Namangan davlat universiteti “Madaniyatshunoslik” kafedrasi
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Muzeyshunoslik
15-Mavzu: Muzey ekspozitsiyasi. Reja: 1. Tarixiy muzeylar ekspozitsiyasi. 2. Ekspozitsiyani loyihalashning ilmiy asoslari. 3. Muzey ekspozitsiyasining me'moriy-badiiy yechimi. Tarixiy ekspozitsiyalarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari shundan iboratki avvalo kishilarda Vatanga muhabbat tuygusini uyg‘otish tarixiy bilimlarni 93 keng targ‘ib qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ma'naviy, siyosiy, estetik tarbiyani kuchaytirishdir. Har bir davlatda tarixiy ekspozitsiyalar o‘z tarixi nuqtai nazaridan turlicha bo‘ladi. Muzey ekspozitsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bor. Birinchidan, unda umumiy voqyealar emas, predmetlar asosida ma'lum voqyelik yoritiladi, bu esa insonga estetik zavq bag‘ishlaydi. Ikkinchidan, muzey ekspozitsiyasi asosida ilmiy konsepsiya yotadi. Bu konsepsiya ekspozitsiyaning g‘oyaviy mazmunini belgilaydi, muzey yig‘imidagi predmetlarni tanlash irinsiplarini, ularni guruxlashni, kompozitsiyasini, tadqiq qilishni, badiiy yechimini topishni o‘rgatadi. Ekspozitsiya kishilarga dam olishda, madaniy xordiq chiqarishda katta rol o‘ynamog‘i lozim. Ekspozitsiyani tuzishda muzey predmeti ekspozitsiya elementiga ya'ni muzey eksponatiga aylanadi. Ekspozitsiyaning doimiy yo‘ldoshi ko‘rsatkich yozuvlar bo‘lib, ba'zan uning o‘rnini fonomaterial bilan to‘ldiriladi yoki almashtiriladi. Bu barcha elementlar ekspozitsion materiallar deyiladi. Ilmiy konsepsiyaga mos holda ekspozitsiyaning vazifalari, mavzusi, badiiy — estetik yechimi talabga muvofiq guruxlashtiriladi, tashkil etiladi, bir —biriga bog‘lanadi. Ekspozitsion materiallar — ekspozitsion komplekslarni tashkil etadi. Ekspozitsion materiallar aniq, chegaralangan maydonda joylashib o‘zida mavzuiy va tomosha birligini mujassamlashtiradi. Ekspozitsiya materiallari turlicha guruxlashtiriladi. Muzey predmetlarini tuzishga yordamlashuvchi aniq tizimda bo‘lgan mexnat maxsuli, san'at predmeti, tabiat ob'ekti sifatida joylashtirish mumkin. Mazmunidan kelib chiqib ilmiy asoslangan holda guruxlashtirish, ekspozitsion materiallarni tashkil qilish ekspozitsiyaning qurilish uslubi deyiladi. Ekspozitsiyalar — «ekspozitsion zalda joylashtiriladi» har birining me'moriy badiiy yechimi bo‘lishi kerak. Muzey ekspozitsiyasi — muzey kommunikatsiyasining asosiy formasi bo‘lib hisoblanadi. Vaqtincha ekspozitsiya — muzey ko‘rgazmasi ham bo‘lishi mumkin. Ko‘rgazmalar — ma'lum siyosiy voqyealarga, yubileylarga atab tashkil etiladi. Hozirgi davr to‘g‘risida ma'lumot beradi. Tarixiy muzeylar ekspozitsiyalarining qurilish prinsiplari xolis yoritilishiga e'tibor qaratish kerak. Muzey predmetlari daliliy ashyo tarixiy faktning guvohidir. Ular tarixiy vaziyatni tushuntiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tomoshabin yangi ma'lumot va tushunchalar oladi. Muzey predmetlari orqali inson o‘tmishini ko‘radi, hozirgi zamon voqyealarini, turli mamlakatlarda bo‘layotgan voqyealarni o‘rganadi. Tarix muzeyi ekspozitsiyalarida jamiyat taraqqiyoti, uning turli sohalari, aniq tarixiy voqyelik qamrab olinadi. Ammo bu tarixni oyna kabi yoritib berishi degani emas. Tarixiy ko‘rgazmada avvalgi ijtimoiy hayot qandayo bo‘lsa 94 aynan shunday yoritilmaydi. Unda muzey ashyolari o‘ziga xos ilmiy til bilan voqyelikni so‘zsiz so‘zlab beradi, hayotning eng muhim jabxalari diqqat markazda turadi. Tarixiy yo‘nalishidagi ekspozitsiyalari xilma —xildir. Ularda mamlakatning butun tarixi, xozirgi davr urganishi aks etishi ham mumkin. biroq etnografik, amaliy san'at, san'at muzeyi va boshqa muzeylarda ekspozitsiyalar farqlanadi. Ba'zi muzeylarda davriy chegara xam bo‘lishi mumkin. (arxeologiya muzeylarida). Ko‘plab ekspeditsiyalarda ma'lum shahar tarixi, iqtisodi madaniyati xam yoritilishi mumkin. Kishilar sevib tamosha qiladigan muzeylardan biri bu— Tarixiy voqealar, qahramonlik, buyuk arboblarga atab bunyod etilgan memorial muzeylardir. Ekspozitsiya yaratishining tamoyillaridan biri ilmiylikdir. Unda jamiyat taraqqiyoti ilmiy asoslangan bo‘ladi. Bundan tarixiylik tamoyili kelib chiqadi. Ekspozitsiyalardan milliy g‘oya, milliylik yaqqol ifodalanib turishi kerak. Hozir tarix muzeylarida eski sinfiy qarashlarga asoslangan ekspozitsiyalar tuzilmaydi, balki jamiyatning oddiydan murakkabga rivojlanish qonuniyatlar xisobga olinib, kishilarda hamma ilmiy tasavvur qoldirish, ham dam olishni to‘g‘ri tashkillashtirish maqsad qilib olinadi. Ekspozitsiya yaratishda ikkinchi tamoyil — ashyoviylikdir. Bunda muzey soxasi e'tiborga olinmoqda. Ma'lumki muzey ashyolari —asl manbalari asosida ulardan bir —biriga bog‘langan ekspozitsiyalar tuziladi. Ekspozitsiyaning asosini ham muzey muzey ashyolari tashkil etar ekan, uning asl ashyo, ayni san'at asari ekanligiga ko‘tarilganligiga xam e'tibor qilinadi. Muzey ashyosi ekspozitsiyada ikki hil vazifani bajaradi. Birinchidan, u tarixiy voqyelikni tushuntiruvchi tarixiy faktni isbotidir.g‘, chunki u o‘sha davrning tilsiz guvoxi, mahsulidir. Bu esa tamoshabinni to‘lqinlantirishi tabiiy. Ikkinchidan tamoshabin muzeyda tarix bilan yuzma —yuz turadi, xozirgi zamonda turli davlatlarda sodir bo‘layotgan voqyealar, yutuqlar bilan tanishadi. Bu esa kishida uzoq o‘tmishdan habar beruvchi asl ashyolar emotsiyaonal tuyg‘ularni uyg‘otadi. Ekspozitsiya tuzishning yana bir tamoyili ommaviy komunikatsiya tamoyilidir. Chunki muzeyga xar —xil ijtimoiy tabaqalarga xos kishilar tashrif buyuradilar. Shuni nazarda tutgan holda ekspozitsiya o‘rtacha xolatda tuzilishi kerak. ekspozitsion materiallarni joylashtirishda xar —xil uslub va reja qo‘llaniladi. Birinchi rejada e'tiborni jalb qiladigan eksponatlarni joylashtirish mo‘ljallanadi. Ekspozitsiyalar zamonaviy qarashlar, yutuqlarga aks etish, zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak. Ekspozitsiyaning qurilishining uchinchi prinsipi ommaviy kommunikatsiya asosida qurishdir. Bu saviyasidan qat'iy nazar har bir tomoshabinga tushunarli bo‘lishi kerak. O‘rta saviyali tomoshabin ekspozitsiya uchun mavzu, fonoyozuv ishlab chiqariladi. Zamon bilan xamnafas ekspozitsiyalar tayyorlash kerak. 95 Har bir ekspozitsiya har qanday ilmiy ish kabi o‘zida o‘zaro boglangan va bir biriga bo ‘ysunadigan tizi mni mujassamlashtiradi. Ya'ni ekspozitsiyaning butunligi, uning qismlarining qonuniy bog‘lanishini, ko‘rgazma natijasining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta'minlovchi aniq mavzuiy strukturaga ega bo‘lishi kerak. Ekspozitsiya ko‘rgazmasida uning asosiy jixatlari, ya 'ni ilmiy kansepsiya, ekspozitsiyaning g‘oyaviy yo‘nalishi va muzeyga xosligi aks etadi. Mavzuiy strukturani ishlab chiqish murakkab ish bo‘lib, uni ilmiy jixatlari nazarda tutiladi. Har bir tarix muzeylari o‘z vazifasi, fondi, davlatlar, region, shaxarlar o‘rtasidagi tutgan o‘rniga qarab o‘ziga mos keluvchi ekspozitsiya strukturasini ishlab chiqadi. Masalan umumtarixiy muzeylarda qadimdan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar qamrab olinadi. Masalan har bir davriy iqtisodiy —ijtimoiy o‘zgarish jihatdan davrlashtirishda avvalo tarixiylikka e'tibor berish kerak. Bo‘limlarda ichki formatsion ilmiy davrlashtirishga, keyin uning mavzulariga tarixiy jarayonlar rivojiga qarab o‘zaro borlanishini ta'minlashga e'tibor beridadi. Mavzu yoki uning ichidagi kichik mavzular bitga yoki bir nechta ekspozitsion komplekslardan tashkil topishi mumkin. Bu ashyolarga qarab tuziladi. Tarixiy jarayonlarni aks ettirishda muzeyning o‘ziga xosligi bilinib turishi kerak. Ekspozitsion mavzu tarixiy jarayonlarning rivojlanish holatini ishonarli holda muzey ashyolari orqali ochib berishi kerak. Bu esa tarixiy jarayonlarni yoritishda aniq yo‘nalishdir. Ekspozitsiyada uning ashyoviy salmog‘i yetarli va to‘liq bo‘lishi kerak. Masalan ijtimoiy —iqtisodiy mavzuda yashash tarzi, texnikasi, ishlab chiqarish maxsulotlari aks etsa, xarbiy tarixiy mavzuda esa - qurollar, xarbiylarning kiyimlari va boshqalarga e'tibor qaratiladi. Tarixiylik tamoyiliga kuchli e'tibor talab qilinadi. Bu tarixiy davriy tamoyil deyiladi. Ekspozitsiyalarni tarixiy — davriy va muammoviy qilib tuzii! xam mumkin, ammo bular ilmiy asoslangan holda tuziladi. Muzey ashyolari va boshqa ekspozitsion ashyolar tegishli mavzu orqali birlashtirilib ekspozitsion komplekslarni tashkil etadi. Ba'zan ekspozitsion zalni ekspozitsion kompleks xam deyiladi. Tomoshabinlarga uning farqi sezilmaydi. Ekspozitsion zalda dominanta aniqlanadi, ya'ni asosiy g‘oya va ko‘rinishga, mavzu, alohida eksponatlarga e'tibor beriladi. Qisqasi zalning ko‘rinishi, birinchidan tartibli ko‘rgazmalar tassurot qoldiradi. Bu yerda kenglik yechimga kompleks — zalni tashkil etish ahamiyatli bo‘lib, bunda rassom loyixachi asosiy rol o‘ynashi kerak. Bu ko‘gashcha ichki zal kompleksiga tegishli. Ekspozitsion mavzudan farqlanib ekspozitsion 96 komplekslarda turli masshtab va turli xarakterdagi voqyealiklar yoritiladi. Ekspozitsion kompleksni tashkil etish muzey yig‘imiga bogliq. Turli davr va voqyelikni yoritsa — da bir —biriga uzviy bog‘liqlik bo‘lishi kerak. Ekspozitsion komplekslarda barcha ashyolar olinmay, ichidan eng ishonarlisi tanlab olinadi. Ekspozitsion kompleksda hayotiy voqyelikning turli tomonlari yoritiladi. Hozirgi davrda kompleks — ansambllar alohida ahamiyat kasb etadi. Bularda xayotiy komplekslar yadro hisoblanadi. Muzey ekspozitsiyasini yaratish murakkab jarayon bo‘lib, uning xo‘tri loyixalashish ishining yutug‘ini oshiradi. Ekspozitsiyani ilmiy tayyorlash muzey jamoasi, ma'muriyati, jamoat tashkilotlari, Muzey Ilmiy Kengashi, turli soxa olimlaridan katta bilim va tajriba talab etadi, Uning xar bir bosqichi direksiya yonida muxokama etiladi. Chunki bu jarayonga ekspozitsiya mualliflaridan tashqari jamg‘arma xodimlari, uslubiyatlari, tashviqot bo‘limlari boshliqlari, mutaxassis olimlar taklif etiladi. Eksiozitsion ko ‘rg az mali ish mu z e y faoli yati planlashtirishining eng asosiy ob'ektlaridan hisoblanadi Perspektiv va yialik rejalarda ekspozitsiya va ko‘rgazmalarning mavzui, navbati, tashkil etilishi vaqti aniq ko‘r s atiladi. Muzey ekspozitsiyasini yaratish ikki bosqichda amalga oshiriladi: Loyixalash. Amalga oshirish. Loyixalash uch o‘zaro bog‘langan elemntdan tashkil topadi: Ilmiy. Badiiy. Texnik ish. Davr talabi va ehtiyojidan kelib chiqib ekspozitsiyaning umumiy mavzusi tanlandi. Bunda muzey tarmog‘i, ixtisoslashuvi, o‘ziga xos jixsgglzri e'tiborga olinadi. Mavzu muzey rahbariyati tomonidan tasdiqlandi. Manbalar o‘rganilib ekspozitsiya asoslari yaratildi. Natijada ekspozitsiyaning ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqiladi, bu esa o‘z navbatida ekspozitsiya fikrini tashkil etadi. Bu esa ekspozitsiya haqida eng umumiy tasavvurlarni beradi.Unda ekspozitsiyaning g‘oyaviy — siyosiy holati, ilmiy mohiyati, hamda me'moriy badiiy yechimining umumiy g‘oyalari ishlab chiqiladi. Ekspozitsiyani tashkil etish joyi aniqlanadi. Ekspozitsion zal ham hujjatda ko‘rsatiladi. Muzey ashyolari — tarixiy madaniy yodgorliklar, barcha turdagi tarixiy manbalar. Bunga fotohujjatlar ham kiradi. 97 Muzey ashyolarini ishlab chiqarish — ekspozitsiyaga kiritlishi kerak bo‘lgan ashyo, aniq tartibda ishlab chiqiladi. Ekspozitsion ilmiy — yordamchi materiallar tarixiylikning aks ettiruvchi muzey ashyolarni tushuntirib beradi. 4. Tekstlar va fonosharxlar. Bular eksponatlar xaqida tushunchalar beradi hamda ekspozitsiyaning g‘oyasini tushunishga yordam beradi. Ekspozitsiyada ko‘rsatkichlar xam joylashtiriladi. Mavzuning to‘laqonli ochib berilishi uchun ba'zi muzey ashyolarini ishlab chiqish ham mumkin. Yoki uni asl nusxasini o‘rnini bosuvchi ashyo ishlab chiqariladi. Muzey ashyosi asl nusxaga mos xolda ishlab chiqariladi. O‘lchami, rang, tayyorlash texnikasi va boshqalar aniq mos tushishi kerak, ekspozitsiya muzey yig‘imi asosida tashkil qilinarkan, annotatsiyada asl nusxa muzey fondida saqlanayotgani aytiladi. Asl nusxalar vaqtinchalik zalda qo‘yilib, ikkiligi bilan almashtirilib turilishi xam mumkin. Ekspozitsiya uchun maxsus muzeydan tashqari ob'ektlarining modeli yoki maketi tuzilishi mumkin. Bularga binolar va xajmi katta ashyolar kiradi.(Me'morchilik obidalari, shaxar qurilishi, monumentlar, sanoat korxonalari, memorial uylar, intererlar va boshqalar) Ekspozitsiyaga ashyoning ilmiy rekonstruksiyasi. Yozuvlar, rejalar tasvirlarning qayta ta'minlanganligi ham kiritiladi. Bung'a xujjatlar va ularning ikkiliklari ham qo‘shiladi. Ekspozitsiyada ashyoning ikkiligini qo‘llash muzey spetsifikatsiyaga ta'sir qilmaydi. Muzeyda yo‘q tasviriy ashyolarni ishlab chiqarish ham muximdir.Ekspozitsiya ahamiyatini oshirishda ilmiy yordamchi materiallar muxim rol o‘ynaydi. Ilmiy asosda ishlab chiqilgan yordamchi materiallar ekspozitsiyaning tarixiy mazmunini tushunishga yordam beradi. Kartalar, diagrammalar, sxemalar bunga misol bo‘la oladi. Kartalar u yoki bu holatning geografik tarqalishini diagrammalar orqali tarqalgan tasvirni taqqoslashni, sxemalar aloxida fakt va voqyealarni farqi va aloqasini tushuntiradi. Aloxida muzey ashyolarining qurilishini tushuntirish uchun ba'zan reja va chizmalar xam qo‘llaniladi. Tarixiy ekspozitsiyalarda ijtimoiy — iqtisodiy, etnogarfik, siyosiy, xarbiy —tarixiy, biografik kartalar ham tuzilishi mumkin. Original kartalar ilmiy asoslangan holda tuziladi va maxsus uslubni talab etadi. Diagrammalar (tayoqsimon, lineykasimon, doirasimon, sektorli) rivojlanish dinamikasini tushuntiradi. Masalan iqtisodiy va madaniy rivojlanishda bu qo‘l keladi. Davlat apparati, korxona strukturasi sxemalar asosida beriladi. Karta, diagramma yoki sxema bilan kombinatsiyalashgan xolatda ham qo‘llaniladi. Masalan, o‘lkaning eksport mahsuloti karta — sxemada, kartadiagrammada esa o‘lkaning ekin salmog‘ini aniqlash mumkin. Ekspozitsiya uchun raqam 98 tablitsalarini ham kiritish mumkin. Ular ashyo o‘rnini bosmasligi lozim. Shuning uchun xodim yordamchi materiallardan keng foydalanilmaydi. Ko‘rgazma rejasi materiallarni o‘rganish va tanlashga qarab bir necha usulda ishlab chiqiladi. 1) Tematik — qisqa va keng. 2) Ko‘rgazma rejasi — chizmalar bilan eksponatlarning ro‘yxati, materiallarning barchasining joylashganligini ko‘rsatish, yangi eksponattlarni tushuntirish matni bilan ta'minlash. Tematik reja ko‘rgazmaning vazifasi va uning maqsadini shakllantiradi. Har bir eksponat boshqalar bilan bog‘liq suratda quriladi. O‘zaro bog‘liqlik maqsadga tobelik tematik rejaning zaruriy shartidir. Voqyea va hodisani ifodalash uchun eksponatlar turini tanlash ham, asl nus’halar va qo‘shimcha eksponatlar yordamida ko‘rgazma mazmunini ochib berish ham shu rejada o‘z aksini topishi kerak. Rejada butun bo‘lim va xar bir majmuaning yetakchi muammolarini ajratib ko‘rsatish lozim. Lekin rejani tuzayotganda uni xaddan ziyod batafsil majmualarga bo‘lib tashlash va o‘ta mufassallashtirish fikrini asosiy g‘oyadan chalg‘itadi. Shuning uchun g‘oyani mufassal bayon qiluvchi materiallarning bir qismini qo‘shimcha materiallar, albomlar yordamida yopiq rejada berish mumkin. Vazifa belgilab olingandan so‘ng kichik bo‘limlar majmualarining ro‘yxati tuziladi. Ular tezislar shaklida bo‘ladi.Ko‘rgazma strukturalari grafik usulda ifodalanadi. Bosh tematik reja muzeydagi barcha bo‘limlarning mazmunini xisobga olgan xolda tuziladi. Rejada maxalliy va markaziy materiallar nisbatini va hajmini belgilash nixoyatda muhimdir. Rejada bo‘limlar, majmualarning joylashishi, xonalarning uzunligi, kengligi, maydoni sxemali suratda ko‘rsatiladi va har qanday ko‘rgazma konkret xonaga mo‘ljallab loyixalashtiriladi. Keng tematik reja bo‘lajak ko‘rgazma mazmunini batafsil bayon etadi va shu bilan birga materiallarni uzul—kesil to‘plash uchun vazifa rolini o‘taydi. Maxsus kartotekalar tuziladi. Unda anotatsiya qilingan bibliografiya nashr qilingan manbalar va qo‘lyozma manbalarning ko‘chirma hamda konspektlar, gazetalardan qirqib olingan materiallar, jurnal, kitob va fototekalardan olingan bezak materiallar o‘rin oladi. Kartochkalar tematik rejaga muvofiq mavzular bo‘yicha joylashtiriladi. Agar ko‘rgaz ma uchun materiallarni bir necha tashkilotdan olish mo‘ljallangan bo‘lsa tashkilotlarda maslaxatchilarning manzillari, telefonlari va ismi— shariflari yozilgan kartotekalar tuziladi. Eksponatlar kartotekasida ularning xar birlari to‘g‘risida barcha ma'lumotlar to‘planadi. Materiallarni o‘rganish bilan bir vaqtda ilmiy — tadqiqot ishlari xam olib boriladi. Keng tematik rejada ko‘rgazma mazmuni yangi ma'lumotlar bilan chuqurlashtiriladi. Ilmiy asoslangan ekspozitsiya loyixalaridan quyidagicha maqsad ko‘zda tutiladi: 99 — oz fursatda ommaga ma'lumotlarni keng va ishonarli, xamda jonli yetkaza olish; — ilmiylikka, xolislikka, tarixiylikka asoslanish; — ommaning talab va extiyojini to‘g‘ri qabul qilish, ommabop ekspozitsiyalar tayyorlash; ekspozitsiyaning me'moriy — badiiy yechimini to‘tri topish; ommaga psixologik, pedagogik va falsafiy, xissiy ta'sir eta olish va boshqalar. Ekspozitsiyaning muvaffaqiyatli chiqishi avvaldan loyixalangan ilmiy uslubga bog‘liqki, bu jixat muzeyshunoslikda katta ahamiyat kasb etadi. Muzeylar ishining nechog‘li samarali bo‘lishi muzeylarda ishlab chiqilgan me'moriy — badiiy loyixaga xam katta rol o‘ynaydi. Muzey san'at ashyolari saqlanadigan muassasa ekan, bunda go‘zallik, ilmiylik, tarixiylik, xolislikka katta e'tibor berishni talab etiladi. Ekspozitsiyaning me'moriy — badiiy yechimiga uslubiy asos qilib zamonaviy estetika fani yutuqlari olinadi. Ammo memoriy — badiiy yechim muzey ekspozitsiyasi mazmun va shaklig a mos tushishi kerak. Bu tamoyil buzilsa faqat shakl kelib chiqib asl manba - ashyolarning mohiyati ochilmay qolishi mumkin. Zamonaviy ekspozitsiyaning eng optimal turlaridan biri bir —biri bilan bog‘liq ansambl (majmualar) yaratishdir. Shuni alohida ta'kidlash joizki, memoriy — badiiy yechim ashyolarining asosiy g‘oya va mohiyatiga mutlaqo mos tushishi kerak. Rassom voqyelikni, tarixni, tarixiy jarayonlarni chuqur bilishi kerak bo‘ladi. Shu asosda turli fantaziyalar yaratiladi. Bundan tashqari badiiy loyihalashda rassom psixologi va pedagogikani insonning psixofizik xolatlarini ham xisobga olishi kerak. Chunki asl ashyolar san'at asarlari bo‘lish bilan birga umuminsoniy qadriyatlar xamdir. Demak muzeyda ashyolarni «so‘zlatish» nafaqat o‘sha ashyoning mazmun va mohiyatini ochib berish, balki tarixiy jarayonlarni yetkazib berish, bu orqali kishilarda san'at va ma'rifatga muxabbat uyg‘otish xamda tarbiyalashdir. Muzey ekspozitsiyalarining zerikarli bo‘lmasligi ko‘proq me'moriy — badiiy yechimga bog‘liqdir. Yana shunisi muhimki, ekskursovod va filmlardan tashqari deyarli barcha ekspozitsiyalar ko‘z bilan ko‘rib, tushuniladi. Tomoshabin charchab qolmasligi, zerikmasligi uchun rassom turli uslublarni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Ekspozitsiyalar yaratishda rassomning eng ilg‘or uslublaridan biri ijodiylik uslubidir. Agar rassomda izlanish, tadqiqot va malaka qancha kuchli bo‘lsa ekspozitsiya xam shunchalik chiroyli va ilmiy chiqadi. 100 Ekspozitsiyalar me'moriy — badiiy yechimda muzeyning joylashishi va qurilish uslubi, zaliga e'tibor beriladi. Bir muzeyga ishlangan me'moriy — badiiy yechim ikkinchi muzeyga mos tushmasligi mumkin. Me'moriy — badiiy yechim mavzuni to‘laqonli va zerikarsiz tushuntirish bilan birga kishilarda emotsional tuyg‘ularni, zavq oldirish hissini uyg‘otishni ham o‘z zimmasiga oladi. Ekspozitsion ansambl deganda biz ma'lum kenglikda joylashgan (bino ichida va ochiq osmon ostida ) ashyolarning rangi, yorug‘ligi, plastik va dramaturgik uyg‘unlashgan kompozitsiyasini tushunamiz. Ekspozitsion ansambl yaratishda asosiy, ishonchli ashyolarni tanlash, ikkinchi darajalilarni ajratish ortiqchalarini olib tashlash, tomoshabinga tushunish qiyin bo‘lgan ashyolarni tushunishning oson yo‘lini izlab topishga e'tibor qaratiladi.Bir so‘z bilan aytganda ashyolarni o‘zaro aloqalari, ichidagi eng asosiysi va majmuaviy bo‘lishini ta'minlash badiiy — ekspozitsion obraz yaratishning asosini tashkil etadi.Ekspozitsiyalarni turli zallarda joylashtirish uchun bosh yechim ishlab chiqiladi. Unda ashyolarning xususiyatlari, zallarning qurilish uslubi, yorug‘lik va boshqa jixatlar xisobga olingan bo‘ladi.Umuman aytganda tomoshabinlarda ilmiy malaka oshirish, dam oldirish, estetik zavq oldirish asosan me'moriy — badiiy yechimga bog‘liq Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling