Namangan davlat universiteti lingvistika


Download 289.99 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi289.99 Kb.
#1771579
Bog'liq
O‘rinova Sayyora Maxsus fan

NAMANGAN DAVLAT

UNIVERSITETI LINGVISTIKA

(O’ZBEK TILI) I BOSQICH

MAGISTRANTI O‘RINOVA SAYORANING

PSIXOLINGVISTIKA FANIDAN

TAQDIMOTI


Mavzu : Etnopsixolingvistika
Reja:
1.Etnopsixolingvistikaning nazariy asoslari.
2.Diskurs va uning o‘ziga xos xususiyati.
3.Komunikatsiyaga lingvo-kognitiv yondashish.
    • Turli madaniyatlardagi lisoniy shaxslar nutqiy muomalasini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadigan fandir. Bu fan psixolingvistika fanining negizida paydo bo‘lgan yangi yo‘nalish hisoblanadi. Integrativ xarakterga ega bo‘lib, u psixologiya, lingvistika, sotsiologiya va madaniyatshunoslik fanlarining kesishmasida yuzaga kelgan.

Etnopsixolingvistika
Har qanday faoliyatning o’z iste’mol metodlari mavjud
Diskurs-verballashgan nutqiy, fikrlash faoliyati bo‘lib, u matnlar majmuyini namoyon etadi. Diskurs-bu hayotga o‘girilgan matn bo‘lib, kognitiv va kommunikativ funksiyalarni o‘z ichiga olgan, real madaniy kommunikativ vaziyatlarni qayd qilgan nutqiy asar. Diskurs termini 1970-yillarning boshlarida qo‘llanila boshlangan.
Diskursni tashkil etuvchi elementlar quyidagilardan iborat:
1)bayon qilinayotgan hodisalar (matnning o‘zi);
2)ishtirokchilar;
3)hodisa bilan birga bo‘ladigan holatlar;
4)hodisani izohlavchi fon;
5)hodisaga ishtirokchilarning bahosi.
Etnopsixoling-
vistika
Sotsiologiya
Madaniyatshunoslik
Psixologiya
Fanlararo
Falsafa
Lingvistika
Kommunikatsiyaga lingvo-kognitiv yondashishda o‘z nomidan ko‘rinib turganidek
muloqotning nafaqat lingvistik, balki kognitiv jihatlari ham tahlil qilinadi. Lingvo-kognitiv
yondashishda kommunikatsiyaning ikki asosiy tomoni:
1)umumlisoniy jihat(muloqot amalga oshiriladigan har qanday til);
2)milliy determinatli komponent (kommunikatsiyaga ta’sir qiluvchi barcha omillar)
Kommunikatsiya ikki va undan ortiq lisoniy shaxslarning xabar uzatish, fikr va ma’lumot
uzatish, ya’ni suhbatdoshga u yoki bu shaklda ta’sir qilish maqsadida amalga oshirilgan
muloqotdir.
Kommunikatsiya ijtimoiy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. U jamiyatda aloqa o‘rnatuvchi
vazifani bajaradi.
Nazorat uchun savollar
1.Etnopsixolingvistika fani qaysi fanlar kesishmasida yuzaga keldi?
2.Diskursni tashkil etuvchi elementlarni sanang.
3.Kommunikatsiyaga lingvo-kognitiv yondashuvda kommunikatsiyaning nesha xil tomoni bor?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sh. Safarov, T. Bushuy Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi Toshkent, 2007. ,, Fan”" nashriyoti;
2.Lingvistik tahlil metodlari. Toshkent, 2010
Download 289.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling