Namangan davlat universiteti “Madaniyatshunoslik” kafedrasi
-Mavzu: Muzey fondlarini to‘ldirish va muzey ashyolarini hisobga
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Muzeyshunoslik
13-Mavzu: Muzey fondlarini to‘ldirish va muzey ashyolarini hisobga
olish . Reja: 1. Muzey fondlarini to‘ldirish. 2. Muzey ashyolariga ilmiy pasportlar qo‘yish. 3. Muzey fondlarini xisobga olishning maqsad va vazifalari. 4. Fondlarni xisobga olish va xisob xujjatlari. 5. Muzey fondlarini ilmiy kataloglashtirish. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston muzeylarida to‘xtovsiz davom etgan yig‘uv faoliyati tufayli numizmatik, harbiy-tarixiy, etnografik, zoologik, botanika va badiiy xarakterga ega bo‘lgan katta miqdordagi asl muzey ashyolari to‘plandi. Yig‘ilgan muzey materiallaridan fanda foydalanish uchun dastavval ularni muzey xodimlarining o‘zlari o‘rganib chiqishlari taqozo qilinadi, chunki xar bir yodgorlikning xaqiqiyligi 'va ilmiy manba sifatidagi ahamiyatini belgilovchi aniq ilmiy pasporti bo‘lishi lozim. Barcha mamlakatlarda bo‘lgani singari, O‘zbekistonda ham muzey fondlarini to‘ldirish va ularning ilmiy bo‘lishiga katta e'tibor beriladi. To‘ldirishning xususiyatlari uning rejali va maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘lishida ko‘rinadi. Ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilish tabiat va turmushni rejali ilmiy tekshirishning yagona yo‘lidir. Ekspeditsiya — lar to‘xtovsiz ravishda yangi materiallar topib turmasa, muzeylarning ilmiy faoliyatini zarur darajaga ko‘tarish qiyin. Kam o‘rganilgan noxiyalarda ish yuritadigan va malakali ilmiy mutaxassislarga ega bo‘lgan ekspeditsiyalar ayniqsa yaxshi samaraga erishadilar. Bunday ekspeditsiyalar o‘tkazishdan oldin muzey fondlaridagi materiallar bilan batafsil tanishilib, adabiyotlar o‘rganiladi, boshqa muassasalar: fanlar akademiyasi, qo‘shni resiublikalar akademiyalari ilmiy — tadqiqot institutlariga o‘xshash obro‘li muassasalar bilan zarur koordinatsiyalar amalga oshiriladi. Ekspeditsiyalar institug va muzey xodimlarining birgalikda ishtirok etishi uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantiradi, eksponatlarni puxta tanlash va ularga ilmiy yondoshishni o‘rgatadi, o‘zaro xamkorlik tajribasini xosil qiladi. Ekspeditsiya ~ yikuv ishi muzey tomonidan bir necha yilga mo‘ljallab oldindan puxta rejalashtiriladi. Bunday ish rejalari ekspozitsiya vazifalari, ilmiy tadqiqot va eng avvalo, fondlar axvolini xisobga olish bilan uzviy bog‘liq xolda tuziladi. Har bir ekspeditsiya oldidan u bajarishi lozim bo‘lgan ishlarning ilmiy rejasini aks etgiruvchi yig‘uv ro‘yxat — jadvali tuziladi. Etnografiya 81 kolleksiyalarini komplektlashda har bir eksponat ro‘yxatdan o‘tkazilib tekshirilayotgan xalq yoki elat tarixi xamda turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq xolda, muayyan vaziyatda o‘rganiladi. Har bir etnografik mavzu yoki xodisa (turar joy, kiyim —kechak, kasb-kor, oila va boshqalar) dala sharoiti jarayonida tarixan o‘rganiladi. Materialni qat'iy ilmiy asosda tanlash yig‘uv —to‘plov ishining majburiy shartidir. Dala sharoitida eksponat xaqida: predmet va uning ayrim qismlari nomlari (tayyorlagan odam tilidagi mahalliy nomi), nima uchun tayyorlanganligi va foydalanganligi, joylashgan rayoni, tayyorlangan vaqti singari barcha ma'lumotlar to‘planadi. Demak, dala sharoitida kolleksiya to‘plash ilmiy — tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Dala sharoitida yig‘uv ishining asosiy shakli bevosita kuzatish, axborot beruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazish va materialni ekspeditsion lavxa, kundalik fotosurat sifatida ro‘yxatga olishdan iborat. Axborot beruvchi yoki uning joylardagi yordamchilari tomonidan to‘ldirilgan anketadan yordamchi usul sifatida foydalaniladi. Muzey kolleksiyalarini to‘plash — ilmiy izlanish samarasidir. Buyumni majmuaga qo‘yish uchun inventar kitobiga yozish kerak. Ammo oldin uning nimaligini aniqlash, mazmunini bilish, xaqiqiyligiga ishonch hosil qilish, unga to‘liq nom berish lozim. Muzey fondlarida shunday buyumlar borki, ularni aniqlash va o‘rganish uchun yillab vaqt sarflanadi. Shuning uchun ko‘pincha muzey buyumlarini o‘rganuvchi fanni «buyumshunoslik» deb ataydilar. Buyumni inventar kitobiga yozishdan oldin uning muallifini, materiali va texnikasini, mazmuni, axvoli va qaerdan kelganligini bilish lozim Navbatdagi bosqich — ilmiy pasportlarni to‘ldirishdir. Bunda buyumlar xaqidagi ma'lumotlar kengaytirilib, tarixiy sharxlar beriladi. Namuna uchun bir necha ilmiy pasportni keltiramiz. Buyumning nomi — chopon. Inventar nomeri 322, qayd qilish kitobi nomeri 3—1. Bo‘lim nomeri 111. Saqlanadigan joyi — 34 —yashik. Tasviri. Qumrang ip gazlamali erkaklar to‘ni, xunarmandchilik maxsuloti. Asosi va arqog‘i ikki ipdan eshilgan gazlamadan iborat. Choponning etagi, bari va yenglari yo‘l — yo‘l qizil matodan, yoqalari oq xoshiyali xavorang chitdan tikilgan. Yoqasining cheti, etaklari va yengining uchi binafsharang ipak jiyakdan iborat. yeng ichiga xam ana shunday jiyakning 82 parchasi tikilgan. Orqa etagi, bari va yeng qaytarmasi binafsharang ipak xamda qora ip bilan baxyalangan. Baxya yirik yirik qavilgan. Chopon qo‘lda tikilgan. Yoqasi mashina usulida fabrika ipida baxyalangan. O‘lchami: uzunligi 1,38, yengi — 0,72, qaytrmasi — 0,32, etagi - 1,95 sm. Saqlanish darajasi: yangi. Olingan joyi va vaqti": O‘rta Osiyo muzeyi topshirig‘iga muvofiq M.F.Gavrilov tomonidan tuzilgan predmetlar ro‘yxati. To‘ldiriltan vaqti: 8.11.31 y. Tuzuvchi: M.Bekjonova Buyumning nomi — chinni tovoq. Tasviri: shakli silindirsimon, qirrasi yuqoriga qarab bo‘rtgan. Oq fonga rangli emal bilan gul solingan. Yuqori qismi zangori naqshlar bilan bezatilgan. Ikki yonida ushlagich uchun ikki o‘yiq bor. Satxi qovoq xosili yig‘ish manzarasini aks etgiruvchi bezaklar bilan qoplangan; birinchi manzarada 3, boshqasida 4 dexqon shakli, ular ustida uchayotgan kapalaklar. Quyi qirrasida zangori shakllar mavjud. Tovoq qopqog‘ining ustida it shakli va janr manzarasi aks etgan. Ikkinchi tovoq xam xuddi birinchisiga o‘xshaydi, lekin undagi janr manzaralari yaltiroq tasvirda berilgan. Har ikkala tovoq xam bir xil xajmda: balandligi 143, diametri 165, chuqurlik diametri 130 mm. Qopqoqlar hajmi har xil: birinchisining diametri 183 mm, balandligi 50 mm; ikkinchisiniki esa 180 mm, balandligi 50 mm. Tagida sulolaning qizil markalari (Daoutuan 1821 — 1851 yillar). Saqlanish darajasi: yaxshi. Olingan jotsi va vaqti: Toshkent, Murodovdan 40 so‘mga sotib olingan. Ma'lumotlar manbai: adabiyot materiallari va ko‘p yillik shaxsiy kuzatuvlar. Eslatma: yevropa bozorlariga chiqariladigan maxsulotlarning xarakterli namunasi. To‘ldirilgan vaqti: 10.03.1973 y. Tuzuvchi prof.G.N.Chabrov. Ilmiy pasportlar yozish — ilmiy kataloglarni nashrga tayyorlashning asosiy zaminidir. Bu — muzey ekspozitsiyasida predmetlarni ilmiy asosda namoyish qilish hamda etnografiya, san'atshunoslik, arxeologiya bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilar uchun izoh xizmatini o‘taydi. Umuman muzey fondlarini komplektlash muzey faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri xisoblanadi. Bu ish tez yoki sust sur'atlarda butun muzey faoliyati jarayonida davom etadi. 83 Zamonaviy muzeyshunoslikda fondlarni komplekt — lashga muzeyning funksiyasi bo‘lgan sotsial axborotlarni to‘plash, jamiyat taraqqiyotini hujjatlashtirishning usuli sifatida qaraladi. Bu amal qilayotgan sotsial muxitdan turli davrga oid va turli maqsadlarga qaratilgan predmetlarni tanlab va ajratib, ularni muzey predmeti sifatida muzey to‘plamiga kiritish yo‘li bilan olib boriladi. Topib olingan muzey predmetlari muzey to‘plamining yadrosini — muzey fondi predmetini xosil qiladi, va muzeyning butun faoliyatining fundamentiga aylanadi. Bu fondning asosiy qismi mangu saqlashga mo‘ljallab tuziladi. Komplektlash jarayonida predmetlarning muzey uchun qimmati aniqlana boshlaydi. Buning uchun predmetlarning o‘z axborotlari va predmet amal qilgan muhitdan predmet haqida olingan yordamchi axborotlar o‘rganiladi. Bu predmetlar, yo‘ldosh, davrdosh axborotlar, ularning xayotiy aloqalarini, ular ortida turgan insonlarning o‘zaro munosabatlarini to‘laroq ochishga yordam beradi. Masalan, kumush samovar o‘zining ko‘rinishi bilan uning nima maqsadga mo‘ljallanganligi, yasalgan vaqti va joyi xdqida guvoxlik beradi, lekin uning amal qilish tarixi haqida, uning aynan qaysi oilaga tegishli ekanligi xaqida maxsus jalb qilingan qo‘shimcha manbalar ma'lumot beradi. Yo‘ldosh axborotlar avvaldan qayd qilingan bo‘lishi mumkin (biografik ma'lumotnoma, gazeta qirqimi); shuningdek, komplektlash paytida olinishi mumkin (tanlab olingan milliy kiyimning kiyilish usulini qayd qilish maqsadida suratga olish); yoki olingan materialni o‘rganish jarayonida qayd qilinishi mumkin (tanlab olingan predmetning an'anaviy joylashishi xaqida hikoya qiluvchi dexqon chaylasi intererining maketi). Yo‘ldosh axborotlarni tashib yuruvchi va muzey predmeti qimmatiga ega bo‘lmagan predmetlar, yordamchi — ilmiy materiallar fondini to‘ldiradi. Yo‘ldosh -vxborotlarning bir qismi og‘zaki formada tushadi (predmetlar egalarining, guvohlarning, avlodlarning ma'lumotlari va u kechiktirmasdan maxsus formadagi hujjatda yozma ravishda qayd qilinadi.) Aytilganlardan xulosa qilib muzey fondlarini komplektlashga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Fondlarni komplektlash — muzey faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri, jamiyat rivojini hujjatlashtirish jarayonining muhim zvenosidir. U o‘tmishga va xozirgi kunga tegishli bo‘lgan xaqqoniy predmetlarni ajratib ollsh, ularni muzey predmetiga, davrining xujjatiga, mangu asrashga mo‘ljallangan muzey yodgorligiga aylantirish orqali amalga oshiriladi.Muzey 84 fondlari — davlat mulkidir. Har bir muzeyning fondlaryni yuridik ximoyalash zarur. Bundan maqsad: — Ashyolarni tegishli muzeyga qat'iy joylashtirish va buni qonunan kafolatlash; — Muzey fondidagi ashyolarning yuridik xolatini rasmiylashtirish; — Ashyolarni tegishli ilmiy xodimlarga biriktirish, chunki ular ashyolarning saqlanish darajasiga javob beradi; — Hali muzey fondlarida bo‘lmay vaqtinchalik saqlanayotgan ashyolarni rasmiylashtirish; — Muzey ichkarisida va zalida joylashgan ashyolarni ajratish; — Ashyolarning dastavval va xozir qanday ekanligini nazorat qilish; — Ashyolarning turar joylari to‘krisida tezda ma'lumotlar bilish va topishda imkoniyatlar yaratish; — Normativ hujjatlarga muvofiq muzey fondlaridan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish va boshqalar. O‘zbekiston muzeylarida asosiy yuridik xujjatlar qabul qilish, topshirish, kirish va ilmiy inventar kitoblaridir. Yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar, ro‘yxatga olinadi va umrbod saqlashga beriladi. Ba'zi xujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Masalan: xisob, topografik kartotekalar. Fondlarni hujjatlashtirishda asosan ularni klassifikatsiyalash va tizimga solish nazarda tutiladi. Fondni xujjatlashtirish tizimi qanchalik ilmiy va mustaxkam bo‘lsa ish shuncha yaxshi tashkil etilgan va qulay bo‘ladi. Fond xujjatlashtirilishi bir paytning o‘zida informatsion tizim xamdir. Alohida va guruxli muzey ashyolarini tadqiq qilish va ularni maqola va monografiya tarzida chop etish muxim masaladir. Umumdavlat muzey informatsion tizimini tashkil etish og‘ir masaladir. Muzey informatsion tizimi fond ishini rejalashtirish va rivojlantirishda ko‘rgazmalar tashkil etish, tanlashda katta axamiyatga ega. Fond informatsion tizimi xar bir mutaxassisga xam kerak bo‘lishi mumkin. Geograf, san'atshunos, filolog, medik, rassom, arxitektor, yozuvchi, rejissyor, aktyor va boshqalar. Fond informatsion tizimini tashkil etish eng og‘ir masalalardan biri bo‘lib, buni zamon talabiga javob berishi uchun EHM orqali avtomatlashtirish kerak. £, Fondlarni xisobga olish. Ashyolarni muzeyga qabul qilish mas'ul ishdir. Muzey yirimining sifati talabga javob berishi kerak. Bu ishni maxsus komissiya xal qilib, qaror chiqaradi. 85 Ashyo xali muzey fondiga o‘tkazilmay mutaxassislar uni o‘rganadi va xulosalarini komissiyaga taqdim qiladi. Muzeyga kelgan ashyolarni rasmiylashtirish uchun avvalo bu ashyoni topshirgan va qabul qilib olgan shaxs akt yoki kvitansiyalarni hujjatlashtirib imzo chekadi. Akt yoki kvitansiyaga rivoyat yoziladi. (qaerda ishlangan, qachon foydalanilgan, memorial axamiyati va b.) Ko‘plab ashyolarni qabul qilishda kolleksion opis yoziladi. O‘zbekiston muzeylarida ekspeditsiyada to‘plangan, sotib olishgan va sovg‘a qilingan ashyolar komissiya ko‘rguniga qadar aloxida joyda vaqtinchalik xisobda turadi. Bayonnomaga komissiyaning ashyoni muzeyga qabul qilish va uni umrbod saqlash to‘trisidagi qarori yoziladi. Bular eng kamida uch nusxada bo‘ladi. Ashyoning umrbod qabul qilinishi katta axamiyatga ega. Bundan ashyoning muzeyga tegishli ekanligi, yuridik mohiyati boshlanadi. Ashyoning qabul qilinish akti, imzolanadi, saqlashga ma'sullar imzo chekadilar. Akt direktor tomonidan tasdiqlanadi va muhrlanadi. Ashyolar dastlab ro‘yxatga o‘tgandan boshlab toki davlat mulki bo‘lgunicha hisobga olinadi. 3 , Har bir ashyoga tartib nomeri muzey shifri bilan qo‘shib qo‘yiladi Masalan: Davlat tarixiy muzeyi (DTM) — A.T. 105809. Ashyolar soni tartib raqami bilan belgilanadi. MasalanD.T.M. A.T. — 1865 — 2020. Kirim (kniga postupleniy) kitobi — katta ahamiyatga ega bo‘lgan yuridik aktdir. To‘ldirilguncha xar bir varag‘i raqamlanadi, tikiladi, imzo chekiladi, muxr qo‘yiladi. Katta axamiyatga ega bo‘lgan hisob hujjatlari yuridik kuchga ega bo‘lib maxsus kitob va opislarga yoziladi. Umrbod, vaqtincha saqlashga berilgan ashyolarning aktlari va umrbod, vaqtincha saqlashga qabul qilingan ashyolarning aktlari 4 ta maxsus deloda saqlanib, yil oxirida raqamlanadi, tikiladi, muxrlanadi. 1 yanvargacha har yili opis qo‘yildi. Muzey fondlarida ilmiy asoslangan katalog tuzish uning o‘z funksiyasini to‘g‘ri bajarilishiga xizmat qiladi. Muzey kataloglari — muzey ashyolarini xarakterlab beradi. Kataloglar tizimli va alfavitli bo‘ladi. Masalan «fan va madaniyat» bo‘limi T dan E xarfigacha qo‘yiladi (T — E) Masalan «xalq ta'limi» shoxobchasi «Fan va madaniyat» bo‘limiga kiradi, indeksi — T, Fan bo‘limi — U — 8 qo‘yiladi, ijtimoiy fanlarga 25—39 raqamgacha indeks qo‘yiladi. U 8 — 25 — 39. EHM muzey ishini yengillashtirishda va zamon talabiga javob berishda katta ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling