Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 1.34 Mb.
bet76/215
Sana13.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1701467
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   215
Bog'liq
Statistika UMK

. .

u

. . .

. . . .




. . .

. . .




. . . .

. .




. . .

.




. . .



u


B x



    1. rasm. Miqdoriy belgilar o’rtasidagi bog’lanishlar.

9.1 – rasmdan ko’rinib turibdiki omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasida «A varianti» to’g’ri, «B» variantda esa – teskari bog’lanish mavjud.


Balans metodi. Hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishning muhim metodlaridan biri balans metodidir. Bu metodning ahamiyati bozor iqtisodiyoti sharoitida yana ham ortadi. Chunki moliya va kredit-pul munosabatlarini boshqarish uchun iqtisodiyotdagi moliyaviy oqimlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish juda ham zarur. Moliyaviy resurslarning miqdori ma’lum bir davrdagi takror ishlab chiqarish jarayoni moliyaviy natijasining miqdoriy xarakteristikasidir. Moliyaviy resurslar pul mablag’larining bir qismini qamrab oladi. Unga doimiy asosda markazlashgan va markazlashmagan fondlarga ajratiladigan mablag’lar kiradi. Ular keyinchalik oborotdan chiqqan asosiy fondlarni, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jamg’armalarini, joriy ishlab chiqarish iste’moli va aholini sotsial to’lovlarini qoplashga sarf kilinadi. Moliyaviy resurslarga joriy ishlab chiqarish iste’moli va aholining shaxsiy iste’moliga ishlatiladigan pul mablag’lari kirmaydi. Moliyaviy resurslar soliqlar, yig’imlar, ixtiyoriy badallar, xayriyalar shaklida paydo bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, ular yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilik bilan biriktirilgan va ixtiyoriy moliyaviy majburiyatlardir.
Moliyaviy resurslar xaqidagi ma’lumotlarni moliyaviy balansdan olish mumkin. Moliyaviy balans moliyaviy resurslarning hajmi, tarkibi va holati, ularning tashkil etilishi va ishlatilishi hamda iqtisodiyotning turli sektorlarining o’zaro munosabatlarini xarakterlaydi. Bunday ma’lumotlar qonunchilik va boshqaruv hokimiyatlariga hamda moliya va statistika organlariga juda zarur. Moliyaviy oqimlar yordamida mamlakat ichidagi pul-kredit va moliyaviy tendentsiyalar va qonuniyatlarni aniqlash, davlatning kredit va soliq siyosatining samaradorligini baholash mumkin. Bundan tashqari moliyaviy balans xalq xo’jaligida pul oborotini tashkil qilishda, mablag’larni taqsimlashda va sarflashda, ularni optimal munosabatlikni aniqlashga, moliyaviy resurslar va xarajatlarni muvofiqlashtirishga imkon yaratadi.
Statistikada nafaqat moliyaviy resurslar balansi, balki moddiy resurslar balansi, ishchi kuchi balansi, pul mablag’lari balansi, asosiy fondlar balansi, tarmoqlararo balans, xalq ho’jaligi balansi tuziladi va ular har tomonlama iqtisodiy statistik tahlil qilinadi.
Bu balanslarni tuzish va statistik tahlili bilan keyingi bo’limlarda batafsil tanishamiz.

    1. Download 1.34 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling