II analitik guruh kationlari xususiy reaksiyalari
Kislota asos sistemasida II analitik guruh kationlarini Ag, Hg va Pb2 ionlari tashkil qilib, guruh reagenti vazifasini xlorid kislotaning 2n eritmasi bajaradi. Bu guruh kationlari xloridlaridan faqat PbCl2 suvda qisman eriydi, shuning uchun xlorid kislota vositasida bu kationlar cho’ktirilganda Pb2 ionining bir qismi eritmada kolishi mumkin.
2.1. Kumush ioni xususiy reaksiyalari
2.1.1.Eruvchan xlorid, bromid yoki yodidlar vositasida cho’kmaga tushirish
Kumush kationi suvda eruvchan xloridlar ta’sirida oq rangli cho’kma hosil qiladi:
AgNO3 NaCl AgCl NaNO3
Ag NaCl AgCl Na .
Cho’kma ammiakli suv ta’sirida ammiakli kompleks hosil qilib eritmaga o’tadi.
AgCl 2 NH4OH [Ag(NH3)2] Cl 2H2O.
Ammo hosil bo’lgan eritmaga nitrat kislota yoki kaliy yodid eritmasi ta’sir etdirilsa cho’kma hosil bo’ladi:
[Ag(NH3)2] Cl 2HNO3 AgCl 2NH4NO3
[Ag(NH3)2] Cl KJ AgJ KCl 2NH3 .
Тajribaning bajarilishi: Uchta probirkaning biriga 2-3 tomchi natriy xloridi, ikkinchisiga shuncha natriy bromidi, uchinchisiga esa natriy yodidi eritmalaridan tomizib, ularga 3-4 tomchidan kumush nitrati eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan cho’kma rangiga e’tibor bering. Cho’kmalarni ammiakli suv ta’sirida erishini tekshirib ko’ring. Buning uchun probirkalardagi eritmani ehiyotlik bilan to’kib, cho’kmalarga 5-10 tomchidan ammiakli suv qo’shib aralashtiring.AgCl , AgBr va AgJ cho’kmalarning amiakli suv ta’sirida eruvchanligini taqqoslang.
2.1.2.Kaliy xromati K2CrО4 kumush bilan g’ishtsimon qizil cho’kma hosil qiladi:
2AgNO3 K2CrO4 Ag2CrO4 2KNO3
CrO42- 2Ag Ag2CrO4
Bu reaksiya ammiak ishtirokida va kislotali muhitda sodir bo’lmaydi. Nima uchun?
Тajribaning bajarilishi: a) yarimmikroprobirkaga 2-3 tomchi kumush nitrat eritmasi tomizib unga 1-2 tomchi kaliy xromati eritmasi qo’shing. Hosil bo’lgan cho’kmani eruvchanligini tekshiring.
b) 5 foizli kaliy xromati eritmasi shimdirilib kuritilgan xromatografik (yoki filtr qog’ozi) markaziga bir tomchi kumush nitrati eritmasi tomizing. Qog’ozda to’q qizil rangli dog hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |