Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi organik kimyo fanidan


Download 55.34 Kb.
bet4/11
Sana04.05.2023
Hajmi55.34 Kb.
#1425988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
nammdu kurs ishi

II AMALIY QISM
Birinchi analitik guruh kationlari xususiy reaksiyalari.
Kislota asos sistemasi bo’yicha birinchi analitik guruh kationlarini natriy,kaliy va ammoniy ionlari tashkil etadi. Bu kationlar tuzlarining ko’pchiligi suvda yaxshi eriydi.Shu sababli ular uchun guruh reagenti (umumiy reagent) yo’q.
1.1. Natriy kationi xususiy reaksiyalari.
1.1.1. Kaliy digidroantimonati KH2SbO4 kationi bilan oq kristall cho’kma hosil qiladi:
NaCl  KH2SbO4  NaH2SbO4  KCl
Na  H2SbO4-  NaH2SbO4
Тajribaning bajarilishi: 5-6 tomchi natriy tuzi eritmasiga shuncha 0,5n kaliy digidroantimonat eritmasi qo’shing. Hosil bo’lgan aralashma 2-3 daqiqa sovuq suv oqimida tutib turiladi. Shisha qalamcha yordamida probirka devori ishqalansa oq cho’kmaning hosil bo’lishi tezlashadi. Nima uchun reaksiyani past haroratda o’tkazish va probirka devorini shisha qalamcha bilan ishqalash yaxshi natija beradi?
Cho’kmaning kuchli kislota erimalarida va konsentrlangan sirka kislotada eruvchanligini sinab ko’ring. Reaksiya seziluvchanligini aniqlang.
Тajribaning maxsus shartlari:
a) Natriy ioni konsentratsiyasi tekshirilayotgan eritmada yetarli darajada yuqori bo’lishi kerak, buning uchun suyultirilgan eritmali bug’latish yo’li bilan konsentratsiyalanadi.
b)Reaksiya muhiti neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo’lishi shart.Kislotalar kaliy digidroantimonatini parchalaydi.
KH2SbO4  HCl =H3SbO4  KCl
H3SbO4  HSbO3  H2O.
Oq amorf
1.1.2.Rux uranilatsetati bilan mikrokristalloskopik reaksiya.
Natriy ionlari sirka kislota ishtirokida rux uranilatsetati bilan kristallsimon sariq rangli natriy ruxuranilatsetatini hosil qiladi:
Na  Zn[(UO2)3(CH3COO)8]  CH3COOH  9H2O NaZn[(UO2)3(CH3OO)9(H2O)9]   H .
Тajriba: Shishachaga bir tomchi natriy tuzi tomizib, bug’latish yo’li bilan ko’ritiladi. Unga bir tomchi ruxuranilatsetati tomizing,1-2 daqiqadan so’ng mikroskop yordamida oktaedrsimon kristallar hosil bo’lishi kuzatildi.Kristallar shaklini chizing,reaksiyaga ammoniy ioni halaqit bermaydi,ammo kaliy ioni konsentratsiyasi juda yuqori bo’lmasligi kerak.
1.1.3. Alangani bo’yalishi.
Тajribaning bajarilishi: Тozalangan platina yoki nixrom simga tekshiriluvchi eritma yuqtirilib, gorelkaning rangsiz alangasiga tutiladi.Alanga to’k sariq rangga bo’yaladi.Bu щol 10-15 daqiqa davom etadi.Bundan natriy ioni borligi haqida хуlosa chiqariladi.Reaksiya seziluvchanligini aniqlang.
1.2. Kaliy kationi xususiy reaksiyalari.
1.2.1.Natriy gidrotartrati kaliy ionlari bilan oq kristall cho’kma hosil qiladi:
KСl  NaHC4H4O6  KHC4H4O6  NaCl
K HC4H4O6-  KHC4H4O6
Тajribaning bajarilishi: Probirkaga 3-4 tomchi kaliy tuzi va natriy gidrotartrati eritmalari tomizing. Agar cho’kma hosil bo’lmasa probirkadagi aralashmani sovuq suv oqimida sovitib,shisha qalamcha bilan probirka devorini ishqalash kerak, cho’kmaning eruvchanligini sinab ko’rish uchun uni uchta probirkaga bo’lib, birinchi probirkaga 2-3 tomchi xlorid kislota, ikkinchisiga 2-3 tomchi kaliy gidrooksidi va uchinchisiga 3-4 tomchi distillangan suv quyib aralashtiring va suv hammomida isitiladi. Тegishli reaksiya tenglamalarni tuzib kuzatilgan xodisani qayd eting.
Shuni esda tutish kerakki, natriy gidrotartrati ammoniy kationi bilan ham cho’kma hosil qiladi. Shu sababli ammoniy kationi kaliy gidrotartrati bilan aniqlashda halaqit beradi.
Reaksyalarning o’tish sharoitlari:
a) Eritmada K ionini konsentratsiyasi yetarli darajada yuqori bo’lishi kerak.
b) Reaksiya sovuqda o’tkazilishi shart.
v) Eritma muhiti kuchsiz kislotali yoki neytral bo’lishi shart.
1.2.2.Natriy geksanitritokobaltati Na3[Co)No2)6] kaliy tuzlari bilan sariq rangli cho’kma hosil qiladi:
2K  Na3[Co)NO2)6]  K2Na[Co(NO2)6]  2Na
2KCl  Na3[Co(NO2)6]  K2Na[Co(NO2)6]  2NaCl.
Nima uchun bu reaksiyani kuchli kislotali yoki kuchli ishqoriy muhitda o’tkazish mumkin emas? Javobingizni tegishli reaksiyalar yordamida izohlab bering.
Тajribaning bajarilishi: 1-2 tomchi kaliy ioni eritmasiga shuncha natriy geksanitritokobaltati eritmasi qo’shing. Nima kuzatiladi?
Bu reaksiya yordamida kaliy ionini topish uchun NH4 ioni halaqit beradi.Buni o’zingiz tekshirib ko’ring. NH4 ionini eritmadan yo’qotish uchun nima qilish kerak?
1.2.3.Alangani bo’yash reaksiyasi.
Uchi xalka qilib qayrilgan platina sim olinadi. Dastlab simning tozaligiga, gorelkaning rangsiz alangasiga tutilganda alanga rangining o’zgarmasligiga ishonch hosil qilish kerak. Agar alanga rangi o’zgarsa simni HCl eritmasi bilan ho’llab, rang yo’qolguncha qizdiriladi.
Shundan keyin qizib turgan sim kaliy tuzi kukuniga tegiziladi. Тuz donachalari yopishib qolgan sim alangaga tutilsa alanga och binafsha rangga kiradi. Bunga natriy tuzlari halaqit beradi, chunki ular alangani to’q sariq rangga bo’yaydi. Natriy tuzlari ishtirokida reaksiya o’tkazishda ko’k shishadan tayyorlangan maxsus prizma yoki shisha idishdagi indigo eritmasidan foydalanish mumkin. Chunki ko’k shisha yoki shisha idishdagi indigo eritmasi Nа ionining sariq nurlarini yutadi.

1.3. Ammoniy NH4+ kationi reaksiyalari


1.3.1. Uyuvchi ishqorlar NaOH , KOH bilan ammoniy tuzlari qo’shib qizdirilganda
NH4Cl  NaOH  NH3  NaCl  H2O
NH4OH  NH3  H2O
Тajribaning bajaroilishi: Soat shishasiga ammoniy tuzi eritmasidan 3-4 tomchi va ishqor eritmasidan 5-6 tomchi tomizib bir oz isitiladi. Bunda ajralib chiqayotgan ammiakning o’ziga xos hidini sezish mumkin. Ammiakni faqat hididangina emas, balki boshqa usullar bilan ham bilish mumkin. Masalan, ajralib chiqayotgan ammiak ko’k lakmus qog’ozini ko’k rangga, kongo qog’ozini qizil rangga, Nessler reaktivi shimitilgan filtr qog’ozini qizgish rangga bo’yaydi.
1.3.2.Nessler reaktivi, ya’ni K2[HgI4] kompleks tuzining kon bilan eritmasi, ammoniy tuzlari bilan xarakterli qizil qo’ng’ir rangli cho’kma hosil qiladi.
NH4Cl 2K2[HgJ4]  4KOH[OHg2NH2]J KСl 7KJ  3H2O
NH4 2[HgI4]2-  4OH-  [Hg2O NH2]J  7J  3H2O
Тajribaning bajarilishi: 1-2 tomchi ammoniy tuzi eritmasiga 2-3 tomchi Nessler reaktivi tomizing. Bunda qizil qo’ng’ir rangli cho’kma hosil bo’ladi.
Reaksiyani seziluvchanligini aniqlang.



Download 55.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling