Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi organik kimyo fanidan


V analitik guruh kationlari xususiy reaksiyalari


Download 55.34 Kb.
bet10/11
Sana04.05.2023
Hajmi55.34 Kb.
#1425988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
nammdu kurs ishi

V analitik guruh kationlari xususiy reaksiyalari.
V analitik guruh kationlariga Fe2, Fe3, Mn2, Mg2 Bi3, Sb3, Sb5 ionlari kiradi. Bu ionlarning oksidlanish darajasi (magniy va vismutdan tashqari) o’zgaruvchandir va kompleks birikmalar hosil qilishga moyilligi yuqori.Surma ionidan tashqari bu guruh kationlari gidrooksidlari amfoter xossaga ega emas va ishqorlarda eruvchan gidrooksidlar hosil qilmaydi.Ular NaOH va KOH eritmalari yordamida miqdoran cho’kmaga tushiriladi.Shuning uchun NaOH KOH eritmalari guruh reagenti bo’lib hisoblanadi.
6.1. Marganes (II) kationi xususiy reaksiyasi.
6.1.1. Ishqorlar va ammoniy gidrooksidi marganes (II)
ionini eritmadan kislotalarda eruvchan oq rangli Mn(OH)2 ko’rinishida cho’kmaga tushiradi:
MnCl2  2NaOH  Mn(OH)2  2NaCl
Cho’kma havo ta’sirida oksidlanishi natijasida qo’ng’ir rangga kiradi:
2Mn(OH)2  O2  2H2MnO3
Тajribaning bajarilishi: 3-4 tomchi marganes xlorid eritmasiga 4-5 tomchi NaOH eritmasi tomizing. Dastlab oq cho’kma hosil bo’lib,keyinchalik havoda oksidlanib qo’ng’ir rangga kira boshlaydi.
6.1.2. Ammoniy sulfidi ammiakli muhitda marganes (II) ionlari bilan pushti rangli MnS cho’kmasini hosil qiladi:
MnCl2  (NH4)2S  MnS  2NH4Cl
Cho’kma suyultirilgan mineral kislotalarda va sirka kislotada eriydi:
MnS  2HCl  MnCl2  H2S
Тajribaning bajarilishi: Marganes (II) xloridi eritmasining 3-4 tomchisiga pushti rangli cho’kma hosil bo’lguncha ammoniy sulfidi eritmasi tomizing. Hosil bo’lgan cho’kma sentrofugalanib ajratib olinadi va 2 qismga bo’linib xlorid va sirka kislotalarda eruvchanligi tekshiriladi.
6.1.3.Qo’rg’oshin (IV) oksidi rangsiz marganes (II) kationini nitrat kislota ishtirokida binafsha rangli MnO4- ionigacha oksidlaydi:
2Mn(NO3)2 5PbO2  6HNO3  2HMnO4 5Pb(NO3)2  2H2O
Bu reaksiya spetsifik reaksiya bo’lib marganes(II) kationini boshqa hamma kationlar ishtirokida ham aniqlash imkonini beradi.
Тajribaning bajarilishi: Probirkaga bir oz PbO2 solib, unga 5-7 tomchi nitrat kislota eritmasi qo’shing (pH2).Aralashma bir ikki daqiqa davomida asta-sekin qizdirilib qo’rg’oshin (IV) oksidi sentrofugalanadi. Agar sentrofugat pushti rangli bo’lsa, demak uning tarkibida permanganat ionlari mavjud va analiz uchun yaroqsiz. Rangsiz sentrofugatdan qo’rg’oshin(IV) oksidi ajratib tashlanadi va eritmaga bir ikki tomchi Mn(NO3)2 tomizib qizdiriladi.Bunda eritma pushti rangga kirishi kerak.
6.1.4. Ammoniy peroksidisulfat (NH4)2S2O8 kislotali muhitda (pH2) kumush nitrati (katalizator) ishtirokida Mn(II) kationini MnO4- ionigacha oksidlaydi:
2MnSO4  5(NH4)2S2O8  8H2O  2HMnO4  5(NH4)2SO4 7H2SO4
Тajribaning bajarilishi: Probirkaga bir oz ammoniy peroksidisulfat tuzi olib unga 7-8 tomchi 2n lн nitrat kislota eritmasi 2 tomchi AgNO3 eritmasi qo’shilib qizdiriladi.Issiq eritmaga bir tomchi MnSO4 yoki Mn(NO3) 2 eritmasi tomizing.Eritma pushti rangga kiradi. Bu tajribada MnCL2 ishlatib bo’lmaydi. Nima uchun?

6.2. Тemir (II) kationi xususiy reaksiyalari.


Тemir (II) ioni tuzlari konsentrlangan eritmalari och yashil yoki moviy rangga ega.


6.2.1. O’yuvchi ishqorlar.NaOH va KOH temir(II) ionlarini och yashil rangli keyinchalik havoda oksidlanib qo’ng’ir tus oluvchi Fe(OH)2 sifatida cho’kmaga tushiradi:
FeSO4  2NaOH  Fe(OH) 2  Na2SO4
Och yashil
4Fe(OH) 2  O2  2H2O  4 Fe(OH) 3
qo’ng’ir rangli
Тajribaning bajarilishi: 4-5 tomchi temir(II) tuzi eritmasiga 5 tomchi NaOH eritmasi qo’shing va aralashtiring. Bunda hosil bo’lgan och yashil cho’kma sekin- asta qo’ng’ir rangga o’ta boshlaydi. H2O2, KMnO2, HNO3 kabi oksidlovchilar ta’sirida bu o’zgarish bir zumda amalga oshadi.
6.2.2. Qizil qon tuzi K3[Fe(CN) 6]2 kislotali muhitda temir (II) ionlari bilan to’k ko’k cho’kma turnbul ko’kini hosil qiladi:
3FeCl2  2K3[Fe(CN)6]  Fe3[Fe(CN)6] 2   6KCl
Тajribaning bajarilishi: 2-3 tomchi temir(II) tuzi eritmasiga 4-5 tomchi suv 1-2 tomchi HCl eritmasi va 2 tomchi K3[Fe(CN)6] eritmasi qo’shilali. Cho’kmaning kislotalarda va ishqorlarda eruvchanligini tekshirib ko’ring.
6.2.3. Ammoniy sulfidi temir(II) ionlarini qora rangli FeS sifatida cho’kmaga tushiradi
FeSO4  (NH4)2S  FeS  (NH4)2 SO4
Cho’kma kislotalarning suyultirilgan eritmalarida yaxshi eriydi.
Тajribaning bajarilishi: 4-5 tomchi FeSO4 eritmasiga 5-6 tomchi ammoniy sulfidi eritmasi qo’shing. Cho’kmaning xlorid va sulfat kislotalari eritmalarida eruvchanligini sinab ko’ring.
6.2.4. Dimetilglioksim (Chugayev reaktivi) temir(II) ionlari bilan qirmizi qizil rangli kompleks birikma hosil qiladi:
Тajribaning bajarilishi: shishaga bir tomchi temir(II) tuzi eritmasi olib, ustiga bir tomchidan dimetilglioksimning bir foizli eritmasi va ammiakli suv tomizing. Natijada qirmizi qizil rangli kompleks hosil bo’ladi.

Xulosa:




  1. Kurs ishi mavzusi bilan to`liq tanishib chiqildi.

  2. Mavzu boyicha tegishli adabiyotlar toplandi, internet malumotlariga alohida e`tabor qaratildi, bajarilishi mumkin bo`lgan amaliy mahsulotlar ro`yhati tuzib chiqildi.

  3. Kurs ishi bo`yicha kationlarning analitik guruhlarga bo`linishining uch hil uslubi o`rganib chiqildi, ma`lumotlar to`plandi, usullarning kamchiliklari, avzalliklari o`rganib chiqildi.

  4. Analitik guruhlarga bo`lingan kationlarning hossari o`rganilib chiqilib aynan nima uchun bitta guruhga kiritilganligi o`rganildi.

  5. Analitik guruhlarga ajratilgan kationlarning guruh reagentlari alohida o`rganildi.

  6. Analitik guruhlarning har bir reagentiga hos bo`lgan hususiy reaksiyalar va hususiy reagentlarga ajratib olindi.

  7. Analitik guruh kationlarining bizning labaratoriya sharoitida bajara olish mumkin bo`lganlari ajratib olinib ular asosida tajribalar bajarildi.

  8. Labaratoriyada otkazish sharoiti bolmagan ya`ni zaharli birikmalarga ega bolgan kationlarning analizi virtual labaratoriyada o`rganib chiqildi.

  9. O`tkazilgan tajribalar asosida har bir analitik guruhning kislota-asosli usul bo`yicha (bizga shu usulda analitik kimyo kursi o`tilganligi uchun) reagentlari quyidagilarligi aniqlandi: 1-guruhning guruh reagent yo`q, 2- guruh guruh reagent sulfat kislota, 3- guruh guruh reagent ammoniy sulfide, 4- analitik guruh guruh reagent xlorid kislota ishtirokidagi sulfide kislota, 5-analitik guruh guruh reagent xlorid kislota ekanligi aniqlandi.

  10. Yuqoridagi xulosalardan foydalanib kurs ishi tayyorlandi.



Download 55.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling