Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 1.34 Mb.
|
Statistika UMK
9.2-jadval
Tuzilgan korrelyatsion jadvaldan ko’rinib turibdiki, omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasida bog’liqlik mavjud. Korrelyatsion jadvalda chastotalar jadvalning chap yuqori burchagidan o’ng quyi burchagiga qarab diagonalda joylashgan. Bu omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish mavjud ekanligini bildiradi. Aksincha bo’lganda egri chiziqli bog’lanish mavjud bo’lar edi. Shu erda bir narsani ta’kidlash joizki, korrelyatsion jadvalning kataklarini to’ldirilishiga doimo e’tibor berishimiz kerak. Shunday sharoit bo’lishi mumkinki, jadval kataklarini barchasi to’lishi mumkin. Bu bog’lanish yo’q ekan degani emas. Bunday paytda chastotalarning joylanish zichligiga, yana ham aniqrog’i chastotalarning asosiy qismi jadvalning qaerida joylashganligiga qarash kerak. Bu ham etmasa yoki tushunarsiz bo’lsa, jadvalning har bir qatori uchun natijaviy belgining o’rtacha darajasi aniqlanadi. Masalan, birinchi qator uchun Y 1536 * 2 1728 *1 1600 1 3 va h.k. Shunday qilib, omil belgi qiymatining o’zgarishi bilan natijaviy belgi o’rtacha qiymatining o’zgarishi (bizni misolimizda ortib borishi) supermarketlarning reklamaga qilgan xarajatlari va ulardan savdo qilgan mijozlar soni o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish mavjud ekanligini korrelyatsion jadval yaqqol ko’rsatib turibdi. Omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishdagi muhim usullardan biri guruhli jadvallarni tuzishdir. Bunday jadvalni biz 3-mavzuda (3.3.1 Statistika jadvallari) tovar oborotining xajmi va muomala xarajatlarining nisbiy darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun tuzganmiz (3.2-jadval) va ular o’rtasida teskari bog’lanish mavjud ekanligini aniqlaganmiz. Iqtisodiy hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda va o’rganishda statistikaning grafik usulidan ham keng foydalaniladi. Boshlang’ich ma’lumotlardan foydalanib grafiklarni turli ko’rinishidan foydalanish mumkin. Bu erda omil belgining individual qiymatlariga mos keluvchi natijaviy belgi qiymatlarini nuqtalarda joylashtirib chiqsak va keyin u nuqtalarni birini ikkinchisiga ulasak, bog’lanish yo’nalishi aniq bo’ladi. (9.1 rasm)
Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling