DISPERS SISTEMALARNING ELEKTR XOSSALARI. ZARRACHA ZARYADINI ANIQLASH. ELEKTROFOREZ,
ELEKTROOSMOS.
Kapillyar analizi yordamida kolloid zarracha zaryadini aniqlash. Ishning maqsadi: Kolloid zarracha zaryadini aniqlash usuli bilan tanishish.
Kerakli jixoz va reaktivlar. Kichkina stakanlar, distillangan suv, shisha tayoqcha, kley, shtativ, fil’tr kog’ozi, lineyka, AgC1- zoli, Fe(OH)3 - zoli, Berlin lazuri.
Ishning borishi. Ba`zi bir moddalarni (tsellyuloza, helk, oyna, qum va boshqalar) suvga tushirilganda manfiy zaryadlanib qoladi. Kapillyar analiz ham shu xodisaga asoslangandir. Fil’tr qog’ozni suvga tushirilganda, suv fil’tr kog’oz kapillyarlari orqali yuqoriga ko’tariladi. Agar suvda manfiy zaryadli kolloid zarracha bo’lsa, u fil’tr kog’oz kapillyarlari orqali tortilmaydi, balki yuqoriga xarakat qiladi. Agar zarracha musbat zaryadli bo’lsa, yuqoriga xarakat qilmaydi, balki qog’oz yuzasiga cho’kib (o’tirib) qoladi.
Shu usulda zollardagi kolloid zarrachaning zaryadini aniqlash mumkin. Ayniqsa, rangli moddalar aralashmasini analiz qilishda ham kapillyar analizidan foydalanish mumkin. Buning uchun qalin va dag’al fil’tr qog’ozini kengligi 1,5-2 sm bo’lgan xolda
uzun qilib qirqib tayyorlanadi. So’ng stakanlardagi zollarga tushiriladi. Birinchi stakanga Fe(OH)3 -zoli, 2-chi stakanga AgCl-zoli, 3- chi stakanga buyoklardan bnrining suyultirnlgan eritmasi kuyiladi. Fil’tr kogozlarining nkkinchm uchuni gorizontal xolda kuyilgan shisha nayga kley yordamida yopishtiriladi, Stakandagi kogozlar bir-biriga va stakan devoriga tegmasligi kerak. Bir soatdan sung lineyka yordamida zollarning qog’ozda ko’tarilgan dog’lari balandligi xisoblanadi. Suvning namligi xisobga olinmaydi. Rangning balandligiga qarab zolning zaryadi to’g’risida xulosa chiqariladi.
Musbat zaryadlangan fil’tr qog’ozi yordamida kapillyar analizi o’tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |