Namangan davlat universiteti “Madaniyatshunoslik” kafedrasi


MAVZU: DAVLAT MUZEY FONDI


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/32
Sana16.06.2023
Hajmi5.04 Kb.
#1514395
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
Muzeyshunoslik

12.MAVZU: DAVLAT MUZEY FONDI.
Reja: 
1.Muzey fondi tushunchasi. 
2.Muzey fondlarini ilmiy asosda tashkillashtirish. 
3.Fond ishlarining asosiy yo‘nalishlari. 
4.Muzey ashyolarini o‘rganish uslubiyati. 
5.Muzeylarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyati 
Muzey faoliyati muzey fondlari orqali amalga oshiriladi. Muzey funksiyasi 
bajarilishining muvafaqiyatli bo‘lishi, muzey kadrlarining bilim manbalari va 
emotsional va madaniy qadriyatlarni, yaxshi bilishga va tashkil etishga bog‘liq 
ya'ni muzey predmetlarining o‘ziga xosligi va ularning tarixiy jarayonlarni aks 
ettirishini to‘g‘ri tushuna olish va tashkillashtira olishga bog‘liq. Muzey 
fondlarini saqlash, tadqiq etish va ilmiy, tarbiyaviy ishlarda ulardan 
to‘g‘ri foydalanish kerak bo‘ladi. Fondlar orqali o‘gmish, bugun va kelajakni 
bog‘lash mumkin. 
Fond ishlarida boshqa yirik davlatlarda bo‘lgani kabi tarixiylik, ilmiylik
xolislik uslubiyatlari asosiy o‘rinni egallaydi. Tarixiylik prinsipi orqali 


77 
muzey ashyolari jamiyatning tarixiy rivojlanishining jonsiz gu voxi va 
natijasi sifatida o‘rganiladi. Tarixiy qonuniyatlarga aloxida e'tibor beriladi. 
Tarix yo‘nalishidagi muzeylar fondlariga muzey ashyolari, ijtimoiy —
iqtisodiy jarayonlarning hujjatlari, ichki va tashqi siyosat, madaniyat tarixiga oid 
materiallar kiradi. 
Muzey fondlari arxiv va kutubxona fondlaridan farq qilib tarixiy 
jarayonlarni kompleks xujjatlashtiradi.1) Moddiy. 2) Tasviriy. 3) Yozma. 4) 
Fonoyozuv,kinofilm.(manbalar) 
Muzey uchun nafaqat semantik informatsiya, balki e'tibor jalb qilish, 
ya'ni attraktiv jixati xamda to‘lqinlantira olish (xayajonlantirish) — ya'ni 
ekspressiv jixati xam bo‘lishi kerak. 
Muzey fondlarini ilmiy tashkillashtirish. 
Muzey fondlari predmetlarning murakkab kompleksi bo‘lib ularning ijtimoiy 
axamiyati bir —biridan farqlanadi. Muzey faoliyatida ham ularning roli bir —
biridan farqlanadi. Muzey fondlarini ilmiy asosda tartibga solish kerak bo‘ladi. 
Ularning: 

— dan muzey ashyosi ekanligiga; 

—dan ilmiy yordamchi ashyo ekanligiga e'tibor beriladi. 
Fondlarni ilmiy tashkillashtirish boshqa tomondan ham katta 
ahamiyatga egadir. 
Fond predmetlari o‘zaro qarindoshlik belgilari bilan farqlanadi. Ular 
materiallar turi, tuzilishi, mavzusi, syujeti (yozma, tasviriy manbalar, kinohujjat va 
fonoyozuvlar) joyi, vujudga kelgan vaqti, avtori aloxida shaxsga tegishliligi bilan 
bir —biriga yaqin bo‘ladi. Fondlarni ilmiy tashkillashtirishda informatsiya 
qimmati (uning sifati, hajmi) ga xam e'tibor beriladi. 
Bir yoki bir necha belgisining o‘xshashligi, ilmiyligi, badiiyligining bir — 
biriga yaqinligidan tashkil topgan predmetlar muzey kolleksiyalari deyiladi. 
Masalan ularga o‘zbek va g‘arbiy yevropa matolari, sharq qurollari, qishloq 
xo‘jalik qurollari va boshqalar misol bo‘la oladi. Kolleksiyaning muzeyga xosligi 
uni son va sifatdan to‘laligiga bog‘liq. Kolleksiya shuningdek o‘zaro tarixiy 
jarayonlarning u yoki bu jihatini xujjatlashtirishga ham bog‘liq Masalan g‘arbiy 
yevropa matolari va sharq qurollari O‘zbekistonning chet el bilan olib 
boradigan aloqalarini aks ettirishi kerak. Bir kolleksiyadagi jarayonlar boshqa 
kolleksiyadagi mazmunni to‘ldirishi kerak. 
Fondlarni ilmiy tashkillashtirish ikkita masalani yechadi. 
Birinchidan, predmetlarning fan va madaniyat uchun axamiyatini 
ko‘rsatadi, aloxida muzey ishini yuritishda va predmetlarning yuridik jixatlarini 
tashkillashtirishda kerak bo‘ladi; 


78 
Ikkinchidan, predmetlarni saqlash, tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabi 
jihatlarini o‘rganadi. 
Muzey fondlari: muzey predmetlari fondi va ilmiy — yordam fondiga 
bo‘linadi. Muzeyda saqlanadigan barcha predmetlar asosiy fond deyiladi. 
Muzey fondlari 2 ga bo‘linadi: 
1.Muzey ashyolari fondi. 
2.Ilmiy-yordam 
fondlari. 
Muzey ashyolari fondi: 
Asosiy fond va almashuv fondiga bo‘linadi. 
a) Asosiy 
fond: 
kolleksion 
va 
dublet 
fondiga 
bo‘linadi; 
Kolleksion 
fond: 
yirik 
va 
tipik 
predmetlariga 
bo‘linadi. 
Dublet fondiga yirik va tipik predmetlar kiradi. 
b) Almashuv fondiga: noyo‘nalish predmetlari va ortiqcha 
dublet nusxa fondlari kiradi. Noyo‘nalish fondida xam yirik va 
tipik predmetlar fondi kiradi. O‘zaro bir —biriga yaqin 
predmetlar va ularni chuqur o‘rganishga maksimal yo‘nalish bera 
olish, o‘rganish, to‘ldirish, saqlash, foydalanish muzey fondlari 
strukturasi deyiladi. 
1. 
Aniq asosda bo‘linadi. Masalan shisha predmetlarni bir 
vaqtning o‘zida ham materiali, ham rangiga qarab bo‘lib 
bo‘lmaydi. 
2. 
Manbalarni turiga qarab bo‘lib bo‘lmaydi. 
3. 
Fondlarga bo‘lishda ular bir —biridan farq qilishi kerak. 
Misol uchun rasm solingan piyola bir vaqtda xam moddiy , 
xam tasviriy manbaga kirmasligi kerak. 
4. 
Misol uchun qurollar sovuq va portlovchi qurollarga bo‘lib 
uning aniq tiplari bo‘linmaydi. 
Moddiy, tasviriy, yozma manbalarga fonoyozuv va kinohujjatlarga qarab 
bo‘linadi. Muzeylarning eng muhim masalalaridan biri ularning ilmiy — 
tadqiqotchilik faoliyatlaridir. Bu faoliyat orqali muzeylar o‘z manbalarini 
boyitish bilan birga muzeylardagi ashyolar vositasida tarix qirralarini ochishga 
katta xizmat qiladi. Z e r o m u z e y a s h y o l a r i o ‘ g m i s h n i n g j o n s i z
g u v o x l a r i , xujjatlaridir. 
Tadqiqotlar muzeylar ilmiy faoliyatining eng asosiy bo‘g‘inlaridandir. 
Ilmiy tadqiqotlar natijasida ashyolarni ta'mirlash, muzey kolleksiyalarini 
saqlash va qo‘riqlash ekspozitsiyalar yaratish, tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatish 
va boshqa xarakatlar darajasi aniqlanadi. 


79 
Muzey polufunksional muassasadir, shu tufayli uning tadqiqotchilik darajasi 
ham keng va ko‘p xarakterlidir. 
Masalan, ekspozitsiya — nafaqat maxsus ilmiy, balki muzey, psixologik —
pedagogik, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar natijasidir. Muzey tadqiqotchilik 
ishining murakkab tomoni shundaki tarmoq muzeylarida (masalan, adabiyot
tabiiy, tarixiy) o‘sha soxani mukammal bilish bilan muzeyshunoslikning 
ilmiy asoslarini ham chuqur bilish talab etiladi. 
Turli soxalarni o‘rganish muzey ishini rivojlantirishga mo‘ljallanadi. 
Muzey ilmiy — tadqiqotchiligi diqqat markazida muzey ashyosi turadi. 
Bundan tadqiqot muzey tadqiqotchiligining maxsus turiga kiradi. Tadqiqot 
ashyoning manbaiy qimmatini aniqlashga, tabiat va jamiyat rivojlanishini 
xujjatlaiggirishga, ashyolarni saqlashga, xamda bilimlarga manbaviy asos 
bo‘lishga, estetik zavq berishga, xissiyot uyg‘otishga xizmat qiladi. 
Keyingi vaqtlarda muzeyga maxsus ilmiy — tadqiqot instituti sifatida 
qaralmoqda. 
Tarix muzeylarining xam ilmiy — tadqiqotchilik faoliyati o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. 
Tarix muzeylari muzeyshunoslikning o‘ziga xos xususiyatlari bilan birga 
umum tarix fanlarining o‘zaro bog‘lanishi va umumiy qarashlariga tayanadi. 
Unda tarixiy rivojlanishining ob'ektiv xususiyatlari, hozirgi va kelgusidagi 
rivojlanishi, o‘zaro bog‘liqligi xodisona yoritilishi kerak. 
Olimlar, xususan, muzeyshunos olimlar o‘tmishdan ajdodlardan qolgan 
boy ilmiy — madaniy merosni tarixiylik, xolislik, taqqoslash, tanqidiy va 
boshqa uslublar asosida o‘rganadilar. Ularning ilmiy izlanishlari tarixni 
aniq va xatolarsiz jonlantirishga xizmat qilishlari kerak. 
Tarix muzeylarining tadqiqotchilik faoliyatiga jamiyatning iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanishi masalalarini tadqiq etish kiradi. 
Ashyoviy, tasviriy va yozma manbalar tadqiqot ob'ektiga kiradi. 
Tadqiqotdan maqsad bu ashyolarning tarix fanida tutgan ahamiyatini o‘rganish, 
o‘rganilgan yangi ma'lumotlarni ilmiy doiraga tadbiq etish, bu orqali tarix 
fanini yana —da boyitish, ishonchliligini tasdiqlash va boshqalardan iboratdir. 
Mustaqillik yillarida muzey tadqiqotchiligi ayniqsa rivojlanmoqda. 
Sovet davri muzeylarining ilmiy — tadqiqotchili — gidan bugungi kun 
muzeyshunosligidagi tadqiqotlar shu jihatlari bilan farq qiladiki, avvalo muzey 
mafkuradan xoli, u milliy tariximizni ilmiy va xolis yaratishga xizmat qiladi. 
Hukumatimiz sa'i — harakatlari bilan 1999 yildan muzeylar faoliyatiga 
bag‘ishlangan «Moziydan sado» jurnalining chop etilishi ham muzey 
tadqiqotchiligi xaqida kengroq ma'lumot olishga xizmat qiladi. 


80 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling