Namangan davlat universiteti Jismoniy madanyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi


Download 28.79 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2023
Hajmi28.79 Kb.
#1232547
1   2   3
Bog'liq
баённома № 5 03.10.2022

Ustoz bu kim?
Xalqimiz orasida “Ustoz – otangdek ulugʻ” maqoli juda ham mashhur. Ustoz namunasi sanalgan oʻqituvchilik azal-azaldan eʼtiborli kasb hisoblanib kelgan. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida oʻqituvchi va murabbiylarga nisbatan alohida eʼtibor qaratiladi va eʼzozlanadi. Mamlakatimizda ham 1997-yildan boshlab 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinishi ham bu soʻzimizning tasdigʻidir. Oʻqituvchilar oʻzlari ilmli boʻlgani holda yosh avlodni ilm maʼrifatli boʻlishini taʼminlaydilar.
Shuningdek, “Beshikdan qabrgacha ilm izlanglar” yoki “Ilmni Xitoydan boʻlsa ham oʻrganinglar” kabi hadisi shariflar ilmning qanchalar fazilatli ekanligiga dalolat qiladi. Har bir inson uchun oʻziga kerakli, hayoti uchun zarur ilmni, din-u diyonatni, toʻgʻri-notoʻgʻrini bilishi, buning uchun zarur boʻlgan narsalarni oʻrganishi, azaliy insoniyat oltin qoidasi boʻlgan bunyodkorlik va yaratuvchanlik yoʻlida borishda ilm-fanni oʻrganish, insoniy qadriyatlarni qalbida mustahkamlash har insonning burchidir. Aynan, shu vaziyatda muhim vosita ustoz va murabbiylar faoliyatidir.
Yana shunisi ham maʼlumki, har kim ham haqiqiy ustoz boʻlavermaydi. Ham dili pok, ham ishi va soʻzi pok ustoz boʻlish uchun xudo bergan tugʻma qobiliyatdan tashqari, tom maʼnoda halol, insonparvar boʻlish, qiyinchiliklarga bardosh bera olish, ogʻir mehnatdan qochmaslik, igna bilan quduq qazishga chidash xislati va koʻnikmasi ham boʻlishi kerak. Mamlakatimizda oʻtmishda boʻlganidek, hozirgi zamonda ham ana shunday xislatli ustoz va murabbiylar koʻp. Ularni har qancha eʼzozlasak va ulugʻlasak kamlik qiladi. Bu ustozlarning ona Vatan va xalq manfaati yoʻlidagi beminnat xizmatlari bebahodir.
Oʻzbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov qayd etganidek, “Talant – xalq mulki. Albatta talant tabiatning nodir inʼomi, uni yoʻqdan bor qilib boʻlmaydi. Tabiat talantni bir odamga ato qilsa ham, talant faqat uniki emas, butun xalqniki. Odam oʻz talanti uchun butun el-u yurt, adabiyot oldida javobgar. Odamda ana shu javobgarlik tuygʻusi boʻlmasa, u har qancha talantli boʻlmasin, koʻpchilikka nafi tegadigan, adabiyotda soʻnmas iz qoldiradigan salmoqli asarlar yarata olmaydi.
Har qanday tugʻma talant ham urugʻday gap, xolos. U unib chiqib hosil berishi ham mumkin, koʻkarib, barg yozishga ulgurmay, nest-nobud boʻlib ketishi ham mumkin. Urugʻ unib hosilga kirish uchun yer, suv, quyosh va oftob zarur; oʻsib-unib voyaga yetishi va koʻpchilikni bahramand etadigan samara berishi uchun ham muayyan shart-u sharoit, basarishta parvarish kerak. Qarovsiz qolsa, koʻkarib turgan daraxt ham qurib qolishi muqarrar. Parvarish boʻlmasa, balogʻatga yetib, yashnab turgan talant ham qovjirab qolishi mumkin.”
Talant va uning kamoloti toʻgʻrisidagi bu dono soʻzlar ustoz va shogird masalasiga ham bevosita taalluqlidir. Chunki, shogirdning unib oʻsishi, birinchidan, uning oʻziga bogʻliq boʻlsa, ikkinchidan, muhitga (ustozlarga) bogʻliq. Shunday ekan, kelajakda xalqning maʼnaviy boyligini yaratadigan isteʼdodli shogirdlarni koʻz qorachigʻiday, gard yuqtirmay asrash, ularni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash va qadrlash hayot taqozosidir. Shunday qilinsa, ularning ilhomiga ilhom, kuchiga kuch qoʻshiladi. Natijada ularning ijodiy mehnatlari yanada samarali va unumli boʻladi. Bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Buni men oʻz hayotimda qayta-qayta koʻrib, yurakdan his etib, qanoat hosil qilganman. Agarda menda birorta yaxshi sifat, fazilat yoki yutuq bor boʻlsa, u avvalo, ota-onam va ustozlarimdan olgan saboqlarimning, ular bergan taʼlim-tarbiyaning samarasidir.



Download 28.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling