta va h. k. qo’shish kerak. Bizni misolimizda bu ishni bajarish mumkin, chunki hammasi bo’lib 28 do’kon bor. Agar do’konlar soni 2800 yoki 28000 ta bo’lsachi? Bu juda murakkab ishga aylanadi. Shuning uchun o’rtachani tortilgan arifmetik usulda hisoblagan ma’qul. Agarda ma’lumotlar variatsion taqsimlanish qatori shaklida berilsa, o’rtachani variantlar asosida (bizning misolda) hisoblash butunlay noto’g’ridir:




х 40  50  60  70  80  90 65м 2
6

Nima uchun ikki xil natija kelib chiqdi? Sababi, har bir variant har xil vaznga (salmoqqa) ega. Bizni misolimizda, katta savdo maydoniga ega bo’lgan do’konlar soni oshsa, o’rtacha savdo maydoni so’zsiz yuqori bo’ladi va aksincha. Shuning uchun ham tortilgan usulda o’rtacha hisoblanadi.


Ko’p paytlarda o’rtacha miqdorlarni intervalli variatsion qator ko’rsatkichlari asosida hisoblashga to’g’ri keladi. O’rtachani intervalli variatsion qatorlarda hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari bor. Bu erda, dastavval har bir guruh bo’yicha o’rtacha, so’ngra umumiy o’rtacha hisoblaniladi. Agar oraliq yopiq ko’rinishda

bo’lsa, u holda har bir guruh uchun o’rtacha oraliq belgisining quyi va yuqori darajalari yig’indisining yarmiga teng.
Xususiy firma do’konlarida 80 ta sotuvchi ishlaydi. Ular bir sotuvchiga to’g’ri keladigan oborot bo’yicha quyidagicha taqsimlangan (5.2-jadval).
O’rtachani hisoblashdan oldin, oraliqli variatsion qator diskret qatorga aylantirib olinadi.




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling