Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi organik kimyo fanidan
Stronsiy kationi xususiy reksiyalari
Download 55.34 Kb.
|
nammdu kurs ishi
3.2 Stronsiy kationi xususiy reksiyalari.
3.2.1 Gipsli suv, ya’ni CaSO4 ning tuyingan eritmasi stronsiy ionlari mineral kislotalarda erimaydigan oq cho’kma hosil qiladi Bu usul bilan stronsiyni aniqlashga Ba2 ionlari halaqit beradi. Cho’kma hosil bo’lishi uchun eritmani biroz isitib .so’ngra sovutish kerak. Тajribaning bajarilishi: Probirkaga 4 tomchi stronsiy eritmasidan olib unga 5-6 tomchi gipsli suv qo’shing va suv hammomida isitiladi. Eritma sovitilganda 10 –15 daqiqadan so’ng oq kristall cho’kma hosil bo’ladi . 3.2.2. Ammoniy oksalati (NH4)2S2O4 stronsiy kationi bilan oq cho’kma hosil qiladi: Sr2 (NH4)2S2O4 SaS2O4 2NH4 3.2.3. Alangani bo’yash. Rangsiz platina yoki nixrom simga yuktirilgan stronsiyning uchuvchan tuzlari tutilsa . alanga qirmizi qizil rangga bo’yaladi. Тajribaning bajarilishi: 1.2.3. tajribaga qaralsin . 3.3.Kalsiy kationi xususiy reaksiyalari. 3.3.1 Ammoniy oksalati kalsiy ionlari bilan oq kristall cho’kma hosil qiladi . Cho’kma sirka kislata ta’sirida erimaydi: Sa2 (NH4)2C2O4 CaS2O4 2NH4 Тajribaning bajarilishi: Uchta probirkaning biriga bariy xloridi, ikinchisiga stronsiy xloridi va uchinchisiga kalsiy xloridi eritmalaridan 3-4 tomchidan tomizib har biriga 3-4 tomchidan (NH4)2C2O4 eritmasi qo’shing. Okcho’kma hosil bo’lishi kuzatilgandan so’ng har bir probirkaga 6 tomchidan sirka kislota qo’shing. Qaysi probirkadagi cho’kma ko’proq eruvchanligini qayd qilib .natijani kalsiy stronsiy va variy oksalatlari eruvchanlik ko’paytmalariga taqqoslang. So’ngra aynan shu tajribani sirka kislota o’rniga xlorid kislotaning 2n eritmasidan olib takrorlang . Kuzatilgan o’zgarishlarni qayd eting. 3.3.2.Kaliy geksatsionoferrati K4[Fe(CN)6] kalsiy ioni bilan ammoniy tuzlari ishtirokida oq ammoniy kalsiy geksatsenoferrati cho’kmasini hosil qiladi. Bu cho’kma sirka kislota ta’sirida eriydi: Ca2 2NH4 K4[Fe (CN)6] Ca(NH4)2[Fe(CN)6] 4K Ushbu reaksiyani kalsiy kationini bo’lib-bo’lib analiz qilishda va uni Ba2 va Sr2 ionlardan ajratishda ishlatish mumkin. Тajribaning bajarilishi: 2 tomchi kalsiy xlorid eritmasiga 2 tomchi ammoniy xloridi qo’shib kaynab turgan suv hammomida isiting. Isitilgan eritmaga oq cho’kma hosil bo’lgunga qadar K4[Fe(CN)6] eritmasi tomizing. 3.3.3.Mikrokristalloskopik reaksiya Ca2 ionlarining sul’fat kislota eritmasi ta’siri natijasida CaSO4..2H2O kristallogidrati cho’kmasi hosil bo’ladi: CaCl2 H2SO4 2H2O CaSO4 . 2H2O 2HCI Тajribaning bajarilishi: Тajriba shishasiga bir tomchi kalsiy xloridi eritmasi tomizib, unga bir tomchi H2SO4 eritmasi tomizing. Agar shisha extiyotlik bilan gaz alangasida qizdirilib.eritma bug’latilsa . tomchi atrofida igna shaklli kristallar paydo bo’lishi kuzatiladi . Kristallarni mikroskop yordamida kuzating. 3.3.4.Alangani bo’yash. 1.2.3.tajribaga karalsin Barcha tajribalarni bajargandan so’ng har bir III analitik guruh kationi uchun xususiy reaksiyalar jadvali tuzing.(1 jadvalga qaralsin). Download 55.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling